• Tuyoqlarning revmatik yallig’lanishi.
  • Tuyoq bo’g’imining yiringli yallig’lanishi.
  • Mavzu: Tuyoqning teri asosi va yumshoq to’qimalari kasalliklari




    Download 0.97 Mb.
    bet1/9
    Sana03.04.2024
    Hajmi0.97 Mb.
    #186279
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Foydalanilgan adabiyotlar
    10. Вет сан маъруза, Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari, 13-мавзу.Никох ва оила, 4 01 Q F Oziq ovqat mahsulotlarining xalqaro me\'yorlari va talablari, Mavzu Yerni kuzgi bug`doy va g`o`za ekishga tayyorlash-www.genderi.org, 20-amaliy, Bakteriyalar genetikasi, Tuzlarning erish issiqligini aniqlash va, Кimyoviy termodinamika asoslari, Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilg (1), O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bo-fayllar.org, Reja Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimo, Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Blokcheyn texnologiya va uning yaratilinishi va ishlatilinishi, Internetda qishloq xо‘jaligiga oid veb manzillar va ulardan axbo-fayllar.org



    Mavzu:Tuyoqning teri asosi va yumshoq to’qimalari kasalliklari.

    Reja:
    Asosiy qism

    1.

    Tuyoqlarning revmatik yallig’lanishi.




    2.

    Yumshoq tovon tog’ayi nekrozi.




    3.

    Tuyoq bo’g’imining yiringli yallig’lanishi.




    4.

    Barmoqlarda nekrobakterioz va oqsil kasalliklaridan kelib chiqadigan asoratlar.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar





    1. Tuyoqlarning revmatik yallig’lanishi yoki boshqacha qilib aytganda tuyoq devori teri asosining diffuz – seroz yallig’lanishi hamma tuyoqli hayvonlarda, ammo ko’pincha otlarda kuzatiladi. Kasallik o’tkir va surunkali kechadi. Surunkali kechganda tuyoq suyagi o’z o’rnidan siljiydi, tuyoq kapsulasi esa deformatsiyaga uchraydi. Asosan ikkala oldingi oyoqlar, ayrim hollarda orqa oyoq tuyoqlari zararlanadi.
    Etiologiya. Kasallik hayvonlarni noto’g’ri saqlash va oziqlantirishdan kelib chiqishi ilgaridan ma’lum. Hozirgi vaqtda bir qator olimlar bu kasallikni quyidagi sabablardan kelib chiqishini ta’kidlaydilar:
    1. Hayvon shamollashi, ya’ni qizib turgan otga sovuq suv ichirish yoki sovuq suvda cho’miltirib, uzoq vaqt shamolda olib qolish.
    2. Oziqlantirish tartibining buzilishi. Roj, arpa, bug’doy, no’xat va boshqa oqsilga boy yoki sifati buzilgan va mog’orlagan oziqalarni yedirish. Bunday hollarda otlarda sanchiq, qo’ylarda esa damlash belgilari kuzatiladi. Qo’zilarni so’li yoki beda bilan boqqanda ham bu kasallik rivojlanishi mumkin.
    3. Tuyoqning teri asosiga uzoq vaqt mexanik ta’sir qilish. Masalan hayvonlarni temir va suv yo’llari orqali, avtotransportda tashish, yaylovda uzoq masofaga yurgizish, charchash.
    4. Ayrim dori vositalarini (sabur, kerosin va boshq.) ko’p miqdorda va noto’g’ri qo’llash.
    5. Ayrim infeksion kasalliklarning asoratlari – inflyuensa, yuqori nafas olish yo’llarining yallig’lanishi va hokazo.
    6. Bola tashlash va tug’ishdan keyingi asoratlar.
    7. Hozirgi davrda bu kasallik negizida allergiya yotadi deb hisoblanadi.
    Ikkilamchi sabablarga tuyoqlar shaklining buzilishi (yalpoq yoki qisiq tuyoqlarda), yurak faoliyatining buzilishi kiradi va boshq.
    Patogenez. Ot tuyog’ida qon tomirlar kuchli rivojlangan bo’lib, ular qattiq to’qimalar – tuyoq devori va tuyoq suyagi orasida joylashadi. Kasallikning dastlabki 12–36 soatlarida bu yerda giperemiya, so’ng yallig’lanish rivojlanadi. Ekssudat miqdori ko’payishi bilan tuyoq devori teri asosining varaqchalari siqiladi va hayvon kuchli og’riq sezadi. Hayvonga yordam berish muolajalari o’z vaqtida bajarilsa, ekssudat so’rilib ketadi va hayvon tezda tuzaladi. Boshqa hollarda jarayon surunkali shaklga o’tib, teri asosi va tuyoqning barcha elementlarida qaytarib bo’lmaydigan o’zgarishlar rivojlanadi. O’zgarishlar mexanizmi yaxshi o’rganilgan: hayvon og’riqni sezishi tufayli oyoqlarini iloji boricha oldinga chiqarib, tuyoqning tovon qismiga bosishga intiladi. Bunday holatda barmoqni chuqur bukuvchi payi kuchli taranglashadi va tuyoq suyagini orqaga va yuqoriga tortadi. Tuyoq suyagi o’zining ko’ndalang o’qi atrofida aylanadi va tabiiy o’rnidan siljiydi, teri asosining varaqchalari esa biriktiruvchi to’qimali varaqchalaridan ajraladi va bu yerda ikkilamchi yallig’lanish jarayoni boshlanadi. Teri asosining tuyoq devori shoxsimon moddasini hosil qilish xususiyati buzilganligi sababli tuyoq devorida patologik halqalar (“kirpisimon tuyoq”) paydo bo’ladi.

    Jarayon surunkali kechganda tuyoq suyagi asta – sekin tik holatni egallaydi va tuyoq kaftining teri asosini siqadi. Tuyoqning kaft sohasidagi to’qimalar atrofiyaga uchraydi, pastga bo’rtib chiqadi va ayrim hollarda teshiladi.


    Davolash. Teri ostiga, barmoq arteriyalari atrofiga 1,5–2 ml dan 1:1000 nisbatdagi adrenalin yoki 2 % li novokain bilan adrenalin aralashmasi yuboriladi.
    Kasallikning birinchi soatlaridan antigistaminli vositalarni qo’llash yaxshi samara beradi (I. Dits, G.S. Kuznetsov), amaliyotda ko’pincha teri ostiga 0,3–0,4 g dan dimedrol yuboriladi. Agar revmatik yallig’lanish organizmning keskin sovqotishidan kelib chiqqan bo’lsa 10,0 geksametilentetramin, 10,0 natriy salitsilati va 2,0 kofeinlarnng 200 ml fiziologik eritmasidagi aralashmasi qo’llaniladi.
    Ko’rsatilgan aralashma bir marotaba vena ichiga yuborishga mo’ljallangan. Inyeksiyalar 3–5 kun mobaynida har kun bajariladi. Yoki kunaro vena orqali 3–4 % li natriy bikarbonati bilan 10 % li natriy salitsilati yuboriladi.
    Dori vositalarini qo’llash bilan birgalikda ratsiondan donli ozuqalar chiqariladi va hayvonlarga beriladigan suv miqdori chegaralanadi. Tuyoqlardagi og’riq pasayganda hayvonlarni asta–sekin yurgizib turish lozim.

    Download 0.97 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tuyoqning teri asosi va yumshoq to’qimalari kasalliklari

    Download 0.97 Mb.