Musobaqalarni sog‘lom turumush tarzidagi o‘rni




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

8.3. Musobaqalarni sog‘lom turumush tarzidagi o‘rni 
Kuch sinasha bilishning tarbiyalash usuli sifatidagi mohiyati yoshlarga pedagogik 
ta’sir o‘tkazish shunday tizimini qo‘llashdan iboratki, bu tizim ularda o‘rtoqlik bellashuvi 
hamda sog‘lom raqobat ruhini rivojlantiradi, o‘qishda eng kuchlilarga, jismonan yaxshi 
tayyorlangan va uyg‘un qad-qomatga ega bo‘lganlarga tenglashishni, hamkorlik, o‘zaro 
yordamga intilish, qoloqlarni ilg‘or darajasiga tortish va shu asosda faoliyatning yuqori 
umumiy natijalarini ta’minlashni taqozo etadi. Musobaqaning yuqori samaradorligini 
ta’minlash uchun uning sub’ektlarini (kim kim bilan bellashyapti guruh guruh bilan, talaba 
talaba bilan) hamda ob’ektlarini (qaysi sport turlari bo‘yicha tashkil etilyapti) aniqlab olish 
zarur. 


123 
Musobaqa shakllarini belgilashda talabalarning alohida holatini guruhlar, fakultetlar, 
yotoqxonalar orasidagi musobaqalar bilan uyg‘unlashtirish juda muhim. Musobaqaning 
tarbiyaviy jihatdan samaradorligining muhim shartlaridan biri musoba qaga kirishayotgan 
talaba va guruhlar olgan majburiyatlarning maqbullik xususiyatidir. Majburiyatlar aniq 
bo‘lishi, talabalarning haqiqiy imkonlariga mos kelishi hamda ularni yuqori darajadagi 
shiddat bilan faoliyat yuritishga jalb etishi kerak. 
Musobaqa to‘g‘ri tashkil etilishining muhim ko‘rsatkichlaridan biri kuch sinasha 
bilish, sog‘lom ra qobat, eng kuchliga etib olish va undan o‘zib ketish hamda o‘z 
birinchiligini saqlab qolishdir. Bu guruhda ijobiy ma’naviy-ruhiy iqlimni yaratadi. Ayni 
vaqtda bunday iqlim musobaqa natijalarini muhokama qilish va keyingi bellashuvlarga cha 
qirish uchun qulay vaziyatni yuzaga keltiradi, bu esa talabalarning jismoniy mashqlar, 
sport bilan musta qil shug‘ullanishini faollashtiradi. 
Musobaqalar quyidagi tamoyillarga muvofiq tashkil etiladi: 
musobaqalar borishining oshkoraligi; 
yuqori natija ko‘rsatkichi talabaning (guruhning) tezkorlik bilan rag‘batlantirilishi 
(mukofotlanishi). 
Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida musobaqa usulini qo‘llashning 
tarbiyaviy ahamiyati. 
Talabalarni 
tibbiy-pedagogik 
tekshiruvidan 
o‘tkazishda ularning jismoniy 
rivojlanishi, qad-qomati o‘rganiladi. Jismoniy rivojlanishning eng yaxshi ko‘rsatkichlariga 
va uyg‘un tna tuzilishiga ega bo‘lgan talabalarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. 
Jismoniy, funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingning ani qlanishi 
o‘quv jarayoniga musobaqa elementlarini tatbiq etadi va talabalar tomonidan katta qizi 
qish bilan qabul qilinadi. 
Amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash uchun tavsiya etilgan individual xususiyatga ega 
bo‘lgan musobaqalar-bular armrestling, og‘irliklar ko‘tarish, testlar bo‘yicha (ta’tillik, 


124 
gavdani ko‘tarish, qo‘llarga tayanib, ularni bukib-yozish) bellashuvlar. Alohida testlar 
bo‘yicha g‘olibni fakulьtet terma jamoasiga qabul qiladilar. 
Guruh doirasida ham xar xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 
Bir oqimdagi (potok) guruhlar orasida alohida testlar asosida ham, sport o‘yinlari 
bo‘yicha ham musoba qalar uyushtiriladi. 
Fakultet va yotoqxona terma jamoalari orasida spartakiadalar o‘tkazish 
Alohida xususiyatli va sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar asosida fakulьtet uchun 
ma’sul o‘qituvchilar tomonidan eng yaxshi, alohida ajralib turgan talabalardan terma 
jamoalar tashkil etiladi.
Fakultet, yotoqxona terma jamoalari orasidagi musobaqalar to‘g‘risida ishlab 
chiqilgan nizomga muvofiq hamda jadval va o‘yinlar taqvimiga ko‘ra musobaqalar butun 
o‘quv yili davomida o‘tkaziladi. 
Talabalar kasaba uyushmasi fakultet terma jamoasi, alohida sport turlari bo‘yicha 
g‘oliblarni rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratadi. Sovg‘alarni topshirish o‘quv yili 
davomida yoki oxirida sport kechasida amalga oshiriladi. 
Shuni ta’kidlash joizki, musoba qa natijalarining maxsus taxtada o‘z vaqtida ask 
ettirilishi katta qiziqish uyg‘otadi. Natijalarning tengdoshlar, musobaqa ishtirokchilari 
bilan muhokama qilinishi ularning musobaqalarda muntazam ishtirok etishga bo‘lgan 
qiziqishlarini oshiradi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Musobaqalarni sog‘lom turumush tarzidagi o‘rni

Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish