156
Ikkinchi kun.
Deltasimon mushaklar uchun: 1. D.h.– tik turish, shtanga boshning
ortida yelkada. Qo’llar bilan shtangani keng ushlagan holda jim mashqini bajarish. 4 ta
urinish, 8 ta takrorlash.
2. D.h.– tik turish, shtanga pastga tushirilgan qo’llarda. Shtangani tor ushlagan holda
iyakka qarata tortib ko’tarish. 4 ta urinish, 6 ta takrorlash.
Bisepslar uchun: 3. D.h.– tik turish, shtanga pastga tushirilgan qo’llarda. Shtangani
tor ushlagan holda qo’llarni tirsak bo’g’imida bukish (bisepsga ko’tarish). 4 ta urinish, 8 ta
takrorlash.
4. D.h.– o’tirgan holatda gantellar pastga tushirilgan qo’llarda. Qo’llarni navbat
bilan tirsak bo’g’imida bukish. 4 ta urinish, 8 ta takrorlash.
Tritsepslar uchun: 5. D.h.– tik turish, shtanga boshning ortida bukilgan qo’llarda.
Tirsaklar holatini o’zgartirmagan holda qo’llarni tirsak bo’g’imlarida rostlash (fransuzcha
jim). 4 ta urinish, 8 ta takrorlash.
6. D.h.– bruslarda jim mashqini bajarish. Mashqni og’irliklarni qo’llash
bilan
qiyinlashtirish mumkin. 4 ta urinish, 8 ta takrorlash.
7–8. Qorin pressi uchun birinchi kunning majmuasidagi mashqlar takrorlanadi.
Uchinchi kun. Ko’krak mushaklari uchun
: 1. D.h.– gorizontal
skameykada yotgan
holatda, shtanga bilan jim mashqini bajarish. Shtangani o’rtacha ushlagan holda. 5 ta
urinish, 8 ta takrorlash.
2. D.h.– skameykada yotgan holatda, gantellar qo’lda, qo’llar bukilgan. Qo’llarni
rostlamasdan turib, gantellarni boshning orqasiga tushirish (pulover). 4
ta urinish, 8 ta
takrorlash.