BLOKCHEYN TEXNOLOGIYA VA UNING YARATILINISHI VA ISHLATILINISHI
Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Ushbu holatda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini shaffof, ishonchli himoyasini tashkillashtiruvchi texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga tatbiq etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta’minlashda bir qator texnik usullarni amalda qo‘llanilishi bugungi kunda barchamizga ma’lum. Hozirgi kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida qaralayotgan internet tarmog‘i o‘z o‘rnida, intellektual mulk siyosatida yaratilgan obyektlarni muhofazasini ta’minlashda ishonchlilik nuqtai nazaridan emas, balki, ularning muhofazasini buzilishiga sababchi bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin.
Shu o‘rinda, jamiyatimizning ijtimoiy munosabatlarining barcha sohalarini axborotlashtirish dolzarbdir. Har bir jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarning ahamiyatini oshirmog‘imiz, uning jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib borishini ta’minlashimiz darkor. Barcha ma’lumotlarni saqlashning eng qulay usuli – bu uni taqsimlab qayd etishdir. Taqsimlangan ma’lumotlarning reyestri sifatida, bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, ushbu tushuncha borasida, bir qator ta’riflar mavjud bo‘lib, ularga birma bir to‘xtalib o‘tsak. Avvalombor, “blokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Boshqa bir adabiyotda keltirilgan ta’rifga asosan, “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”1. Angliya bankining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir”2. Bir so‘z bilan aytganda, Blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir.
Shu o‘rinda, blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq, uning faoliyatini tashkil etishdagi asosiy tushunchalarga, ya’ni mazkur texnologiyalarni ushbu tushunchalardan
1 ayro ravishda tasavvur etishning imkoniyati mavjud emasligidan kelib chiqqan holda, aniqlik kiritib ketishimiz maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlangani kabi, blokcheynni tizimlashtirilgan reyestrlar texnologiyasi sifatida ham atashadi, sababi bir qator mustaqil foylanuvchilar tomonidan zanjir ko‘rinishida ma’lumotlar saqlash imkoniyati mavjud. Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin.
Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar yoki aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A shaxs chet davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar, xakerlik atakalari, firibgarlik va boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir. Bu kabi operatsiaviy holatlardanning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar va jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi bu kabi holatlarning vujudga kelishini qisqartiradi, sababi ushbu texnologiya taqsimlangan reyestr asosida ishlaydi.
Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir vaqtning o‘zida internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning sonidan qat’i nazar yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar reyestrini o‘z o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham xarakterlanadi. Kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, blokcheyn texnologiyasida konsensus tushunchasini tatbiq etishgan.
Bir qator foydalanuvchilar agar kompyuterlari o‘chirilgan bo‘lsa ham, agar ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa, ishonchsiz ma’lumotlar foydlanuvchilarda aks etmaydi hamda kompyuterlarning ishlash faoliyatiga ta’sir
qilmaydi. Konsensus jarayoni, ya’ni rozlikni olish bosqichi, haqiqiy ma’lumotlarni tiklashdir. Blokcheyn texnologiyasida barcha ma’lumotlarning tranzaksiyasilari haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi.
Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan bo‘ladi.
Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi. Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni qo‘shish mumkin. Ushbu holat bilan, har qanday holatda muayyan aktivlarning o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarixini tiklab, uning olgingi egasini aniqlash imkoniyati mavjud. Blokcheyn zanjiridagi bloklarni maynerlar ko‘shishadi.
Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi:
Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi;
Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi;
Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni tekshiradi. Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p bo‘lishi,
tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la olishi mumkin. Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda dasturiy ta’minot kerak. Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot olishadi.
Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim mukofotlarni taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar tomonidan muayyan masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib matematik masalani yechadigan bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, maynerlarning kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi. Olingan mukofotlar tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi. Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib,
ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Shifrlash tushunchasi ham blokcheyn texnologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kriptografiyani metodlaridan biri ham shifrlash hisoblanadi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ushbu holat o‘z o‘rnida blokcheyn texnologiyalarni bu turdagi texnologiyalar ichida yaxshilardan biri
bo‘lishiga olib keladi3. Tranzaksiyalar amalga oshirilayotganda virtual hamyonni internetga ulangan holda ishlatish, qolgan vaziyatlarda internet tarmog‘idan o‘chirilgan holda saqlash tavsiya etiladi, bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarni xakerlar atakasidan muhofaza etishiga yordam beradi.
Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning intellektual mulk himoyasidagi axborotlarni saqlashida, ishlash tartibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha bora aytilganidek, blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Ushbu zanjirlar, ya’ni bloklar doimiy ravishda o‘sib boradi va uning o‘sib boruvchi ro‘yxati tizimda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilar nafaqat ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmagan yopiq kalitlar mavjudligi ma’nosida «egalik» qiladigan bloklar zanjirlari qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi. Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir blokda o‘zining va o‘zidan oldingi blokning xesh qiymati bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida bloklarga o‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi.
O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlashdan iborat. Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, markazlashtirilmagan ma’lumotlar ba’zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari yoki o‘tkazmalarini o‘zida zanjir ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o‘z o‘rnida, minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo‘lib, foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun alohida yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan4.
Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ketma- ket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas. Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga takomillashib kelayotganligi sababli, raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH olimlari Styuart Xaber va V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi. Ularning ilk tadqiqotlari kriptografik jihatdan himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim yordamida hujjatlarga qo‘yilgan vaqtinchalik belgilarni hech kim qalbakilashtira olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z ichiga olgan holda takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta blokda ko‘proq hujjatlarni to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya qilingan. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiyasining asoschisi hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli hisob-kitob texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur texnologiyaning imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas balki turli boshqa yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini bildirdi. Satoshi Nakamoto mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda Nakamoto blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan aspektini hisobga olgan holda raqamli ishonchni oshirish uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu hech kim hech narsani nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan. Oddiy qilib aytganda, blokcheyn – bu xavfsiz va ko‘plab kompyuterlar bo‘ylab tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan taqsimlangan raqamli hisob-kitoblar tizimidir. Mazkur hisob-kitoblarning mohiyati – faqat oldingi blokga tegishli boshqa blokni qo‘shish orqali yangilanadigan tizimdir. Buni Internet orqali ishlaydigan P2P (Peer-to- Peer – shaxsdan shaxsga) tarmog‘i sifatida ham tasavvur qilish mumkin. Ta’kidlangani kabi, blokcheynning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy va umumiy reyestri sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn texnologiyasi moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu texnologiyaning qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina, jinoyat protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k5.
Blokcheyn texnologilarining jamiyat hayotida qo‘llanish sohasi chegaralanmagan6. Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib saylov jarayonlariga kabi jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va ularni kuzatish uchun foydalanishi mumkin.
Ta’kidlaganimiz kabi, blokcheyn texnologiyasi ilk bora bitkoin to‘lov vositasini tartibga solish uchun ishlab chiqilganligi sababli, avvalo, ushbu jihatdan tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Bitkoin – pulning raqamlashtirilgan shaklidir, biroi muomaladagi fiat valyutalardan farqli o‘laroq, bitkoin Markaziy bank nazorati ostida emas7. Muomaladagi valyutalardan farqli ravishda, bitkoinning moliyaviy boshqarish tizimi sifatida butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab kompyuterlar namoyon bo‘ladi. Har bir shaxs mazkur ekotizimning ish jarayonini tashkil etilishida bevosita, ochiq kodli dasturiy ta’minotni o‘rnatgandan so‘ng ishtirok etishi mumkin. Bitkoin o‘z o‘rnida birinchi kriptoaktiv sifatida qaralib, uning o‘ziga xos xususiyati: o‘zgartirishning, nazorat qilishning imkoniyatining mavjud emasligi, ko‘p marotaba foydalanishning imkonsizligi hamda istalgan vaqtda va istalgan joydan tranzaksiyalarning amalga oshirishning imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Bitkoin, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi, u blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi. Blokcheyn yuqorida ta’kidlangani kabi kriptovalyutavning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Kriptovalyuta blokcheyn texnologiyasiga asoslangan har qanday raqamli valyutadir. Qolaversa, kriptovalyuta kriptografik usullar va uni yaratgan va targ‘ib qiluvchi jamiyatning ishonchi bilan belgilanadigan valyutasi sifatida qaraladi. Blokcheyn texnologiyasi orqali, shaxs tomonidan dunyoning istalgan burchagidan ma’lumotlar joylashtirilib unga nisbatan ulanish, ulardan foydalanish imkoniyatini kiritadi. Bitkoinlar holatida kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qimmatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Ushbu tizimdan foydalanuvchilariga kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit yaratiladi. Kalit egalari o‘zlarining tranzaksiyalarini amalga oshirish uchun mazkur kalitdan foydalanishadi. Yopiq kalit agar boshqa shaxsga taqdim etilsa, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini kalit taqdim etilgan shaxsga berilgan deb hisoblanadi. Bu bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, texnologiyadagi eng muhim funksiyalardan biri – bu Blokcheynda vujudga keladigan munosabatlarda foydalanuvchining shaxsini aniqlash hamda tasdiqlashni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Qolaversa, tizimda maxsus yopiq kalit bilan tasdiqlanmagan o‘zgarishlar hamda ma’lumotlar kiritilishi avtomatik ravishda rad
etiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘z-o‘zidan yangi to‘lov tizimlarini yaratilishiga olib keldi. Banklar hisobraqamlaridagi pullar hamda kriptovalyuta o‘rtasida farq unchalik katta emas. Farqi shundaki birini nazorat qilib bo‘ladi, ikkinchisini esa nazorat qilib bo‘lmaydi. Bugungi kunda moliya bozorida 2000 dan ortiq turli xil kriptografik valyutalarning katta tanlovi mavjud bo‘lib, ularning soni har yili ortib bormoqda. Buning sababi, raqamli pullar bozorining jadal rivojlanayotgan segmentiga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan keng jamoatchilik va yirik investorlar soni ko‘paymoqda. Mazkur kriptovalyutalar orasida eng katta muvaffaqiyat qozongani bu shubhasiz “Bitcoin”dir. Shunga qaramay boshqa turdagi kriptovalyutalar ham raqamli pullar bozorida o‘z o‘rniga ega. Misol tariqasida Ethereum, XRP, Binance coin, Solana, Tether, Cardano, Polkadot va boshqalarni aytish mumkin8.
E’tiborimizni Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada namoyon bo‘lishiga qaratishimiz lozim. Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga oshiruvchi internet platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo fuqarolar tomonidan pul bilan bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank emitentlariga murojaat qilishi barchaga ma’lum holatdir.
Oddiy misol, bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni amalga oshirishda, “Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu ilovalar orqali elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta orqali boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Bir ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron pul mablag‘larini o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilayotgandek ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Bevosita, butun dunyoda amalga oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi to‘lov usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z navbatida, “ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish.
Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan
munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir.
Bu texnologiyaning uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Blokcheynning ishlab chiqilishining asosi hisoblanmish Bitkoin kriptovalyutasining muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasi raqamli iqtisodiyotning har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Bu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda bajariladi. Xuddi shu kod tashqi ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, yangiliklar sarlavhalari va kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar) va ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart- shartnomalar) deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Smart- shartnomalar o‘z o‘rnida aqlli shartnomalvr sifatida nomlanib, u o‘z – o‘zidan bajariladigan shartnoma hisoblanib, uning xulosasi virtual muhitda, ya’ni blokcheynda amalga oshiriladi.
Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan yoki hatto taqsimlangan registrlar sifatida oddiy «blokcheyn»dan axborot saqlash va tranzaksiyalar amalga oshirish usulini keskin o‘zgartirish uchun foydalanadi. Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydi: tezlik va xavfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish. Bu modellar to‘lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyuta qo‘llashi shart emas. Har qanday blokcheyn, Bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shunday ekan, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki u tranzaksiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotda emas, tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun ikkita kalit tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauyerlari haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lgan istalgan axborotni: tug‘ilganlik
haqida, nikoh haqida va o‘lim haqida guvohnomalar, oliy ma’lumot haqida diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta to‘lovlari uchun murojaatlar, aylovlardagi ovozlar, mahsulotlarning kelib chiqishi – kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotni saqlashga dasturlab qo‘yish mumkin.
Blokcheyn texnologiyasi faqatgina moliya yoki iqtisodiyot sohasida emas, balki boshqa bir qator ijtimoiy sohalarda ham o‘z samarasini beradi. O‘z navbatida tibbiyot sohasida mazkur texnologiyaning tatbiq etilishining ahamiyatini tahlil etishimiz maqsadga muvofiqdir. Texnologiya tomonidan axborotning o‘zgarmasligini, o‘zgartirilgan ma’lumotlarni kuzatish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash kabi o‘ziga xos imkoniyatlari blokcheynning bemorlarning elektron kasallik tarixini saqlash, ularni boshqarish hamda erkin almashinuvini ta’minlashda ham xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu o‘rinda, MedVice platformasi Stellar nomli blokcheyn tizimi hamda sun’iy intellekt yordamida bemorlarning tibbiy ma’lumotnomalari analiz qilish oqibatida ularni to‘playdi hamda samarali xizmat ko‘rsatish usullarini taklif etadi. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn o‘z o‘rnida tibbiy ko‘riklar haqidagi ma’lumotlarni saqlashda ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etadi. IBM kompaniyasi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda yordam beruvchi MiPasa loyihasi ustida ishlamoqda. Yechim barcha ishtirokchilar uchun yagona bilim bazasini yaratish maqsadida turli manbalardan tibbiy, ilmiy va tadqiqot ma’lumotlarini to‘plash, ularni sinxronlashtirish, kamchiliklar va farqlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. MiPasa – bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Kasalliklarni nazorat qilish markazi, Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa malakali muassasalardan olingan koronavirus haqida tasdiqlangan ma’lumotlar uchun ochiq platforma hisoblanadi.
Qolaversa, tibbiyot sohasida qalbaki dori vositalarini ishlab chiqarish hamda ularni tijoratlashtirish eng keng tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi desak adashmagan bo‘lamiz. Blokcheyn texnologiyasini tatbiq etish tibbiyot preparatlari bilan bog‘liq firibgarliklarni profilaktika qilishga ko‘maklashadi. Xususan, Xitoyning SF Express kurer kompaniyasi COVID-19 pandemiyasi paytida dori-darmonlarni yetkazib berishni kuzatish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanadi. Tibbiyotdagi aqlli qurilmalar doimiy ravishda shifokorlarga real vaqtda bemorlarning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot to‘plash orqali yordam beradi: yurak urishi, kislorod darajasi, tana harorati va boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar hamda blokcheyn texnologiyasida bunday muhim ma’lumotlarni saqlash ularning xavfsizligi va ishonchliligini oshiradi9.
Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat qilish uchun ham to‘g‘ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u bilan o‘rtoqlashish
yoki undan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilganini belgilashi mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi yaratish, axborotni senzura cheklovisiz tarqatish va h.k. uchun foydalanilishi mumkin.
|