Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi 
Bolaning bir kunda yeydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o‘rnini qoplashi 
va o‘sishni ta’minlashi kerak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar 
nisbatini olish kerak. Umumiy ta’lim maktablarida va maktab internatlarida birinchi 


68 
smenadagi o‘quvchilarga ertalabki nonushta 7.30 dan 8 gacha bir kunlik ratsionning 25%, 
ikkinchi nonushta 11-12 da ratsionning 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so‘ng tushlik 
eyishi kerak, bu ratsionning 35% tashkil etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat ratsionini 
2025% tashkil etishi kerak. 
Oziqa moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. Shuning uchun 
ular to‘la qimmatli ovqat eyishlari kerak. Shundagina ular yaxshi o‘sadi, turli kasalliklarga 
chidamli bo‘ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o‘simlik va xayvon 
mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va etarli darajada bo‘lishi, to‘q tutishi kerak. 
Ovqatlanish tug‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. o‘rta maktab o‘quvchilari 4 marta 
ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy 
gigiyenaga, stol atrofida o‘zini tutishga, dasturxon go‘zalligiga rioya qilish kerak. Hayotda 
ovqatdan zaharlanish ko‘p uchrab turadi. Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga 
bo‘linadi. Bakterial zaharlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar tushgan 
ovqatni eganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi. 
Bundan tashkari pichoq taxtalar, stollarda, qo‘lda bu mikroblar bo‘lishi mumkin. Ular 
pashsha, sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish belgilari: bir kun 
o‘tkach o‘t rufagi atrofida ogriq paydo bo‘ladi, qusadi, ich ketadi, bosh og‘riydi, 
tirishishadi, sovuq ter bosadi. 
Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayokchasi bilan zararlangan ovqatni iste’mol 
qilish orqali odam o‘tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar, quziqorin, tuzlangan 
baliq, dudlangan mahsulotlar, go‘sht orqali yukadi. Bir necha soat o‘tgach zaharlanish 
belgilari paydo bo‘ladi: muskullari bo‘shashadi, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi, og‘zi quriydi, 
nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, bemor halok bo‘lishi mumkin. 
Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, konvyuktivit bilan og‘rigan 
kishilar infeksiya tashuvchi bo‘ladilar. Odamning tomog‘ida, burun shilliq qavatida, terida, 
ichagida kasallik mikroblari bo‘ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda 


69 
bo‘ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, harorat ko‘tariladi. Dizentiriya, 
dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo‘l orqali o‘tadi va nihoyatda yuqumli 
hisoblanadi. Bola tez suv yo‘qotadi, harorat ko‘tariladi, ich ketadi va ba’zida qon aralash 
bo‘ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo‘ziqorindan, qo‘rg‘oshindan, bodom, o‘rik, olxo‘ri, 
shaftoli danagidan zaharlanish kiradi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun 
maxsulotlarni to‘g‘ri saqlash, sanitariya-gigiyena, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish 
kerak. 
Tirik organizm ichki muhit barkarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan oziqa 
moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga 
chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota, 
kreotinin va shunga o‘xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm zaharlanadi. 
Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalardan tashqari, 
organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalarni chiqarishi ham 
shart. 
Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskretlar deb ataladi. Ajratuvchi 
organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak 
kiradi. 
O‘pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va yengil uchuvchi gazlar 
ajraladi. 
Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinish qoldiqlari va siydikchil 
moddalar ajraladi. 
Hazm yo’li orqaili esa hazm bo‘lmagan oziqa moddalar qoldiqlarimetal tuzlari, qisman 
suv, ba’zi dorilarning va organik buyoklarning qoldiqlari ajraladi. 
Hayot ketaveradi, sizni tajribangiz va mehnatdagi tirishqoqligingiz qayd qilinadi. 
Hozir siz rahbarlik lavozimida ishlaysiz. Hayajonlanish yuklamasi oshdi, jismoniysi 
tushub ketadi. Yana bunga harakatcha telefonga u shunday epchillik bilan u sizni bir joyga 


70 
o‘tkazib qo‘yib vaqtni egallaydi. Kundan-kunga tinchligingiz barchasi ko‘ngildagidek va 
chiroylidek. Lekin sizning yuragingiz ko‘ngilsiz voqea to‘g‘risida ogohlantiradi! Siz 
narvon bo‘ylab chiqayotganingizda, u qanday urayotganini quloq berib eshitasiz! Nafas 
olish qiyinlashadi! Ajablanarli joyi yo‘ q, endi siz uchinchi qavatga chiqish uchun, liftni 
kutmoqdasiz. Yana qisqa vaqt o‘tgandan keyin, siz eng avvalo zinapoyaga oyog‘ingizni 
qo‘yishingizdan oldin, validol tabletkasini og‘zingizga solib so‘rasiz. So‘ngra harakat 
me’erini pasaytirasiz va o‘zingizni har bir nafas olishingizni di q qat bilan eshitasiz. Bu 
g‘amgin bo qish siz uchun emas! Ana shuning uchun o‘zingizga murosasiz, siz zo‘r berib, 
sabr-toqat bilan, muntazam ravishda yillar davomida ko‘ngildagi bo‘shlikni, eng avvalo 
zararli odatni va jismoniy harakatsizlikka urush e’lon qilish. 
Kerakligidan ortiqroq bo‘lgan og‘irlikni muammosini hozirning o‘zida to‘xtatishni 
istardik. Chunki biz birdaniga semizlikka olib keluvchi omillarni aytishimiz mumkin. 
Ko‘ngildagidek hisoblash mumkinki, ya’ni keragidan ortiqcha eyish, bir me’erda 
ovqatlanmaslik va kam jismoniy faollik semirishga yordam beradi. Biroq hozirgi vaqtda 
etarli darajada ilmiy faktlar to‘planganki, semirish rivojlanishida asabni-hayajonlanishini 
qaytadan ortishi roli haqida shohidlik qiladi. Bir qator ilmiy-tadqiqotchilarda ishonarli qilib 
ko‘rsatilganki, ya’ni surunkali asab-hayajonlanishdagi zari qishda og‘irlikni o‘sishi 
kuzatiladi. Bunday fakt uglevod (karbon suvlarni) almashinishi bilan bog‘liq bo‘ladi, 
aynan karbon suvlarini (uglevod) yog‘ga aylanish jarayonini kuchayishi va ularni 
jamg‘argan siz bu barcha faktorlarni chiqarib tashlaysiz. Buning uchun eng avvalo 
o‘zingizni yoshlik yillaringizdagi normal og‘irligingizni tiklashingiz zarur. 
Oqilona turmush tarzini boshlashga kurashish hech qachon kech bo‘lmaydi. Biroq 
eng yaxshisi kechiktirmaslik kerak. Agarda sizni og‘irligiz normadan bir muncha oshib 
ketsa, unda o‘zizga kasal sifatida munosabatda bo‘ling va tezlik bilan davolanishga 
kirishish kerak. Ortiqcha og‘irlikka qarshi kurash olib borish nafaqat ov qatlanish tartibiga 
(parxezga) rioya qilish yo‘li bilan balki sekin asta harakatlanish muhitini kengaytirib 


71 
boriladi. Buni qanday qilib yaxshilash mumkin? Bu erda faqatgina umumiy ko‘rsatmalar 
bilan chegaralanib qolamiz chunki jismoniy tarbiya mashg‘ulotini metodikasi bo‘yicha 
batafsil tavsiya biz tomonimizdan oldin keltirilgan. 
Tadqiqot ishlarini ko‘rsatishiga ko‘ra, ortiqcha og‘irlik bilan kurashish uchun yurak 
qisqarishi 120 ur / daq chastotasida, kishini g‘ashiga tegadigan yog‘larni sarflash, uzoq 
davom etadigan jismoniy yuklama samarasidir. Jiddiy, biroq qisqa vaqtda bajariladigan 
mashqlar kam samaralidir. So‘zsiz, bu degani barcha kishilar uchun bir hil retsept bo‘lishi 
mumkin emas. Axir harakat kun tartibi hammaga ma’qul bo‘ladigani bu sizni 
salomatligingizga va jismoniy tayyorgarligingizga bog‘liq bo‘ladi. Siz birinchi navbatda 
sayrdan, tez yurishdan boshlashingiz kerak, sekin asta bir hafta mobaynida kamida uch 
marta bir me’yorda yugurishga o‘tish kerak va 30 daqiqaga va undan ko‘proqqa etkazish 
kerak, qon tomirining urish chastotasi 120 daqiqada kam bo‘lmasligi zarur. Shuning uchun 
chang‘ida yurish, suzish, chini qtirish muolajalari ham foydalidir.
Jismoniy mash qlar ishtahani oshiradi, biroq shuni esda tutish kerakki: ov qatni 
o‘rtacha me’yorda eyish sizga foyda keltiradi.
Noto‘g‘ri ovqatlanish bilan organizmda 
toksinlar va toksinlar to‘planadi, ular mushaklarni, qon tomirlarini yopishadi va to'qimalarni 
oksidlaydi. To‘g‘ri ovqatlanishsiz nafaqat yuqori sport natijalariga erishish, balki bitta qizg'in 
mashg'ulotga dosh berish ham mumkin emas. Sport o‘ynash mushak to‘qimalarining eskirishiga 
olib keladi, shuning uchun faqat sport ovqatlanishi orqali mushaklar hajmini kerakli darajada 
ushlab turish mumkin. Suv 
muvozanatini saqlashga qaratilgan muvozanatli sport dietasisiz 
to‘qimalar tezda so‘na boshlaydi, ohangini va tabiatga xos xususiyatlarini yo‘qotadi. 
Bolalar o‘z ota-onalarining xatti-harakatlarini nusxalashga harakat qilishlarini unutmang. 
Agar chaqaloqlar bilan yerta yosh ko‘z o‘ngimda bir misol bo'ladi sog'lom yo'l hayot, ular 
hatto bunday yondashuv zarurligini tushuntirish kerak bo'ladi. 
Gastroenterologlarning fikricha, "tez ovqatlanish" o‘z-o‘zidan kasallikning sababi 
emas. Ammo u surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi, shuningdek, o‘tkir 


72 
kasallikning surunkali holatga aylanishiga hissa qo'shishi mumkin. O‘z navbatida, sog'lom 
odam bu gamburger va pitsalarning barchasiga normal tarzda toqat qiladi. Bizning 
kundalik ish yukimiz va hayotning aqldan ozish sur'ati bilan tez ovqatlanish haqiqatan ham 
oziq-ovqat talab qiladigan oshqozonimiz uchun najotga aylanadi. 
Lekin siz ularga ustunlik bermasligingiz kerak muntazam ovqatlanish va bundan 
ham ko'proq, siz ularni doimiy ovqatga aylantirmasligingiz kerak. Birinchidan, "tez ovqat" 
bizni kerakli miqdorda A, C, D va E vitaminlari, shuningdek minerallar va tola bilan 
ta'minlay olmaydi. Bundan tashqari, tez ovqatlanish restoranlarining menyusida yangi 
sabzavotlar va mevalar juda kam uchraydi. 
Bunday restoranlar, shuningdek, chanqoqni qo'zg'atadigan maxsus soslardan foydalanish 
amaliyoti bilan gunoh qiladi. Bundan tashqari, ularning barcha ishlab chiqaruvchilari bu 
haqda xaridorga xabar berishni zarur deb hisoblamaydilar. 
Shuni hisobga olish kerakki, birinchi oylarida jismoniy tarbiya bilan muntazam 
ravishda shug‘ullanishda og‘irlikning kamyishi bir muncha ko‘rsatilishi mumkin. Ish 
shundaki, ya’ni jismoniy mashqlar, yog‘larni sarflashga yordam beradi, shuningdek 
mushak to‘qimalarini o‘sishi yaxshilanadi, u og‘irligi bo‘yicha yog‘dan og‘irroq bo‘ladi, 
chunki, agarda siz o‘zingizni ovqat eyishingizni va ishtahangizni tiya oladigan bo‘lsangiz, 
unda og‘irligingiz pasayish o‘rniga oshib ketishi mumkin. Lekin siz tez ozishga 
shoshmang. Chunki bu sizning sog‘lig‘ingizga zarar etkazishi mumkin, ayniqsa o‘ziga xos 
mavjud yurak kasalliklarida. Agarda bu jarayon sekin asta bo‘lsa, u ishonarli va xavfsiz 
bo‘ladi. Siz doimiy ravishda ov qatni cheklangan miqdorda iste’mol qilishga ko‘nikma 
hosil qilsangiz va muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanib tursangiz, siz 
albatta muvaffa qiyatga erishasiz, hamda uni mustahkamlashga erishasiz. Tez-tez bo‘lib 
turadiki, iste’mol qilinadigan ovqatni chegaralash yoki qisqartirish yordamida va siz 
o‘zingizga ochlik e’lon qilish yo‘li bilan ham tezda og‘irligingizni pasaytirishga erishingiz 
mumkin. Lekin bu uzoq davom etadimi? Siz ochiqib qolish to‘satdan ovqatga yopishasizu, 


73 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni tashlab va og‘irlik yana orta boshlaydi. Mana siz 
qaerdadir semirishga qarshi kurashishga yordam beradigan yangi va samarali dorilar 
haqida eshitganmisiz. Siz bilib olasiz, ulardan biri organizmda almashlash jarayonini 
kuchaytiradi, bosh qalari esa ishtaxani pasaytiradi. Oddiygina qaraganda muammo xal 
etildi. Tabletkalarni qabul qilindi, lekin oldingi kelishgan, xushbichim qomat, engil 
harakatlar qaytib keladimi, hech qanday irodaviy kuch, chegaralash, harakat kun tartibi 
haqida hech qanday qayg‘urish kerak emas. Muammolar hal etildi. Biroq vaqt o‘tadi va 
hamma narsa oydinlashadi, ya’ni dori-darmonlarni ta’sir etishi vaqtinchalik, keyinchalik 
salbiy ta’sir etadi va asoratlari namoyon bo‘ladi. Yana qaytadan hech qanday dori-darmon 
bilan almashtirib bo‘lmaydigan har doim bo‘lib kelgan va bo‘ladigan jismoniy tarbiya va 
o‘z vaqtida ov qatlanishga qaytib kelinadi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish