“Universiada” musobaqalari salomatlikni mustahkamlash vositasi sifatida




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

“Universiada” musobaqalari salomatlikni mustahkamlash vositasi sifatida 
Respublika sport o‘yinlari- «Umid nihollari» o‘tkazib kelinmoqda. 
Bunday miqyosdagi bolalar sport bellashuvlari O‘zbekistonda ikkinchi bor 
o‘tkazilayapti. Umuman, butun o‘quv yili davomida o‘yinlarning shahar, tuman va viloyat 
saralash bosqichlarida uch xil yosh guruhlarida sport 12 turi bo‘yicha 6 millionga yaqin 
o‘quvchilar kuch sinashdilar. Xorazmga final o‘yinlarida ishtirok etish uchun 2600 
nafardan ziyod o‘quvchilar to‘plandilar. 


49 
«Talabalar ligasi» o‘yinlarining tashkil qilinishi O‘zbekistonda mamlakat aholisining 
deyarli yarmini tashkil etuvchi yosh avlodning sog‘lom bo‘lishi, ham ruhan, ham jismonan 
uyg‘unlikda rivojlanishi uchun ko‘rsatilayotgan alohida e’tiborning yorqin misolidir. 
«Umid nihollari-2003» finaliga tayyorgarlik jarayonida Xorazmda zamonaviy badiiy 
gimnastika markazi hamda a’lo darajada jihozlangan olimpiya o‘rinbosarlari kasb-hunar 
kolleji qurib bitkazildi. 
«Barkamol avlod» 
Birinchi spartakiada Jizzax shahrida 2001 yilda o‘tkazildi. 
Andijonda litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining «Barkamol avlod-2003» 
ikkinchi spartakiadasi tashkil etildi. O‘yinlarning final bosqichida 300 ga yaqin sportchi 
ishtirok etdi. Bu hafta mobaynida sportning 14 turi bo‘yicha musoba qalar davom etdi. 
Jami 300 komplekt mukofotlar egalariga topshirildi. Kasb-hunar kollejlari va akademik 
litsey o‘quvchilarining «Barkamol avlod-2005» uchinchi spartakiadasi Toshkent viloyatida 
bo‘lib o‘tdi.24-29 may kunlari o‘tkazilgan musobaqalarda ikki mingdan ortiq sportchi 
basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika, boks, stol tennisi, tennis, futbol, belbog‘li 
kurash, kurash, shaxmat, badiiy gimnastika va suzish sport turlari bo‘yicha medallarni 
qo‘lga kiritish maqsadida kuch sinashdilar. 
Universiadalar 
Unda talabalar ishtirok etadilar. Dastlabki musobaqalar 2000 yilda Namanganda 
bo‘lib o‘tdi. 2002 yilda Namangan Universiadasida 1717 nafar talaba voleybol, futbol, 
kurash, yengil atletika, tennis, stol tennisi, shaxmat bo‘yicha musobaqalashdilar, 2002 yil 
Universiadasida- Buxoroda esa 2848 talaba ishtirok etdi. «Kichik olimpiada»- 
O‘zbekistonda bu bellashuvlarni mehr bilan shunday ataydilar. Mazkur musobaqalarda har 
ikki yilda (2004 yildan boshlab esa har uch yilda) o‘tkazilib, ular 2000 yilda O‘sha 
musobaqalarda 1700 dan ortiq talaba sportchilar ishtirok etdilar. Ular sportning 9 turi 
bo‘yicha medallar uchun kuch sinashdilar. 2002 yilda qadimga Buxoroda bo‘lib o‘tgan 


50 
keyingi musobaqalarda ishtirokchilar soni 2300 nafardan ham oshib ketdi. Musobaqa 
dasturiga sportning yangi uch turi kiritildi.
Sport musobaqalari oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba- yoshlarni 
voleybol va futbol sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga uzluksiz jalb qilishni ta’minlash, 
ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida tashkillashtirish, ularni foydali va 
mazmunli harakatga yo‘naltirish, sog‘lomlashtirish hamda talabalarni jamoa bo‘lib harakat 
qilishga o‘rgatish hamda ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada kuchaytirish 
maqsadida o‘tkaziladi.
Yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, 
barkamol, vatanparvar shaxslar bo„lib yetishishini ta’minlash yo‘lida amalga 
oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo‘g‘ini sifatida pedagog 
xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo‘yicha yuksak 
mahoratga ega bo‘lishlarini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish 
hisoblanadi. 
Mazkur o‘yinlar endi an’anaga aylanib, nafaqat sportchi yoshlar ko‘rigi bo‘lib 
qoldi, ular O‘zbekistonning taraqqiyot sari ishonch bilan bosgan odimlari ifodasidir. 
Shunisi muhimki, Universiada Talabalar ligasi kabi musobaqalar talabalarni birlashtiradi
sportdagi do‘stlikni yuzaga keltiradi, hamkorlikning davom etishiga, o‘qishda ham 
muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 
talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali mehnat faoliyati 
samaradorligini oshirishga ko‘maklashish; Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turli 
kasalliklaridan sport va sog‘lom tunnush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish; Shu yerda 
sotsial iqtisodiy tavsifga ega ta’lim darajasi, urbanizatsiya, iqtisodiy ahvolning yuqoriligi, 
mehnat sharoiti, yashash sharoiti, atrof-muhitning holati, shuningdek, tibbiy-sanitar 
yordam holatining ko’rsatkichlari kiradi.
Sog‘lom turmush tarzining ko‘rsatkichlaridan asosiy va ikkilamchilarini ajratish 
qiyin, chunki ular jamlangan holatdagina kerakli sog’lomlashtirish ta’siriga ega-inson 
salomatligini shakllantiradi va rivojlantiradi.


51 

Download 4,66 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Universiada” musobaqalari salomatlikni mustahkamlash vositasi sifatida

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish