OITS ga hamroh kasalliklar




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

 
7.3. OITS ga hamroh kasalliklar 
OITS bilan og‘rigan bemorlar aynan IIV bilan zararlanganliklari uchun emas, balki 
hamroh kasalliklardan vafot etadilar. Chunki bemor organizmi kasalliklarga qarshi kurasha 
olmaydi ( kasallik qo‘zg‘atuvchilar tanada shuningdek, atrof-muhitda bisyor bo‘ladi). 


99 
Hozirgi vaqtda shunday kasalliklarning 25 tasi ma’lum. Ushbu kasalliklarning istalgan 
bittasi simptomlari bilinsa insonning OITS ga chalinganligi haqida shubha qilinadi. 
OITS ga Pneumocystis carinii zamburug‘i qo‘zg‘otadigan pnevmoniya, bakterial 
pnevmoniya, sil kasalliklari hamroh bo‘lishi mumkin. Erta simptomatik bosqichda 
zamburug‘li va bakterial infeksiyalar meningit (OITS ga chalinganlarning 13 % 
kasallanadi) va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin. Kechki simptomatik bosqichda 
Micobacteriym avium bakteriyasi bezgak, anemiya, ich ketishi kasalliklarini qo‘zg‘aydi, 
bemor vaznini keskin yo‘qotadi, ba’zan asab tizimi ham ishdan chi qadi.
 
OITS virusining rivojlanishi 
Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ 
immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan 
soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. 
Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, 
boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning 


100 
yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan 
virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. 
Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi 
hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan 
ham uzoq davom etishi mumkin.
OITS ga chalingan bemorlar orasida gerpes guruhi viruslari qo‘zg‘aydigan 
kasalliklar keng tarqalgan. Masalan,ssitoligalovirus ko‘zni zararlaydi va inson ko‘r bo‘lib 
qolishi mumkin. Shu guruhga mansub boshqa virus qon hujayralariga zarar etkazadi. Ko‘p 
bemorlarda saraton kasalliklari rivojlanadi (qondaV-hujayralar limfomasi,qon tomirlari 
saratoni). Avval terida siyohrang ko‘rinishdagi toshmalar paydo bo‘ladi va ichga uradi-
bemor olamdan ko‘z yumadi. OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi) – sindromi 
OIV(orttirilgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson 


101 
immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. 
Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi. 
OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning 
organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak 
suti orqali tarqalishi aniqlangan. 
Bu maqolada biz sizga OIV va OITS, ularning simptomlari, sabablari va davolash haqida 
ma’lumot bermoqchimiz. 
OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – 
bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish