54
Bokschilar bilan turli jadallikda olib borilgan ishlar
mazmunining tahlili shuni
ko‘rsatadiki, razminka paytida va yakunlovchi gimnastik mashqlarni bajarayotganda,
shuningdek, engil yugurish va shtangalar bilan ayrim mashqlarni bajarayotganda jadallik
minimal bo‘ladi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tayyorgarlik vositalariga qizib olish mashqi
paytida bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek
krosslar va sport
o‘yinlari kiradi.
Sportning u yoki bu turining sportchi organizmiga ta’sirini aniqlash uchun alohida
musobaqali mashqning emas butun mashg‘ulot jarayonining ta’sirini o‘rganish kerak.
Shundan kelib chiqib, sport turini guruhlarga taqsimlash uchun yuklamani xarakterlovchi
uch mezonga to‘g‘ri amal qilish kerak.
Bularga sport mashg‘ulotlarida bajarilayotgan ishning kuchi (maksimal,
submaksimal, katta, o‘rtacha, turli jadallikdagi); ishningssiklliligi yoki nosiklliligi; u yoki
bu harakat sifatlarining rivojlanishi. N.Ozolin (1971), N.I. Volkov (1968) mashg‘ulot
vositalari klassifikasiyasining muhim belgilariga quyidagilarni kiritishni tavsiya qiladilar.
1. Ixtisoslashtirilganlik, ya’ni ushbu sport mashg‘uloti
vositasining musobaqa
mashqlariga o‘xshashligi.
2. Yo‘naltirilganlik, ya’ni mashqlarning u yoki bu harakat sifatining rivojlanishiga
ta’siri.
3. Koordinasion murakkablik, uning ta’siri mashg‘ulotlar samarasi kattaligida aks
etadi.
4. Mashg‘ulotning organizmga ta’siri miqdoriy kattalik sifatida.
Sport mashg‘ulotida yuklama deganda sportchining harakat faolligi bilan bog‘liq va
uning organizmiga ta’siri kattaligi bilan aniqlanadigan jismoniy
va asab kuchlanishlar
tushuniladi (L.P. Matveev, 1962; V.S. Keller, 1968; P. Kunat, 1972 va boshqalar).
55
A.G. Dembo, S.N. Popov, A.M. Tyurin, Yu.M. Shapkays (1986) vegetativ
funksiyalarning sport mashg‘ulotlari ta’siri ostida o‘zgarishini o‘rganish masalalaridan
kelib chiqib sport turlari klassifikasiyasini ishlab chiqdilar.
Sport turlarini guruhlarga taqsimlash uchun yuklamani xarakterlovchi uch mezonga
to‘g‘ri amal qilish muhim. Ularga quyidagilar kiradi: sport mashg‘ulotlarida ajariladigan
ish kuchi (maksimal, submaksimal, katta, o‘rtacha, jadalligi turlicha).
Birinchi turtta
guruhga sportningssiklli turlari kiradi. Ular ish kuchi va u yoki bu harakat sifatlar
rivojlantirish bo‘yicha ajratiladi.
Birinchi guruhga uzunlikka sakrash va uch xatlab sakrash, 100 m ga, 300 m ga, 800
m ga yugurish, eshkak eshish va hokazolar kiritilgan. Beshinchi guruhda tuzilishi nosiklli
sport turlari (og‘ir atletika, disk, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash) birlashgan.
Bunday sport turlari uchun qisqa muddatli kuchlanish, maksimal kuch talab qilinishi
xarakterlidir. 6-7 va 8 guruhlarga kuchlanish tez-tez o‘zgarib turadigan, nosiklli ish ustun
keladigan sport turlari (gimnastika, akrobatika, voleybol, tennis, boks, futbol, kurash, qo‘l
to‘pi) kiradi.
To‘qqiqizinchi guruh - sportning boshqa turlarini (parashyutli, elkanli, suv - motorli
sport turlari, shashka, ot sporti) o‘z ichiga oladi. V.V. Mixaylov (1989)
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning jismoniy yuklamalari mashqlar hajmi, jadalligi,
xarakteri bo‘yicha
aniqlanadi, deb hisoblanadi. Olim ularni maxsus uslubiy yo‘nalishga
ega uch guruhga bo‘ladi.
Birinchi yo‘nalishi: lazzatlanish samarasi. Jismoniy ish vaqtida tana to‘qimalarida
garmonlar - endokrinlar ajralib chiqib qonga o‘tadi. Ularning bir qismi markaziy asab
tizimiga etadi va asab markazlariga ta’sir etadi. Natijada harakatlanayotgan insonda
quvonch va lazzatlanish hissi uyg‘onadi.
56
Ikkinchi yo‘nalish - yurak qisharishlari chastotasi minutiga 135-155 zarbni tashkil
etadigan
jismoniy yuklamani bajarish, mashg‘ulot davomiyligi yuqori charchash bilan
ifodalanadi.
Uchinchi yo‘nalish - mashg‘ulotlar dasturiga aerobli va tezkor-kuch jismoniy
yuklamalarni kiritishni talab qiladi.