• 2-mashq.
  • Shtanga va gantellar bilan mashqlar




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4,66 Mb.
    #110808
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK

    Shtanga va gantellar bilan mashqlar. Shtanganing og‘irligi tayyorgarlikka va 
    yoshga bog’liq. Shtanganing og’irligi shunday tarzda tanlanadiki, urinishdagi ikkita oxirgi 
    takrorlashlar qiyinchilik bilan erishilsin. Shtanganing taxminiy og‘irligi: yosh bolalar 
    uchun – 10 kg, o’smirlar uchun – 50 kg, yoshi kattalar uchun – 20 kg. 
    Shtanga bilan shug’ullanishni boshlaganda, ayniqsa, o’zini his qilishga katta e’tibor 
    berish kerak. Ertalab, o’rindan turishdan oldin (yotgan joyida) pulsni hisoblash kerak. 
    Keyin o’tirgan holatda yana bir bor hisoblash va so’ngra ushbu muolajani tik turgan 
    holatda amalga oshirish zarur. Uchchala holatdagi farq 10 ta zarbadan oshmasligi kerak. 
    Agar, undan ko’p bo’lsa, demak keyingi trenirovkani pasaytirilgan jadallik bilan o’tkazish 
    kerak. 
    O’z holati to’g’risidagi ushbu va boshqa ma’lumotlar (uyqu, ishtaha va h.k.) 
    muntazam ravishda o’z-o’zini nazorat qilish bo’yicha kundalik daftariga kiritilishi zarur. 


    155 
    Bu, nafaqat ortiqcha toliqishni oldini olishga, balki o’zi to’g’risidagi bilimni 
    kengaytirishga imkon beradi. 
    Quyidagi majmua 3-4 oylik mashg’ulotlarga mo’ljallangan. Oldiniga, odatdagi kabi, 
    mushaklar va paylarni qizdirishga qaratilgan uncha katta miqdorda bo’lmagan qizib olish 
    mashqlari bajariladi, keyin majmua mashqlari bajariladi. Kichik izoh: har bir mashqda 
    birinchi urinish – qizib olish uchun bo’lib, keyingilariga nisbatan snaryadning og’irligi 20-
    30% kam bo’lgan holda bajariladi. 
    2-mashq.. Birinchi kun. Ko’krak mushaklari uchun: 1. D.h.– gorizontal skameykada 
    yotgan holat. Shtangada jim mashqi bajariladi, shtangani ushlash paytida qo’llar keng 
    qo’yiladi. 4 ta urinish, 8 ta takrorlash. 
    2. D.h.– gorizontal skameyeada yotgan holat. Gantellarni ushlagan holda qo’llarni 
    yon tomonga yozish. 4 ta urinish, 8 ta takrorlash. 

    Download 4,66 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish