5
O‘QUV MATERIALLARI
1.MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
I-BOB VALEOLOGIYANING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI
1.1 Valeologiyaning asosiy tushunchalari
"Valeologiya" lotincha so‘z bo‘lib, "salomatlik", "sog‘lom bo‘lish" ma’nosini
anglatadi. Bu atamani birinchi bo‘lib K.I. Brexman 1987 yilda kiritdi.
Valeologiya - inson salomatligi, uni mustahkamlash yo‘llari, aniq sharoitlarda inson
hayoti faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo‘nalishidir.
O‘quv fani sifatida u inson salomatligi va sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlar
majmuasini tashkil etadi.
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lish mumkinligi haqidagi fan
bo‘lib, tibbiyot fanidan tubdan farq qiladi. Tibbiyot o‘z oldiga turli kasalliklar tabiati,
ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini qo‘ysa,
valeologiya salomatlik tabiati, sog‘lom bo‘lishi omillari va mexanizmi masalalarini echadi.
Valeologiyaning markaziy muammosi - individual salomatlikka munosabat va
shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir.
Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi
hisoblanadi. Sog‘lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini
bajaradi, quvonch, intellektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan inson ehtiyoji bo‘lmish salomatlikni mustahkamlash dolzarb
muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan jamiyatning har bir a’zosida inson hayotida eng
muhim bo‘lgan salomatlikka munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo‘ladi. Buning
uchun sog‘lom inson modelini, pedagogik nazorat tizimini va jismoniy kamolotga
erishishning samarali usul va uslublarini ishlab chiqish lozim.
6
Hozirgi vaqtga qadar oliy o‘quv yurtini bitirayotgan yosh mutaxassislar ko‘pincha
to‘liq sog‘lomlashgan emas, bu esa ularning kelgusidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy
foydali faoliyatini cheklab qo‘yadi, natijada rivojlanayotgan davlatga iqtisodiy va
intellektual zarar etkazadi.
Shu munosabat bilan pedagogikada yoshlar valeologiyasi salomatlikni saqlash va
yaxshilashga, sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya turlari, uslub va usullariga, sog‘lom
turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, sog‘lomlashtirish tizimi
sifatida ko‘rib chiqiladi.
Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil
mashg‘ulotlariga ongli, barqaror va pozitiv munosabatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
bo‘lib, salomatlikni yaxshilaydi, o‘quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy
madaniyat elementlarini shakllantiradi.
Jismoniy barkamollik salomatlik garovi bo‘lib, u shaxsni har tomonlama
rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalashga yordam beradi. Tarbiya jarayonining bosh vazifasi
- tarbiyaviy faoliyatning dinamizmi va barqarorligini kuchaytirish, tarbiyaning yuqori
natijalarini kafolatlash. Bu esa o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga oluvchi
pedagog shaxsiyatiga asoslanadi.
Salomatlik inson hayotida, ayniqsa yoshligida, muhim ahamiyatga ega. Salomatlik
darajasi insonning kasbiy etukligi va ijodiy o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha aholi salomatligi 20% irsiy omillariga, 20-30% atrof
muhit ta’siriga, 40-50% turmush tarziga va 10% sog‘liqni saqlash xizmati faoliyatiga
bog‘liq ekan. Turmush tarzi salomatlikning muhim omili hisoblanadi. Shuning uchun
sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishning pedagogik tizimini ishlab chiqish lozim.
Yoshlar hayotda o‘z o‘rinlarini endi topayotgan, mustaqilliklari rivojlanayotgan bir
paytda sog‘lom hayot tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki yoshlik
paytida orttirilgan ko‘nikmalar butun umrga mustahkam asos bo‘ladi.
7
Shuni ham qayd etish kerakki, salomatlik va sog‘lom turmush tarzi ijtimoiy ongning
muhim qadriyatlari sirasiga kirmagan. Jamiyatda yoshlarning sog‘lom hayot tarzini olib
borishi, o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi deyarli qo‘llab-quvvtlanmagan. Bu esa
yoshlarning jismoniy mashqlar bilan faol shug‘ullanmasligiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek,
yoshlarni
jismonan
tarbiya
qilishning
mavjud
holatiga
sog‘lomlashtirish tizimi sifatida qaralmaydi. Shuning uchun u sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalarini shakllantirmaydi va salomatlikni saqlash va yaxshilash usullarini
o‘rgatmaydi.
Pedagogik jarayon jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga bo‘lgan ehtiyojni etarlicha
faollashtirmaydi, bu esa jismoniy rivojlanishi va gavda tuzilishini yaxshilamaydi. Ta’lim
mazmuni va uslubiy asoslari sog‘lomlashtirish tamoyillarini sust aks ettiradi, shuning
uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sog‘lomlashtiruvchi ta’siri juda kam.
Bu pedagogikada sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
asoslarini ishlab chiqishga etarlicha e’tibor berilmayotganligiga ham bog‘liqdir.
Yoshlar salomatligi sohasida vujudga kelgan ahvolni tahlil qilib, bu muammo zudlik
bilan echilishi lozim bo‘lgan masala ekanligini anglash mumkin.
O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga
oshirmay turib ma’naviy, ahloqiy va jismoniy rivojlanish masalalarini hal etib bo‘lmaydi.
Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish konsepsiyasi yoshlarni
o‘z salomatligiga munosabatini tubdan o‘zgartirish, harakat faolligiga bo‘lgan ehtiyojni
shakllantirish va sog‘lom dam olishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Jismoniy
tarbiya,
valeologiyaning
tarkibiy
qismi
sifatida,
salomatlikni
mustahkamlashga, o‘quv jarayoni unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy
madaniyat elementlarini shakllantiradi.
8
Bitiruvchilarning ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish darajasi, ularning jismoniy
etukligi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyorgarligi, salomatligining ahvoli, ishga layoqatligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Mustaxkam salomatlik jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom
hayot tarzini olib borishning natijasi bo‘lib, o‘quv va mehnat faoliyati unumdorligining
asosidir.
|