VI-BOB JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING VALEOLOGIK




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

VI-BOB JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING VALEOLOGIK 
AHAMIYATI 
6.1.Jismoniy tarbiya va salomatlikning o‘zaro bog‘liqligi 
Jismoniy tarbiya jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. Shuningdek, u 
insonning 
jismoniy 
qobiliyatini 
rivojlantirish, 
salomatligini 
mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning 
ahvoli haqida quyidagi ko‘rsatkichlar orqali so‘z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va 
jismoniy madaniyati saviyasi; ta’lim va tarbiya, sohasida ishlab chiqarish va turmushda 
jismoniy tarbiyadan foydalanish darajasi; bo‘sh vaqtdan foydalanish; jismoniy tarbiya 
tizimining xarakteri, ommaviy sportning rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar. 
Jismoniy tarbiyaning asosiy elementlari: jismoniy mashqlar, mashqlar majmualari va 
ular bo‘yicha musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi. 
Jismoniy tarbiya jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanar ekan, 
umummadaniy va ijtimoiy vazifalar (ta’lim tarbiyaviy, me’yoriy, o‘zgartiruvchi, 
o‘rgatuvchi). 
Jismoniy tarbiya o‘zining umummadaniy va ijtimoiy vazifalarini o‘zining maxsus 
vositalari yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1.Organizmni insonning yoshi, jinsi, sog‘liqining ahvoli, jismoniy rivojlanishidan 
qat’iy nazar rivojlantirish va mustahkamlash. 
2. Yoshlarni mehnatga va Vatan himoyasiga jismonan tayyorlash. 
3. Yoshlarning faol dam olish va bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini 
qondirish. 
4. Yoshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini 
chiniqtirish. 
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama komil insonni tarbiyalashda 
muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish ish 


76 
qobiliyatini o‘stiradi, sog‘lom turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar 
mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir. 
Shuning uchun o‘quvchi va talaba yoshlarni jismoniy tarbiya qilish bo‘yicha o‘quv 
jarayonlarni takomillashtirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim 
davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq xo‘jaligi uchun ishchi 
resurslar rezervini tayyorlashning asosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan oliy o‘quv 
yurtlari dargohidan chiqayotgan mustaqil
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining bo‘lajak mutaxassislari jismoniy tarbiya 
va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy burchni bajarishda joriy etishga tayyor 
bo‘lishlari va sportning ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir etishini 
chuqur tushunishlari kerak. 
Hozirgi vaqtda o‘quvchi va talaba yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar 
mavjudligi aniqlangan. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo‘lmoqda. Kam 
harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi 
kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. 
Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutaxassislar harakat faolligini salomatlikni saqlash va 
mustahkamlashda muhim omil hisoblaydilar. Jismoniy tarbiya bo‘yicha majmuaviy dastur 
o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga
chiniqtirishga, o‘quvchilarning ish qobiliyatining o‘sishiga, kundalik harakat rejimini 
tashkil etishga yo‘naltirish lozim. Ayni paytda shuni ham aytib o‘tish kerakki, pedagogika 
sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning shakllari, vositalari, usullari va metodik 
ko‘rsatmalarni ishlab chiqishga etarlicha e’tibor bermagan.
Shu paytga qadar jismoniy tarbiyada o‘quvchi va talabalar, asosan, chidamlilik, 
chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni rivojlantirish g‘oyasi asosiy o‘rin 
egallagan. Yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash 
masalalarini hal qiluvchi sport mashg‘ulotlari metodologiyaning bazisi hisoblanadi. 


77 
Bundan tashqari, insonning salomatlikni asrash va mustahkamlashga, jismoniy 
mashg‘ulotlardan oladigan qoniqishga bo‘lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham 
e’tiborga olish kerak. 
Yoshlarni jismonan tarbiya qilishda individual yondashuv sog‘lomlashtiruvchi 
jismoniy tarbiya pedagogik tizimining asosiy yo‘nalishiga aylanishi kerak. Shu munosabat 
bilan inson barkamolligini majmuaviy baholash yordamida individual imkoniyatlarni 
diagnostika qilish jismoniy etuklikka erishishning asosi bo‘lishi kerak. 
Ayni paytda, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik - 
bularning barchasi muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining natijasidir. Bunda inson 
o‘z salomatligining mustahkamlanishi jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida 
uning jismoniy va aqliy faolligini oshiradi, natijada o‘quv va mehnat faoliyatining 
unumdorligi oshadi
.
Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, musobaqa faoliyatini va unga 
tayyorgarlikni qo’llashga asoslangan jismoniy tarbiya vositasi va usuli, bu jarayonda, 
odamning potensial imkoniyatlari taqqoslanadi va baholanadi. Sport odamning jismoniy va 
ma’naviy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Undan tashqari, sport bilan faol 
shug’ullanish yoshlarni sog’lom turmush tarzini olib borishlariga ko’maklashadi. Masalan, 
sport bilan shug’ullanadigan talabalarning ko’pchiligi narkotiklarga va tamaki chekishga 
nisbatan salbiy munosabat bildirishadi. Undan tashqari, yosh sportchilar juda kam 
holatlarda spirtli ichimliklarni iste’mol qilishadi. Aynan shuning uchun, mamlakatmizning 
barcha oliy ta’lim muassasalarida sport stilini, sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish 
maqsadga muvofiq. Afsuski, hozirgi vaqtda talabalarning hammasi ham sport bilan bog’liq 
turmush tarzining ahamiyatini tushunishmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim 
muassasalaridagi jismoniy tarbiya o’qituvchilari mashg’ulotlarda sog’lom turmush 
tarzining nazariy qoidalarini sabot bilan talabalarga tushuntirishga va ularni o’zlarining 
kundalik turmush tarziga kiritishga undashga majburdirlar.


78 
Oliy ta’lim muassasasida o’qish davrida bo’lajak mutaxassisning shakllanishi sodir 
bo’layotganida, talabalarda o‘z ustida doimiy ishlash, organizmning xususiyatlarini, 
ratsional ovqatlanishni, o’zining jismoniy potensialini optimal qo’llashni o’rganish, 
sog’lom turmush tarzini olib borish zaruratiga ishonch shakllanadi. Sog’lom turmush tarzi 
omillarini tadqiq qilish, unga nisbatan munosabatning dinamikasi pastga qarab 
ketayotganligini, ushbu pasayish ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlar va turmush darajasining 
umumiy pasayishi bilan belgilanishini ko’rsatdi.
-har tomonlama jismoniy rivojlanish va talabalarning jismoniy tayyorgarligini yuqori 
darajasiga erishishga; 
-jismoniy sifatlarni, ayniqsa, mazkur kasbiy faoliyat uchun muhim bo’lgan sifatlarni 
ustivor va maxsus rivojlantirishga; 
7 – jadval 
Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik prinsiplar keng qo‘llaniladi, 
chunonchi bu jarayon o‘rgatish va tarbiyalashning bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Pedagogi
k prinsiplar jismoniy tarbiya jarayonida o‘ziga xos xislatlarni aks ettirib, maxsus mazmuni
ni ifoda etadi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI-BOB JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING VALEOLOGIK

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish