145
Agar, trenirovka mashg’ulotlarida shug’ullanuvchining kasalligi tufayli tanaffus
bo’lgan bo’lsa, unda mashg’ulotlarni vrach ruxsat berganidan keyin sekin-astalik
tamoyiliga qat’iy rioya qilgan holda boshlash zarur. Avvaliga, trenirovka yuklamalari
ancha darajada pasaytiriladi va trenirovka rejasidagi darajaga qadar sekin-asta etkaziladi.
Yuqorida bayon qilingan barcha tamoyillar o’zaro yaqin aloqada bo’ladi. Bu,
shug’ullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini birlashgan, bir butun oshirishning har
xil tomonlari hisoblanadi.