• Oyoqlar mushaklari uchun
  • Yelka mushaklari uchun
  • Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4,66 Mb.
    #110808
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK

    Eng keng mushaklar uchun: 3. D.h.– bukilgan holda tik turib, shtanga pastga 
    tushirilgan qo’llarda. Shtanga ko’krakka tortiladi, uni keng qo’yilgan qo’llar bilan ushlash. 
    4 ta urinish, 8 ta takrorlash. 


    157 
    Oyoqlar mushaklari uchun: 4. D.h.– skameykada o’tirgan holatda, oyoqlarga 
    og’irliklar bog’langan. Oyoqlarni bukish va rostlash. 4 ta urinish, 10 ta takrorlash. 
    5. D.h.– qiya qo‘yilgan skameykada yotgan holatda, oyoqlar pastga tushirilgan, 
    ularga og’irliklar bog’langan. Oyoqlarni tizzalarda bukish. 4 ta urinish, 10 ta takrorlash. 
    Yelka mushaklari uchun: 6. D.h.– o‘tirgan holda, shtanga qo’llarda, qo’llar 
    tizzalarga shunday qo’yiladiki, bunda kaftlar tizzaning chizig’idan tashqariga chiqib tursin. 
    Shtanga ustki tomonidan ushlanadi. Kaftlarni ko’tarish. 3 ta urinish, 12 ta takrorlash. 
    7. D.h.– xuddi shunday o’tirgan holda, faqat shtanga pastki tomonidan ushlanadi. 
    Kaftlarni ko’tarish. 3 ta urinish, 12 ta takrorlash. 
    8–9. Oldingi trenirovkaning xuddi 7–8 mashqlari kabi. 
    9.7.Shug‘ullanuvchilarni o‘z organizmi holatini shaxsan nazorat qilishi 
    Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarning har biri o’z salomatligi holati, 
    jismoniy rivojlanishi, organizmining funksional holati, jismoniy tayyorgarligi va ularni 
    jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi ta’siri ostidagi o’zgarishlari ustidan mustaqil 
    kuzatuv olib borishi kerak. 
    O‘z-o‘zini nazorat qilish ma’lumotlarini kundalik daftarga yozib borish zarur, ular 
    o‘quv-trenirovka mashg’ulotlari vositalarini va o’tkazish metodikasini to’g’ri tanlashni 
    nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. O‘z-o‘zini nazorat qilish kundalik daftarida, 
    o’z-o’zini nazorat qilishning sub’ektiv (o’zini his qilish, uyqu, ishtaha, og’riqni his qilish) 
    va ob’ektiv (YUQCH, gavda massasi, trenirovka yuklamalari, rejimning buzilishlari, sport 
    natijalari) ma’lumotlarini qayd qilish tavsiya qilinadi. O‘zini his qilish – yaxshi, qoniqarli 
    va yomon sifatida belgilanadi. O‘zini his qilish yomon bo’lgan paytda g’ayritabiiy 
    hissiyotlar qayd qilinadi. O‘z-o‘zini nazorat qilishning sub’ektiv ko’rsatkichlari – o’zini his 
    qilish, kayfiyat, og’riq yoki boshqa noxush hislarni sezishni mavjudligi yoki yo’qligi, 
    uyqu, ishtaha, mashg’ulotlarga munosabati va boshqalar. O‘z-o‘zini nazorat qilishning 


    158 
    ob’ektiv ko’rsatkichlariga – puls, vazn, mushaklarning kuchi, o‘pkaning tiriklik sig’imi, 
    sport natijalari va boshqalar kiradi. 

    Download 4,66 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish