|
Tajriba ishi №1 Predmet sohaning tahlili. Ma’lumotlar bazasini loyihalash Maqsad
|
bet | 1/4 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #273378 |
Bog'liq 1Predmet sohaning tahlili. Ma’lumotlar bazasini loyihalash
Tajriba ishi №1
Predmet sohaning tahlili. Ma’lumotlar bazasini loyihalash
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB predmet sohasini tahlil qilish va uning infologik modelini tuzish haqida bilim va malakalarni hosil qilish.
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. Mavzuga tegishli ma`lumotlarni to`plash va tahlil qilish.
2. Predmet sohani infologik tasvirlash.
3. Mohiyat-bog`lanish modelini ishlab chiqish. (ER diagramma).
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma: Predmet sohani tahlili. Predmet sohani tahlili natijasi sifatida infomantiqiy modelni qurish uchun ER diagrammadan foydalanish mumkin (inglizchadan Entity-Relationship, yani mohiyat-bog`lanish). ER diagrammada quyidagi belgi va tushunchalardan foydalaniladi:
- mohiyat
yoki - assotsiatsiya yoki aloqa
- atribut
- bog’lanish
Ikki mohiyat o`rtasida, masalan, A va B to`rtta aloqa turi bo`lishi mumkin.
Birga-bir aloqa(1:1): Har bir vaqt holatida A mohiyatning har bir (nusxasiga) vakiliga B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi
1 1
A AB B
Masalan: O`quvchi jinsi erkak yoki ayol bo`lishi mumkin.
Birga-ko`p aloqa(1:M): A mohiyatning bitta vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.
1 M
A AB B
Masalan: O`quvchi imtihondanda javob berishiga 1 yoki 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 ball olishi mumkin. Xuddi shunday ikkala yo`nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo`lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud.
Ko`pga –bir aloqa (M:1) A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bitta vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.
M 1
A AB B
Ko`pga –ko`p aloqa (M:N): A mohiyatning bir necha vakiliga B mohiyatning bir necha vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.
M N
A AB B
Predmet soha tahlilida ob`ektlar, ob`ekt xossalari, bog`lanishlar (ob`ekt munosobatlari), vaqt oralig`i (ob`ektlar aniq holatlarda bo`lishini belgilovchi vaqt)
singari tashkil etuvchilarni o`rganish taqazo etiladi.
‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi predmet sohasi tahlili. ‘Talabalar demografik ma`lumotlari’ bazasi ta`lim muassasalarida ixtiyoriy vaqtda talabalar haqida etarlicha ma`lumotga ega bo`lish uchun yaratiladi. ‘Predmet sohani tahlil qilish natijasida MB uchun zarur deb hisoblangan quyidagi ma`lumotlarni aniqladik:
Familiya, ism, otasi
Jinsi
Tug`ilgan sana
Millati
Pasport ma`lumotlari
Telefonlari (uy va mobil)
Turadigan joyi
Yashash manzili
Ijtimoiy kelib chiqishi
Oilaviyligi
Farzandlari soni
Harbiy xizmatga aloqasi
Nogironlik
Etimlik
Fakul’tet
Mutaxassislik
Kurs
Guruh
Bu ma`lumotlarning har birini tahlil qilib chiqamiz va ular qanday qiymatlar qabul qilishini aniqlaymiz. Ma`lumotlar ixtiyoriy yoki chekli sondagi to`plamga tegishli bo`lishi mumkin. Chunki ma`lumotlar qiymatini to`g`ri kiritish, uni izlab topish,
undan unumli foydalanish va turli ko`rinishdagi axborotlarni olish imkonini beradi.
Familiya, ism, otasi – talabaning familiyasi, ismi va otasining ismi. Ixtiyoriy matnli qiymat.
Jinsi – qiz yoki o`g`il. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
Tug`ilgan sana – talabaning tug`ilgan sanasi. Ixtiyoriy sanali qiymat.
Millati - o`zbek, rus, tojik va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
Pasport ma`lumotlari pasport seriyasi, raqami, berilgan vaqti, amal qilish muddati, kim tomondan berilgan, qayd manzili, INN. Ixtiyoriy matnli qiymat.
Telefonlari (uy va mobil)- talabaning telefonlari. Ixtiyoriy sonli yoki matnli qiymat.
Turadigan joyi – yotoqxonada, o`z uyida, ijarada, qarindoshlarinikida. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
YAshash manzili - talabaning yashayotgan manzili. Ixtiyoriy matnli qiymat.
Ijtimoiy kelib chiqishi - ishchi, xizmatchi, ziyoli, tadbirkor, fermer va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
Oilaviyligi - o`ylangan, bo`ydoq, turmushga chiqgan, turmushga chiqmagan, ajrashgan, beva va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
Farzandlari soni – agar talabaning farzandlari bo`lsa, ularning soni beriladi. Ixtiyoriy sonli qiymat.
Harbiy xizmatga aloqasi - harbiy xizmatda bo`lgan, harbiy xizmatga bormagan, harbiy xizmatga chaqirilmaydi, majburiy, muqobil, chaqiriluvchi, xizmatda, zahirada va h-zo. Chekli to`plamdagi matnli qiymat.
|
| |