125
Musobaqa natijalarining maxsus taxtada namoyish etilishi, ularning ilmiy va fakultet
kengashlarida muhokama qilinishi, yuqori sifat natijalariga erishgan sportchilarning hamda
jamoalarning mukofotlanishi kursdoshlar, oliy o‘ quv yurti talabalarida ham
bellashuvlarga, ularning ishtirokchilariga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Taxtadagi sportchilar
va terma jamoalarning suratlari musobaqa ishtirokchilarining intizomini kuchaytirib,
ularga jamoaning e’tiborini tortadi.
Musobaqalarga tarbiyaviy nuqtai nazardan baho berishda ma’naviy mezonlarni ham
qo‘llash, shug‘ullanuvchilarning asoslarini, o‘zaro yordam hissining rivojlanganlik darajasi
intizomlilikka baho berish juda muhim. Musobaqa yakunlarini o‘tkazish uchun uning
borishi va natijalarini chu qur o‘rganish har tomonlama tahlil qilish, natijlar va xulosalarni
jamoatchilik bilan muhokama etib, imkon qadar xolislikka erishish zarur.
Musaboqalarda o‘zini ko‘rsatgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror
qabul qilishda terma jamoalar va alohida talabalarning rag‘batlantirilishini, moddiy hamda
ma’naviy rag‘batlantirish vositalarini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyg‘unlashtirish juda
muhim.
Musobaqa g‘oliblarini ma’naviy rag‘batlantirishning (sovrinlar, bayroqlar, yorliqlar)
jamoatchilik nigohidagi qadr-qiymatini ko‘tara bilish rektorat hamda oliy ta’lim muassasi
professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahorati ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.