166
davomida maksimal tempda yugurish. 3. 4 minutdan so‘ng 3 minut davomida turgan joyida
180 qadam/min tezligida yugurish.
Normatonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan
berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls ortadi (15 - 25%)
-maksimal arterial bosim oshadi (25 – 30%)
-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki pasayadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 2,5 – 3 minut
Gipotonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan
berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki qisman oshadi, ba'zida pasayadi
-minimal arterial bosim o‘zgarmaydi yoki oshadi
-puls bosimi deyarli o‘zgarmaydi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p
Gipertonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan
berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim keskin ortadi
-minimal arterial bosim ortadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p