• 2.4.Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri.
  • Gigienaning predmeti va metodlari




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4,66 Mb.
    #110808
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK
    5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб
    2.3.Gigienaning predmeti va metodlari. 
    Gigiena - meditsinaning odam sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tabiiy muhit 
    omillari, turmush va mehnatning organizmga ta’sirini o‘rganuvchi profilaktik tarmog‘i 
    bo‘lib, uning odam anatomiyasi, fiziologiyasi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi muhim. 
    O‘quvchiga bilim berishda shahsiy gigiena vositalari; yuqumli kasalliklar haqida 
    tushuncha; yuqumli kasallik bosqichlari: inkubasiya va o‘tkir davri; sog‘ayish; yuqumli 
    kasalliklar profilaktikasi; ovqatlanish gigienasi; ovqatlanish rasioni va rejimi; ichimlik 
    suviga gigienik baho berish; gipo va avitaminozlar, ularning oldini olish; ovqat hazm qilish 
    organlarining yuqumli, yuqumsiz, o‘tkir va surunkali kasalliklari haqida ma’lumot beriladi. 
    Shuningdek, teri funksiyalari va ularning buzilish sabablari; terini parvarish qilish; 
    allergiya, yiringli va zamburug‘ kasalliklari, qichima profilaktikasi, kiyim-kechak gigienasi 
    — ob-havo sharoitiga qarab, kiyim va poyafzal tanlash; terini parvarish qilish vositalari
    teri kasalliklarining oldini olish borasida ham bilim beriladi. 
    2.4.Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri. 
     Inson hayoti tabiat bilan uyg‘unlikda kechadi, degan qarash etakchi sanaladi, 
    binobarin ro‘y beradigan tabiiy ofatlar inson tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar 
    uchun tabiiy kuchlar yuborgan jazo sifatida talqin etilgan. Ana shunday halokatlarning 
    oldini olishda eng maqbul yo‘l — tabiatga ziyon etkazmaslik, uni asrab-avaylash va 
    boyitishdan iborat. Mazkur g‘oya mohiyatida sog‘lom turmush tarzining asosiy 
    kategoriyalaridan biri o‘z ifodasini topadi.
    Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrof-muhit musaffoligiga erishish kishilar o‘rtasida 
    keng tarqaladigan va inson salomatligiga jiddiy xavf soladigan yuqumli xastaliklar kelib 


    27 
    chiqishining oldini oladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida muhim manba 
    bo‘luvchi omillar sifatida issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy iztirob, buzilgan taomni 
    iste’mol qilish, tozalik va atrof-muhit ozodaligiga amal qilmaslik, turli zararli hasharotlar 
    (pashsha, chivin, kana, sichqon, kalamush va boshqalar)ning ko‘payishi va havo 
    (atmosfera)ning iiloslanishi kabilar misol bo‘ladi. 
    Zardushtiylik draining muqaddas kitobi «Avesto»da bu borada ilgari surilgan fikrlar, 
    ayniqsa, diqqatga sazovordir. Asarda sanitariya masalalari xususida so‘z yuritilar ekan, 
    atrof-muhit ozodaligiga erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Xususan: axlatlarni berkitish, 
    ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko‘mib tashlash. Shu yo‘l bilan mikroblar 
    o‘ldirilgan va kamaygan. Shuningdek, mikroblarni olov, issiqlik va sovuqlik vositasida 
    yo‘qotish «Avesto»da eng samarador poklovchi va xavfni bartaraf etuvchi vosita sifatida 
    e’tirof etiladi. Olov bilan hatto kiyim-kechaklar zararsizlantirilgan. Kimyoviy yo‘l, kul, 
    sirka, sharob, turli giyohlar, isiriq piyoz, aloe va boshqalarni tutatish yoki ularning suvini 
    tomizish bilan ham turli mikroblar o‘ldirilgan. 
    Atrof-muhit ozodaligini saqlash kishilar salomatligini ta’minlovchi muhim omildir. 
    Darhaqiqat, atrof-muhitning ifloslanishi turli mikroblarning ko‘payishi hamda ularning 
    yashovchanligini ta’minlovchi muhitni yuzaga keltiradi. Shu bois ushbu metodik tavsiyalar 
    orqali o‘quvchi uy-joylarni toza tutish, shaxsiy gigienaga amal qilish, aholi yashaydigan 
    joyni zararli narsalardan tozalash, shuningdek, kishilarga soya beruvchi daraxtlarni 
    kesmaslik, aksincha, daraxtlar ekish kabi xayrli ishlarni qilishga undovchi da’vatlarga amal 
    qilishga o‘rgana boradi. 
    Sog‘lom turmush tarzi asoslariga bag‘ishlangan o‘quv fanlari o‘quvchi-yoshlarning 
    odam sog‘lig‘i, unga ta’sir etadigan omillar va uni yaxshilash usullari xaqidagi bilimlarini 
    kengaytiradi. Sog‘liqni, tabiiy muhitni tadqiq qilishning eng oddiy usullarini o‘zlashtirish, 
    o‘z-o‘zini kuzatish, atrof-muhitni yaxshilash, ekologiya va gigienaga doir bilimlarni targ‘ib 
    qilish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv va malakani rivojlantiradi. 


    28 
    O‘quv-tarbiya jarayonida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida olingan bilimlar, hayot 
    davomida keng qo‘llanilib, oila va mahallada «Sog‘lom avlod», «Sihat-salomatlik» yili 
    Davlat dasturlarini amalga oshirishga yordam berishi lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish 
    va unga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish maqsadida quyidagilarga e’tibor 
    qaratish zarur: 
    —yoshlarga ekologik bilimlar berish, kerakli ko‘nikma va malakalarni hosil qilish 
    va ekologik madaniyatni shakllantirish; 
    —odam sog‘lig‘iga ta’sir etadigan omillarni bilish. Odamning salomatligini 
    o‘rganishda ekologiya bilan meditsinaning o‘zaro bog‘liqligi; odamning o‘z salomatligi va 
    atrof-muhitni muhofaza qilishga javobgarligi; salomatlikning atrof-muhitga bog‘liqligi 
    xaqidagi bilimlar; 
    —tabiiy omillarning salomatlikka ta’siri, ekologik omillar va kasalliklarning 
    tarqalishi; 
    —odamning xo‘jalik faoliyatiga bogiiq holda tabiiy muhitning o‘zgarishi: atrof-
    muhitning qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi; transport atrof-muhitni 
    ifloslantiruvchi omil ekanligi; 
    —tabiatni muhofaza qiluvchi jamoat tashkilotlari, ularning vazifalari; 
    —tabiat va odob-axloq. Tabiiy zahiralardan ayamay foydalanishning oldini olish; 
    —ob-havo, iqlim va yashil o‘simliklarning gigienik ahamiyati; 
    atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri.
    Gigienik nuqtai nazardan, atrof-muhit - bu insonning hayoti davomida uzviy bog'liq 
    bo'lgan va unga ta'sir ko'rsatadigan tabiy holat uning mavjudligi uchun tashqi shart yoki 
    muhit.Tabiiy elementlarga havo, suv, oziq-ovqat, tuproq, radiatsiya, o'simlik va hayvonot 
    dunyosi kiradi. Inson muhitining ijtimoiy elementlari mehnat, turmush, jamiyatning 
    ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidir. 


    29 
    Ekologiya va salomatlik mavzusida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yuqorida keltirilgan 
    vazifalarni amalga oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish, 
    kelajak avlodning sog‘lom, barkamol o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

    Download 4,66 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish