Tamaki chekishning sog‘liqqa zarari




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

7.4.Tamaki chekishning sog‘liqqa zarari. 
Dunyo bo‘yicha har yili chekish tufayli 3 million odam o‘ladi. Tamaki turli 
mamlakatlarda aholining 20 foizining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. 1995 yilda 43 foiz 
erkaklar, 7 foiz ayollar tamaki chekishdan o‘lgan. 
Bizning davrimizda tamaki chekish butun dunyoda tarqalgan. Angliyada 75 foiz 
erkaklar, 27 foiz ayollar tamaki chekadilar. AQSH da 18-19 yoshdagi o‘smirlarning yarmi, 
maktab o‘quvchilarining to‘rtdan bir qismi tamaki chekadi. Daniyada 81 foiz o‘quvchi 
o‘g‘il bolalar, 56 foiz qizlar chekadi. Italiyada yoshlarning 55 foizi, qizlarning 55 foizi, 
Shvesiyada 46 foiz o‘spirin yigitlar, 36 foiz qizlar sigareta chekadilar. Kashandalar 
aksariyat tamaki chekishni 9 yoshdan boshlaydilar. 
O‘zbekistonda ham tamaki, nos chekuvchilar soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda 
bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan mayda xususiy savdo nuqtalarida sigareta sotish 
ortib bormoqda. Sigareta va nos barcha yoshdagi o‘smir va o‘spirinlarga chegaralanmay 
sotilmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, sayyoramizning 60 foiz erkaklari, 20 foiz 
ayollari chekadilar. 
Osiyo mamlakatlarida nos chekish keng tarqalgan. O‘zbekistonda ham ayrim nos 
chekuvchilar bu noxush odatga 13-14 yoshdan boshlab o‘rganmoqdalar. Shuning uchun, 


102 
bir o‘ylab ko‘rish kerak. Nima uchun odam tamaki yoki nos chekadi? Chekishning keng 
tarqalishiga sabab nima? 
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, chekishning sabablari turlicha: 
Birinchi sabab — qiziqish, tamaki ta’mini bir tatib ko‘rish bo‘lsa, ikkinchi sabab 
kattalarga taqlid qilishdir. Chekish keng tarqalishiga klublar, kechalardagi kompaniyalar, 
turli uchrashuvlar sabab bo‘ladi. Bir marta chekib ko‘rgan odam papiros tutunining hidini 
yana tatib ko‘rishni yoqtirib qoladi, yana chekkisi keladi, so‘ng chekish odatga aylanib 
qoladi. 
Bangilik giyohvandlikning boshlanishidir. Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda er 
shari aholisining ko‘pchilik qismini qamrab olgan. O‘smir dastlab chekkanda kattalarga 
taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Birinchi papiros yoki nos chekilganda o‘smir organizmida 
himoya reaksiyalari vujudga keladi. Uning ko‘ngli ayniydi, ko‘p so‘lak ajraladi, qon 
tomirlar torayadi, o‘smirning rangi oqaradi. Ba’zida hushidan ketadi. Bir necha marta 
chekkandan so‘ng o‘smir organizmida himoya reaksiyalari kamayib boradi va oxir oqibat 
o‘smir organizmi tamaki va nosga o‘rganib qoladi. So‘ng o‘smirda mustahkam shartli 
refleks hosil bo‘ladi. O‘smir 12-15 yoshda tamaki yoki nos ta’mini tatib ko‘rar ekan, 
chekishning dastlabki davrida organizmda har xil sezgilar yo‘qolib boradi. Bu davrda u bir 
kunda 10-15 tagacha papiros chekadigan bo‘ladi. Chekuvchilarda asta-sekin nikotin 
sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda organizmda nikotinni qabul qilishga 
bog‘lanib qolish vujudga keladi. Bu uch bosqichda rivojlanadi: 
Birinchi bosqich — bu psixik moslashish bosqichi bo‘lib, bunda odam chekkisi 
kelaveradi va borgan sari ko‘proq papiros chekadi. Mazkur bosqich 1-5 yil davom etadi. 
Ikkinchi bosqichda somatik belgilar namoyon bo‘la boshlaydi, chekuvchida bronxit 
kasali hosil bo‘ladi, oshqozon va yurak hamda boshqa a’zolarda og‘riq raydo bo‘ladi. Asab 
tizimida o‘zgarish sodir bo‘ladi. Chekuvchida ta’sirchanlik, bosh og‘rish holatlari sodir 
bo‘ladi. Bu bosqich 5-15 yil davom etadi. 


103 
Uchinchi bosqichda chekish avtomatik tus oladi. Doimiy bosh og‘rig‘i, xotiraning 
susayishi, juda ta’sirchanlik va doimiy yo‘tal paydo bo‘ladi. 
Giyohvandlar o‘z salomatligi, obro‘-e’tiborini yo‘qotgan, nogiron odamlardir. Ular 
davolash maqsadida beriladigan narkotik moddaga nisbatan 2-10 martadan ortiq dozadagi 
narkotik modda qabul qiladilar. 1) narkotik modda dastlab qabul qilinganda odamda kayf 
qilish — eyforiya vujudga keladi; 2) bunday kayfiyatni yana hosil qilish uchun o‘smir yana 
narkotik moddani qabul qilishga kirishadi, so‘ng narkotik moddani iste’mol qilish odatga 
aylanib qoladi. Endi o‘smir narkotik moddani qabul qilmasdan tura olmaydi. 
Organizm reaktivlikligining kamayishi va narkotik moddaga o‘rganib qolish tufayli 
odam giyohvand bo‘lib qoladi. Asta-sekin narkotik moddaga jismoniy va psixik jihatdan 
bog‘lanib qolish vujudga keladi. Narkomaniyaning shakllanish dinamikasi shartli ravishda 
3 bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich adaptasiya — moslashish (organizm 
reaktivligining o‘zgarishi va psixik bog‘lanishning vujudga kelishi) davridir. Ikkinchi 
bosqichda jismoniy bog‘liqlikning vujudga kelishi, narkotik modda iste’mol qilishni 
xohlamaganda ham organizmning narkotik moddani qabul qilishga talabi hosil bo‘ladi. 
Uchinchi bosqichda organizm barcha tizimlarining izdan chiqishi, psixikaning o‘zgarishi 
kuzatiladi. Bu bosqichda giyohvandlar tez qo‘zg‘aluvchan bo‘lib qoladilar, jinoiy ishlarni 
amalga oshiradilar. 
Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So‘zsiz ta’sir qiladi. Odam 
papiros chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o‘pkaga kislorod o‘rniga S0
2
(karbonat 
angidrid) gazi borib, qonga o‘tadi, organizmdagi moddalar almashinuvi buziladi, bunday 
holat, o‘z navbatida, organizm kislorod tanqisligiga sabab bo‘ladi.
Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o‘pka alveolalari (hujayralarida) 
ishqor - nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o‘pkaning shilliq qavatini ta’sirlab, 
chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o‘pkaning turli 
yuqumli kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlar ma’lumoticha, sil kasalligiga duchor 


104 
bo‘lganlarning 90 foizi chekuvchilardir. Tamaki tarkibidagi konseragen moddalar 
chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin — 
kuchli zahar. Nikotin-ning 0,1 grammi odamni o‘ldiradi. Bu doza 20 dona papirosda 
mavjud. Agar chekuvchi har kuni 20 dona papiros cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming 
dona papiros chekadi, bu 160 kg tamaki degani. Bunday miqdordagi papiros tarkibida 800 
g nikotin bo‘ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o‘ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. 
Lekin bu nikotin oz-oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab 
tizimini zaharlaydi. Uzoq muddat papiros chekkan odamning qo‘llari qaltiraydi, nafas 
olishi qiyinlashadi, o‘qtin-o‘qtin yo‘taladi, ko‘ngli ayniydi. Nikotin simpatik va 
parasimpatik asab tizimlariga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez-tez qisqaradi, qon 
bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish 
holatlari sodir bo‘ladi. Qonda nikotin moddasining ko‘payishi tufayli bemorda infarkt 
kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so‘ng kengaytiradi. 
Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o‘smirlarning chekishi 
tufayli bola o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug‘ hujaylarida o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi. 
Tamaki chekuvchilarda askorbin kislota, furosemid, geparin, esterogenlarning ta’sir 
etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, 
yurak ishemiyasi kasalliklari kuzatiladi. Oshqozon yarasi nafas yo‘llari kasalliklarini 
davolashni qiyinlashtiradi. Nikotin buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta’sir etadi. 
Bundan tashqari nikotin ateroskleroz kasalligining zo‘rayib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Surunkali chekish orqa miya funksiyalariga salbiy ta’sir etadi. Bu jinsiy ojiziikka 
sabab bo‘ladi. 
Ayniqsa, yosh qizlarning papiros chekishi barcha a’zolariga zararli ta’sir etadi. 
Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladilar, tez kasallanadilar, hayz ko‘rishssikli 
buziladi. Surunkali chekish qiz bola husnini buzadi, u erta balog‘atga etadi. Chekuvchi 


105 
ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi, yuz terisining rangi o‘zgaradi. Chekuvchi 
ayollarning 30 foizida bazedov kasalligi (buqoq) taraqqiy etadi. 
Shuni aytish kerakki, chekmovchilar chekuvchilar yonida turishi tufayli 
chekuvchilardagi kasalliklar chekmovchilarda ham hosil bo‘lishi mumkin, chunki 
chekmovchilar passiv chekuvchilar hisoblanadilar. Tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, 
qon ivish jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferiktomirlarda aterosklerozning kuchayishi 
natijasida oyoq qon tomirlarida endaterit kasalligi kelib chiqadi. Bemor oyoq bo‘g‘inlarida 
og‘riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi. 
Nikotin oshqozon shirasining ajralish me’yorini buzadi va unda kislota miqdorining 
izdan chiqishiga olib keladi. Chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, 
oshqozonning shilliq qavati yallig‘lanadi. Ularda sezish organlarining faoliyati izdan 
chiqadi. Chekuvchida asta-sekin rang ajratish qobiliyati pasaya boradi, dastlab yashil, 
so‘ng qizil va sariq ranglarni ajrata olmay qoladi. Aksariyat chekuvchilarda eshitish 
sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqning nog‘ora pardasi qalinlashadi, eshitish 
suyakchalarining hajmi kichrayadi. 
Hozirgi vaqtda ko‘pgina chekuvchilarning yoshi 20-30 da bo‘lib, yosh oila qurgan 
bo‘ladilar. Shuning uchun chekuvchi ota-onalar birinchi navbatda o‘z bolalariga zarar 
etkazadilar. Chekuvchi onaning ko‘krak sutida nikotin bo‘lgani uchun u qo‘lansa hid 
chiqaradi, biroz taxir mazali bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi bolalar onasini emmay qo‘yadi. 
Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo‘lib qoladi. Angliyaning shimolida 
yashovchi 16 mingta bolalardan so‘rovnoma o‘tkazilganda, ota-onasi chekadigan 
bolalarning 48 foizi tez yo‘talishini aytganlar. 
O‘smirlar kattalardan berkitib chekkanda papiros tutuni bilan ko‘proq zararli 
moddalar o‘pkaga o‘tar ekan. Papiros tez chekilsa, o‘pkaga ikki marta ko‘p nikotin o‘tishi 
isbotlangan.


106 
Chekuvchi o‘smir organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladi. 
Maktab bolalarining papiros va nos chekishi hech qanday odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri 
kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga urinsa, uning papiros va nos chekishni tashlashi 
shuncha qiyin bo‘ladi. Chekuvchi odamlarda ishchanlik qobiliyati past bo‘ladi. 
Chekuvchilar atrof-muhit musaffoligini buzadilar va havoni zaharlaydilar. 


107 

Download 4,66 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish