134
Bunda,
R – gavdaning normal (hisoblash uchun xizmat qiladigan) vazni, kg;
K
1
,
K
2
–
gavda bichimining koeffitsientlari (1-jadval);
L – odamning bo’yi, sm.
3. Arterial bosim (AB). Normal AB 30
ball bilan baholanadi, hisoblash uchun
xizmat qiladigan kattaliklardan yuqori bo’lgan sistolik yoki
diastolik bosimning har bir
5 mm sim. ust. ko’rsatkichi uchun umumiy yig’indidan 5 ball olib tashlanadi. AB ning
normal kattaliklari quyidagi formulalar bo’yicha hisoblanadi, yoshga qarab:
1-jadval
Odamning normal vaznini hisoblashda tuzatuvchi koeffitsientlar
Koeffitsientlar
Ko‘krak qafasi
Astenik
Normostenik,
normal
Giperstenik,
keng
K
1
0,83 (0,72)
0,74 (0,73)
0,89 (0,69)
K
2
80 (65)
60 (62)
75 (48)
Izoh: Qavs ichidagi raqamlar ayollar uchun koeffitsientlar
4. Tinch holatdagi puls. Puls 90 zarba bo’lganda balllar berilmaydi. 90 zarbadan kam
bo‘lgan har bir zarba uchun 1 ball beriladi.
5. Egiluvchanlik. Zinapoyada tik turgan holatda oyoqlar tizzalarda to‘g‘rilangan, nol
nuqtadan pastdagi yoki yuqoridagi belgiga (u oqyo kaftlari darajasida bo’ladi) qo’llarni
tekkizish bilan oldinga egilish. Barmoqlar bilan yoshga oid
normadagi belgiga tekkizish
(2-jadval) va undan yuqori bo’lgan har bir santimetr 1 ball bilan baholanadi. Yoshga oid
test bajarilmaganda ballar “0” belgisi bilan beriladi.
6. Reaksiyaning tezkorligi. Tushib ketayotgan chizg‘ichni (40 santimetrlik) qo’llar
bilan qisib ushlab qolish tezligi bilan baholanadi. Kuchli qo’l rostlangan barmoqlari bilan
(kaftning qirrasi pastga qaratilgan holda) oldinga cho’ziladi.
Yordamchi, chizg‘ichni
135
sinovdan o‘tuvchining kaftiga parallel ravishda 1–2 sm masofada o’rnatadi. Chizg’ichning
nol belgisi kaftning pastki qirrasi darajasida joylashadi. Sinovdan o‘tuvchi chizg’ichni
tushirib yubormasdan ushlab qolishi kerak. Kaftning pastki qirrasidan chizg’ichning nol
belgisigacha bo’lgan masofa (sm) o’lchanadi. Normativni bajargani va normadan kam
bo’lgan har bir santimetr uchun 2 balladan qo’shiladi. Yoshga
oid test bajarilmaganda
ballar “0 ” belgisi bilan beriladi.
7. Dinamik kuch. Joyidan turib balandlikka sakrash ko’rsatkichi bo’yicha
baholanadi. Testni bajarish: sinovdan o’tuvchi devor oldida vertikal qotirilgan shkala
(uzunligi 1 metr bo’lgan chizg’ich) yonida yonboshi bilan turadi. Tovonlarini poldan
uzmagan holda, u, ancha faol bo’lgan qo’lini ko’tarib cho’zish orqali shkalaga iloji boricha
balandroq tekkizadi. Birinchi va ikkinchi marta tekkizishlaridagi
qiymatlarning farqi
sakrash balandligini tavsiflaydi. Normativni bajargani va normadan ortiq bo’lgan har bir
santimetr uchun 2 balladan qo’shiladi. Uchta urinish bajariladi (eng
yaxshisi hisobga
olinadi).