35
qo‘rs, darg‘azab, shafqaesiz, berahm yoki og‘ir-vazmin bo‘ladi. O‘smirlik va o‘spirinlik
yoshida, ayniqsa, oson ta’sirlanish, ruhan shikastlanish kuchli bo‘ladi. Organizm jismoniy
voyaga etishi bilan barobar yigit va qizlarning dunyoqarashi,
atrof-muhitni idrok etishi
o‘zgaradi. Ularda o‘z mustaqilligini tasdiqlash jarayoni ro‘y beradi, bu albatta, taqlid
qilishlar bilan hayotda o‘z yo‘lini topishiga urinishlarda kuzatiladi. Hissiyotlarning
shakllanib borishi kitob, san’at, musiqa, turli mashg‘ulotlar hamda sportga nisbatan mehrni
yuzaga keltiradi. Sog‘lom avlodni voyaga etkazish jarayonida
muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan ob’ektiv omillar bilan bir qatorda sub’ektiv omillar, ularning mohiyati, yosh avlod
ta’lim-tarbiyasiga ko‘rsatadigan ta’sir kuchi, ulardan pedagogik faoliyat jarayonida
samarali foydalanish shartlari,
shuningdek, shaxsning har jihatdan kamol topishida
oilaning o‘ziga xos katta o‘rni bordir.
Psixogigiena haqida ma’lumot berilganda psixologik zo‘riqishning sabablari va
ularning oldini olish, yoshlarga jamiyatda o‘z o‘rnini topib, uni boshqarish, o‘z taqdirini hal
qilish va maqsadlarini amalga oshirishda gigienik ta’lim-tarbiya
berishning ahamiyati, ularni
har tomonlama sog‘lom qilib o‘stirish va ularda bolalikdan o‘z salomatligini qadrlash
mas’uliyatini
kuchaytirish, gigienik tayyorgarlikni oshirish zarurligini uqtirish va unga
sharoit yaratish usullarini o‘rgatish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Nazorat savollari:
1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi nimalardan iborat?
2.Shaxsiy va umimiy gigiena tushunchalarini ta’riflang.
3.Gigienaning predmeti va metodlari nimalardan iborat?
4.Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri nimalardan iborat?
5.Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun nimalarni bilish zarur?
6.Gigienik va jinsiy tarbiya to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
7.Gigienik va jinsiy ta’lim-tarbiya usullari qanday?
8.Psixogigiena nimalardan iborat?