165
Yuklamadan keyin pulsning tiklanishi. Tiklanish bosqichini tavsiflash uchun 20
marta o’tirib-turish bajarilgandan so’ng 30 sekund davomida tiklanishning 3-minutida 15
sekund davomida YUQCH hisoblanadi va 1 minutdagi YUQCHga aylantiriladi,
yuklamagacha va tiklanish davridagi YUQCH kattaligining farqi bo’yicha yurak-tomir
tizimini tiklanish qobiliyatiga baho beriladi (6-jadval).
Yurak-tomir tizimi funksional holatini baholash uchun Garvard step-testi (GST) va
PWC-170 testi eng keng qo’llaniladi.GTS o‘tkazilishi standart kattalikdagi zinapoya
bo’yicha ma’lum bir vaqt ichida ma’lum bir sur’at bilan yuqoriga ko’tarilish va tushishdan
iborat. GST erkaklar uchun balandligi 50 sm bo’lgan va ayollar uchun 41 sm bo’lgan
zinapoyadan 5 minut davomida minutiga 30 marta sur’at bilan ko’tarilishlardan iborat.
Agar, sinovdan o’tuvchi belgilangan vaqt davomida ko’rsatilgan sur’atni ushlab tura
olmasa, ishni bajarish to’xtatiladi, uning davomiyligi va tiklanishning ikkinchi minutidan
boshlab 30 sekund davomida yurak qisqarishlari chastotasi qayd qilinadi. Keyin, 30 sekund
davomida 20 marta chuqur o’tirib-turish bajariladi, har bir o’tirib-turish paytida qo’llar
oldinga ko’tarilib, tizzalar qarama-qarshi tomonga ochiladi, tana vertikal holatda ushlanadi.