Valeologiyaning tadqiqot usullari




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

1.5. Valeologiyaning tadqiqot usullari 
Hozirgi vaqtda pedagogik tadqiqotlar turli usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, ilg‘or pedagogik 
tajribalarni o‘rganish va o‘zlashtirish, tadqiqotning ijtimoiy usullari (anketa, reyting), 


13 
matematik statistika usullari, pedagogik g‘oyalarni nazariy tahlil qilish usuli va jismoniy 
rivojlanishni baholash usullari.
Jismoniy ahvolni axborot texnologiyalardan foydalanib baholash usuli: jismoniy 
ahvol bo‘yicha ma’lumotlarning yurak ritmi monitorini; interfeys va dasturiy ta’minotni; 
tanadagi yog‘ massalari tarozi-analizatorlarining telemetrik kompyuter majmua tizimi. 
Pedagogik kuzatuv usuli. Pedagogik kuzatuv - o‘quv-tarbiyaviy jarayonni 
tadqiqotchi aralashivusiz tashkil etishning individual usullarini baholash va reja asosida 
tahlil etishdir. Pedagogik ko‘rinishlarni o‘rganishi tadqiqotchidan asosli ma’lumotlarni 
qayd etish, yig‘ish va tahlil qilishni talab etadi. Kuzatuv nazariy xulosalar chiharish uchun 
zamin yaratib beradi. Xulosalar, o‘z navbatida, chuqurroq tahlil qilinadi va boshqa usullar 
yordamida tekshiriladi. 
Pedagogik tajriba. Bu o‘qituvchilarning maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyati 
bo‘lib, u o‘zining oldindan qo‘yilgan maqsadlariga ega. Bunda turli tajribalardan 
foydalaniladi. Bular yaratuvchi - o‘zgartiruvchi, nazorat qiluvchi, tabiiy, namunaviy
laboratoriya tajribalardir. 
Tadqiqotning 
ijtimoiy 
usullari 
(anketalash, 
reyting). 
Anketalash 

bu 
standartlashtirilgan savollar tizimiga yozma javob berish yo‘li bilan ma’lumotlar olish 
usulidir. Reyting - insonning har tomonlama tayyorligini majmuaviy baholashdir. 
Tadqiqotning matematik usullari. Pedagogik ko‘rinishlarni son jihatdan tahlil qilish 
uchun matematik statistikadan foydalaniladi. 
Pedagogik g‘oyalarni nazariy tahlil qilish usuli. U ta’lim va tarbiyaning muhim 
masalalari bo‘yicha chuqur ilmiy xulosalarni umumlashtiribgina qolmasdan, uning yangi 
qonuniyatlarini topish imkonini beradi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy tarbiya, asosan, 
insonni jismonan rivojlantirishga yo‘naltirilgan. "Jismoniy rivojlanish" deganda maxsus 
tashkil etilgan tarbiya ta’sirida inson salomatligini saqlash va mustahkamlash jarayonida 
ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar tushuniladi. Shuning uchun jismoniy etuklik nafaqat 


14 
jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari, balki jismoniy rivojlanish, organizmning funksional 
va jismoniy ahvoli haqidagi ma’lumotlar bilan ham belgilanadi. Tarbiyaviy-
sog‘lomlashtirish jarayonini to‘liq xarakterlash uchun har bir pedagog tibbiy-biologik 
tekshirishlardan foydalanishi kerak. Jismoniy etuklikka erishish jarayonida jismoniy 
rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining funksional holatini nazorat qilish lozim. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizmdagi kuchlar zahirasini aniqlovchi morfologik va 
funksional xususiyatlar kompleksi tushuniladi. Insonning jismoniy rivojlanish darajasi 
jismoniy mashg‘ulotlar xarakteri va imkoniyatlarini belgilovchi muhim omildir. Jismoniy 
rivojlanish haqida ma’lumotlar antrometrik o‘lchashlar yordamida amalga oshiriladi. 
Bular: o‘pkaning tiriklik sig‘imi, o‘ng va chap bilaklar, orqa mushaklar kuchining hayotiy 
ko‘rsatkichlari va h.k. Yurak-qon tizimining funksional holatini tadqiq etish 
dozalashtirilgan jismoniy yuklama (30-sek ichida 20-marta o‘tirib-turish), Kverg indeksi, 
Rufe sinovi va h.z. lar yordamida amalga oshiriladi. Jismoniy ahvol tadqiq etish telemetrik 
kompyuter majmuasi, yurak urishi monitori, L. Ivashenko testlari, A. Petrova, G.A. 
Apanesenko, L.A. Kalinina metodikasi va inson salomatligi darajasining ko‘rsatkichlari 
yordamida amalga oshiriladi. Tayyorgarlikni majmuaviy baholash yordamida talaba 
shaxsiyatini har tomonlama o‘rganish jismoniy kamolotga erishish va yoshlarni tarbiya 
qilish, salomatlik darajasini aniqlash jarayonini boshqarishning asosi va valeologiya 
fanining bazasidir. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Valeologiyani ta’riflang. 
2. Valeologiyaning predmeti nimalardan iborat? 
3. Valeologiyaning tadqiqot usullari qanday?. 
4. Valeologiyaning maqsadlari nimalardan iborat? 
5. Valeologiyaning vazifalari nimalardan iborat? 
6. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi nimalardan iborat? 


15 

Download 4,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish