7.6. Giyohvandlik
Giyohvand modda shunday moddaki, uni bir marotaba qo‘llaganda jalb etuvchi
ruhiy holatni yuzaga keltiradi, muntazam iste’mol qilinganda esa jismoniy hamda ruhiy
bog‘lanib qolishni paydo qiladi. Rus tilidagi “narkotik” so‘zining tibbiy ma’nosi-jarrohlik
operatsiyalari va qtida zaur bo‘lgan narkoz uchun maxsus modda-umum qo‘llanuvchi-
lazzat olish vositasi degan ma’noga mos kelmaydi. Jahon sog‘li qni sa qlash tashkiloti
o‘zining jiddiy ijtimoiy xavfliligi va shaxsning salomatligiga etkazadigan zararidan kelib
chi qib, giyohvand moddalar sirasiga turli preparatlarni kiritadi.
111
Giyohvandlik degani nima?
Giyohvandlik u yoki bu giyohvand yoki giyohvand moddani suiste’mol qilish (o‘zi
va atrofidagi kishilarga zarar keltirib qo‘llash) natijasida yuzaga keladigan kasallikdir.
Giyohvandlik-keng qamrovli, jismoniy sog‘lomlikka, ichki dunyoga, boshqa kishilar bilan,
xu qu qiy qonunlar bilan munosabatlarga, shaxs-yashash tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan
kasallik hisoblanadi. Giyohvandlik ko‘chasiga kirgan odam asta-sekin o‘zining barcha
ma’naviy xislatlarini yo‘ qotadi, ruhiy jihatdan qisman yoki to‘la xastaga aylanadi,
do‘stlari, keyin esa oilasidan ayriladi; hech qanday kasbni egallay olmaydi yoki ilgari
egallaganini unutadi; ishsiz yashash uchun mablag‘siz qoladi; jinoyatchilar safiga jalb
qilinadi; o‘zi va atrofidagilarga bir dunyo kulfatlar olib keladi. Bu kasallikning eng
dahshatli tomoni shundaki, usmirlarning o‘zigina emas ularning yaqinlari ham bola
giyohvand moddani shunchaki atib ko‘rgan, bu sho‘xlik qilgangina emas, balki endi uni
muntazam iste’mol qilmasa bo‘lmasligini, unga bog‘lanib qolganligini juda kech
anglaydilar. O‘smir yoki yigit organizmining o‘ziga xos jismoniy xususiyatlari giyohvand
112
moddaning turi va sifatiga qarab, unga o‘rganib qolish bir marta qabul qilgandan keyin
ham yoki “sho‘xlik qilish” boshlanganidan 2-3 oydan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.
Giyohvandlar kimlar?
So‘zlashuv tilida “giyohvand” so‘zi ostida giyohvand moddalarni qabul qiluvchi
kishi tushuniladi, xususan, narkologiyada ruscha “narkoman” so‘zi qo‘llanilmaydi.
Tibbiyot xu qu qshunoslik emas shifokorlar esa qoralovchi emas. Shuning uchun kishi
qanday kasallik bilan og‘rimasin, shifokor uchun u yordamga, e’tiborga, o‘z
muammolarini tushunishlariga muhtoj bo‘lgan bemordir. Kasallik tufayli bo‘lgan
muammolarini shifokor bemorlarga tashxis qo‘yadi lekin hukm chiqarmaydi, bu turli
sabablarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmaydi. Alkogolga bog‘lanib qolgan bo‘lsa-
alkogolizm bilan kasallangan. Giyohvand moddaga bog‘lanib qolgan bo‘lsa-giyohvandlik
bilan kasallangan.Giyohvandning hayoti juda og‘ir har qanday xursandchilikdan mahkum.
Agar kishining qo‘lida giyohvand moddalar yoki ularni sotib olish uchun puli
bo‘lsagina, bularga haqqi bor. Shuning uchun u doimo tavakkal qilishga, firibgarlik
qilishga, qarindosh-urug‘laridan pul so‘rash yohud o‘g‘irlashga majbur, ma qsad-
giyohvand modda bo‘lmaganda yuzaga keladigan azobu-uqubatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Shu
tufayli u qonunga qarshi boradi va hatto jinoyatlar sodir etadi. Shaxsiy hayot uchun vaqt
qolmaydi. Shu jumladan dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-gʻayratini
faqat bilim olishga, izlanishga, hunar oʻrganishga sarflashi kerak boʻlgan bir paytda,
oʻsmirlarni aldov yoʻli bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi?
Qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson
oʻzi kurashmogʻi, tashqi taʼsirlardan himoyalanmogʻi lozim. Sogʻlom avlod oʻtmishi
qadim, tuprogʻi oltin, osmoni musaffo Oʻzbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana
shunday sogʻlom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki,
hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar oʻpqoni ularni oʻziga jalb qila olmasin.
|