164
jismoniy tayyorgarligiga bog’liq. Haqiqatda mavjud O’TS baho berish uchun, u, talab
etiladigan, ya’ni shu odamda bo’lishi kerak bo’lgan O’TS bilan taqqoslanadi. Talab
etiladigan O’TS ni aniqlash uchun Lyudvigning tenglamasi tavsiya qilinashi mumkin:
O’TS = haqiqiy O’TS / talab etiladigan O’TS x 100%
Erkaklarda: O’TS = (40×bo’yi sm) + (30×vazni kg) – 4400,
Ayollarda: O’TS = (40× bo’yi sm) + (10× vazni kg) – 3800.
Tayyorgarligi yaxshi bo’lgan odamlardagi mavjud O‘TS, harakat yo’nalishiga
bog’liq holda, o’rtacha 4000 dan to 6000 ml atrofida farqlanadi. Tiriklik ko’rsatkichi,
o‘pkaning tiriklik sig’imini gavda massasiga (garmmlarda) bo’lish bilan aniqlanadi.
Bo’lishdan olingan xususiy ko’rsatkich erkaklarda 65-70 ml/g va ayollarda 55-60 ml/g dan
past bo’lsa, bu, O‘TS yetarli emasligi yoki ortiqcha massa mavjudligi to’g’risida dalolat
beradi. Ko‘krak qafasini rivojlanganligining proporsionallik indeksi, ko’krak qafasi
aylanasining kattaligi (pauzada) bilan gavda uzunligining yarmini kattaligi o‘rtasidagi
farqqa teng. Normadagi farq erkaklar uchun 5-8 sm., ayollar uchun 3-4 sm. ni tashkil
qiladi. Agar, farq ko’rsatilgan raqamlarga teng yoki undan katta bo’lsa, unda bu, ko’krak
qafasini yaxshi rivojlanganligini ko’rsatadi. Agar, u, ko‘rsatilgan kattaliklardan past yoki
manfiy qiymatlarga ega bo’lsa, unda bu, ko’krak qafasini torligini bildiradi.