133
asosiy qismiga u yoki bu mushak guruhlarini va suyak-bog’lam apparatini tayyorlash va
rejalashtirilgan mashqlarni bajarishga asabli-koordinasion va psixologik mobilizasiyani
ta’minlash maqsadiga yo‘naltirilgan. Masalan,
sakrashlarni bajarishdan oldin, oyoq
mushaklari uchun sakrashni imitasiya qiladigan bir nechta mashqlarni bajarish
zarur.Asosiy qismda jismoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish amalga oshiriladi. Qizib
olish mashqidan keyinoq, harakat texnikasini o’rganish
va takomillashtirishga
yo‘naltirilgan mashqlarni, keyin esa – tezkorlikni, kuchni
rivojlantirishga va asosiy
qimning yakunida – chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlarni bajarish
maqsadga eng muvofiq hisoblanadi, shundan so‘ng 10
sekund davomida yurak
qisqarishlari chastotasi o‘lchanadi. Yakunlovchi qismda sekin yugurish (2–6 min.)
yurishga o‘tish (3–8 min.) bilan va bo‘shashishga qaratilgan mashqlar chuqur nafas olish
bilan bajariladi, ular trenirovka yuklamasini sekin-asta pasayishini va organizmni nisbatan
tinch holatga keltirilishini ta’minlaydi.