169
o’ta toliqqanlik yoki kasallik to’g’risida dalolat beradi, bu holatda vrachga murojat qilish
zarur. Yurak-tomir va nafas tizimlari holatini va organizmning ichki muxitini kislorod
bilan to’yinish qobiliyatini baholash uchun
Shtange probasi va Gengi probasi qo’llaniladi.
Shtange probasi (nafas olish paytida nafasni ushlab qolish). 5 minut dam olgandan
keyin, o’tirgan holatda 2-3 ta chuqur nafas olinadi va chiqariladi, so’ngra to’liq
nafas
olinadi (maksimaldan 80-90%), nafas ushlab qolinadi. Nafas olish paytida nafasni ushlab
qolishning o’rtacha ko’rsatkichi 65 sekund hisoblanadi. Trenirovka qilganlik darajasi ortib
borishi bilan nafasni ushlab qolish vaqti ortadi, trenirovka qilganlik darajasi pasayganda
yoki bo’lmaganda, bu vaqt kamayadi. Kasallik yoki o’ta toliqish paytida ushbu vaqt ancha
darajada kamayadi (30-35 sekundga qadar).
Gengi probasi (nafasni chiqarish paytida nafasni ushlab qolish).
Xuddi Shtange
probasi kabi bajariladi, lekin, nafasni ushlab qolish to’liq nafas chiqarilganidan keyin
amalga oshiriladi. Bunda, nafasni ushlab qolishning o’rtacha ko’rsatkichi 30 sekund
hisoblanadi.
Qon aylanish tizimi, nafas tizimi a’zolari kasalliklari paytida, yuqumli va
boshqa kasalliklardan keyin hamda o’ta kuchlanishlar va o’ta toliqishlardan keyin
organizmning funksional holati
almashinuvi yomonlashadi, nafasni ushlab qolish
davomiyligi nafas olishda ham nafas chiqarishda ham kamayadi. Talabalarning amaliy
mashg’ulotga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun
axborot resurs markazidagi mavjud adabiyotlardan va qo’shimcha adabiyotlardan
foydalanishi tavsiya etiladi. Talabalarning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirilganligi
joriy, oraliq va yakuniy baholashlarda o‘z aksini topadi.
shu sababli, reyting tizimida
mustaqil ishlarga 10 ball ajratilgan bo‘lib, ular javoblar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil ish uchun fan bo‘yicha soat ajratilgan. fanning amaliy mashg‘otlari
talabaning muntazam ravishda mustaqil ishlashini talab qiladi, hamda fan uchun mustaqil
ish soatlari 106 soatni tashkil qilganligi sababli, berilgan mavzular bo’yicha referat
tayyorlanib himoya qilinishlari tavsiya etiladi.