№ 3 – LABORATORIYA ISHI
Panellar va shchitlarni loyihalash. Ularning turi va loyihalashni tanlashni
o’rganish.
Ishdan maqsad: Shchit va pultlarda avtomatlashtirish vositalarini va
asboblarni joylashtirishni ko’rib chiqish, joylashtirishga qo’yiladigan talablarni
o’rganish.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni shchit va pultlarda texnologik
jarayon ketishi boʻyicha chapdan oʻngga qarab boshlangʻich bosqichlardan boshlab
yakunlovchi bosqichga qarab joylashtiriladi. Agar koʻp seksiyali shchitlar ishlatilsa,
unda har seksiyada texnologik jarayonning qaysidir zvenosiga (qurilmasiga) mansub
asboblar oʻrnatiladi. Bunda, koʻp ishlatiladigan, asosiy parametrlar markazga, kam
ishlatiladiganlari chetda oʻrnatiladi. Bir seksiya ichida oʻlchov asboblari simmetrik
ravishda oʻrnatiladi.
Operator uchun optimal nazorat zonasi 1300-1650 mm, boshqarish
organlarining optimal joylashish zonasi 1100-1440 mm hisoblanadi.
Shchitning balandligi boʻyicha 2,3 va hatto 4 qator oʻlchov asboblari
joylashtirilishi mumkin. Toʻrt qator oʻlchov asboblarini 700-2100 mm. chegarada
joylashtirish mumkin. Ammo, pastki, tavsiya qilinadigan chegara 900 - 1200 mm
boʻlgani yaxshi.
Oʻlchov asboblari orasidagi masofa 40-80 mm., oʻlchov asbobidan panel
chetigacha masofa 100 mm. boʻlishi tavsiya qilinadi. Bu masofalar oʻlchov asboblari
ostidagi yozuvlarni ham hisobga oladi.
Koʻrsatuvchi asboblarni 800 - 1900 mm. balandlikda, yozuvchi asboblarni 900
- 1800 mm, rostlovchi asboblarni 900 - 1900 mm, nazorat asboblarini esa, 800 - 1600
mm balandlikda oʻrnatish tavsiya etiladi. Ramkadagi yozuvlar qisqa, aniq va
element vazifasini toʻliq ifodalashi kerak. Odatda uch panelli shchitlarni ishlatish
koʻproq tavsiya qilinadi. Ularda pastki panel dekorativ hisoblanadi, oʻrtadagi
panelga yozuvchi asboblar va boshqarish organlari, hamda, katta oʻlchamli
koʻrsatuvchi asboblar oʻrnatiladi. Tepa panelda signal armaturasini va kichik
oʻlchamdagi koʻrsatuvchi asboblarni joylashtiriladi.
Koʻp sonli nasoslar va har xil mexanizmlar elektr yuritmalarini boshqarish va
signallash apparaturalarini operator tomonidan boshqarishni еngillatish uchun
mnemosxemalar yaratiladi.
Shchitlarning ichki yuzalarida avtomatlashtirish vositalarini joylashtirish.
Shchitlarning ichki yuzalarida avtomatlashtirishning yordamchi vositalari
joylashtiriladi: rele, transformatorlar, elektr manbalar, yoqib oʻchirgich panellari,
qisqa tutashdan saqlagichlar, reduktorlar, filtrlar hamda rostlagich va funksional
bloklar.
Elektr va pnevmatik qurilmalarni ularning konstruktiv xususiyatlarini hisobga
olgan holda joylashtiriladi. Odatda elektr jihozlar shchitlarning chap tomonida va
pnevmo jihozlar oʻng tomonida joylashtiriladi (orqa tomonidan qaraganda).
Jihozlar shchit asosidan quyidagi balandlikda oʻrnatiladi:
-transflrmatorlar, manbalar, yuritgichlar, shchitning yorituvchi lampalar,
qoʻngʻiroqlar 1700-2000mm,
-rostlagichlar, funksional bloklar, rele 600-1800mm,
-Yoqib-oʻchirgichlar, avtomatlar, razetkalar 700-1700mm,
-Manometrlar 700-1800mm,
-pnevmatik manba jihozlari-reduktor, filtr 300-700mm,
-kommutatsion qisqichlar (k3) 350-1900mm,
-havo kollektori 250-500mm.
Shchitlarga elektr manba manba shchiti ESHP-2m orqali beriladi. Unda odatda
2ta paket oʻchirgich va 4ta qisqa tutashdan saqlagich boʻladi.
Havo manbai odatda 1 20 nishab bilan havo kollektori orqali beriladi (dy=20-
50mm). Odatda kollektor oxirida yigʻilgan kondensatni tushirib yuboruvchi qurilma
oʻrnatiladi.
Eni 600mm boʻlgan shchitlarda 4ta havoni tayyorlash qurilmasi, 800mm likda
5ta va 1000mm da 6ta qurilma boʻlishi mumkin.
Kommutatsion qisqichlarning (K3) sonini va joylashish joyini aniqlash.
Kommutatsion qisqichlar ichki va tashqi elektr jihozlar simlarini ulash uchun
ishlatiladi. Shuningdek, shchitning har xil seksiyalarida joylashgan yoki har xil
shkaflarda joylashgan qurilmalarni ulashda ishlatiladi.
Shchitning bir seksiyasida joylashgan qurilmalarni ulashda kommutatsion
qisqichlardan foydalanilmaydi. Shuningdek termoparani ikkilamchi oʻlchov
asbobiga ulashda ham kommutatsion qisqichlar ishlatilmaydi.
Kommutatsion qisqichlar odatda shchitning umumiy koʻrinishida, orqa
tomondan koʻrinish (montaj-kommutatsiya) chizmasida koʻrsatiladi. Kommutatsion
qisqichlar sonini prinsipial elektr chizmalardan va oʻlchov asboblarining texnik
xarakteristikalaridan olinadi.
Qisqichlar odatda gruppalanadi: agregatlar boʻyicha oʻlchash, rostlash,
boshqarish va signallash tizimlari boʻyicha va ishlatiladigan kuchlanish boʻyicha
(36v va 220v) 220v kuchlanish bilan ishlovchi simlar qopqoqlangan boʻlishi yoki
ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ogohlantirilgan boʻlishi kerak.
Qisqichlar guruhlarini bir-biridan erkin qisqichlar yoki markirovka qiluvchi
kolodkalar ajratib turadi.
Har bir qisqichlar guruhida rezerv qisqichlar xisobga olinadi. Odatda har 6ta
qisqichga 1ta rezerv qisqich, 7-16 qisqichga 2ta, 17-32 qisqichga 3ta rezerv qisqich
hisobga olinadi.
Kommutatsion qisqichlar odatda gorizontal ravishda joylashtirilib oldi
tomondagi yoki yon tomondagi panellarga oʻrnatiladi. Oʻrnatilish balandligi 350-
800mm.
Pultlarda kommutatsion qisqichlar yon devorda 350mm balandlikda gorizantal
ravishda oʻrnatiladi.
Agar qisqichlar 2 qator boʻlsa, unda ular orasidagi masofa 200mmdan kam
boʻlmasligi kerak.
Agar shchitga impuls trubalar olib kelinsa, unda “переборочный соединетели
” (PS)lar oʻrnatiladi. Ular (PS) shchitning yon devoriga oʻrnatiladi.
Elektr ulash simlarini tanlashda mumkin boʻlgan tok “yuklamasi” xisobga
olinadi. Odatda polixrolvinil izolyatsiyali mis simlar ishlatiladi. Simlarning kesim
yuzasi 0,35, 0,5, va 1mm2 boʻlishi mumkin.
Impuls trubkalar vazifasiga qarab, ichidagi moddaning kimyoviy xususiyatiga
qarab, oʻlchov asboblariga ulanish razmerlariga qarab tanlanadi. Shchit ichida ham
tashqi ulashda ishlatiladigan trubkalar ishlatiladi. Qoʻshimcha polietilen,
polivinilxloridli, poʻlat va mis trubkalardan foydalaniladi. Ulash gorizontal hamda
vertikal ravishda eng qisqa yoʻl boʻyicha tortiladi.
Shchit va pultlarni joylashtirish.
Shchit va pultlar boshqarish punktlarida va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish
xonalarida joylashtirilishi mumkin. Odatda sexlarda joylashgan boshqarish
punktlarida shchitlar boshqarish obyektlariga yaqin joylashtiriladi va bunda
jarayonni boshqarish faqat oʻlchov asboblari koʻrsatishiga qarab emas, balki jarayon
ketayotgan jixozlarga xam qarab nazorat qilinadi.
Rasm. 3.1. Markaziy boshqarish shchitini joylashtirishga misol:
1- chap tomonidan yopiq, karkasli ikki seksiyali panelli shchit, ЩPK-2-ZL; 2
— aylanma ramali karkasli ikki seksiyali panelli shchit ЩPK-2; 3 —karkasli uch
seksiyali panelli shchit ЩPK-3; 4 — oʻng tomonidan yopiq, karkasli uch seksiyali
panelli shchit, ЩPK-Z-ZP; 5 - ikki seksiyali stativ S-2; 6 —tekis stativ SP; 7 —
yordamchi panel, eshikli PnV-D; 8 — yordamchi panel PnV; 9 — burchakli vstavka
VU; 10 — chap pult P-L; 11 — oʻrta pult P-S; 12 — oʻng pult P-P; 13 — kichik
oʻlchamli shkafli shchit ЩSHM; 14 — ochiq tok beruvchi qismlari bor jixoz.Shchit
xonalarini va dispetcher xonalarini loyihalashda ishchilarga komfort sharoitlarni
yaratish boʻyicha qator arxitektura kompanovkalash va rejalashtirish yechimlarini
xal qilish boʻyicha masalalarni ochishga toʻgʻri keladi. Shchit xonalari boshqarish
obyektiga yaqin boʻlishi kerak.
Baʼzi xollarda operator punktlari ishlab chiqarishda shisha toʻsiqlar (devorlar)
bilan ajratilgan boʻlishi mumkin.
Dispetcher boshqarish punktlari shchitlari maxsus shchit xonalariga
joylashtiriladi.
Shchitlarni ishlab chiqarish xonalarida joylashtirish joylarini aniqlashda
quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak boʻladi.:
-shchitlarni birlamchi oʻlchov asboblariga yaqin joylashishi;
-shchitlarda joylashgan oʻlchov asboblari bilan ishlashning Qo’l ayligi va
obyektni yaqin nazorat qilish imkonining mavjudligi;
-shchitlarga oʻtish, yoniga borish mumkinligi;
-shchitdagi oʻlchov asboblari еtarli yoritilganligi;
-Vibratsiyaning, issiqlik magnit va elektr maydonlarining va agressiv
gazlarning yoʻqligi;
Shchit xonalarining yertoʻlada joylashishi, vibratsiya bor, namligi yuqori,
gazlar bor, magnit maydonlarining taʼsiri katta, isitish trubalari, suv taʼminoti,
kanalizatsiya, ventilyatsiya oʻtgan joylarda boʻlishi ruxsat etilmaydi.
Operatorlar xonasi odatda aktiv operatorlik, nazorati va boshqaruvi zonasiga,
davriy taxlil zonasiga, umumiy axborot zonasiga, mnemosxema va dam olish
zonasiga boʻlinadi.
3.2-rasm. Yagona shkafli shchitning «Olddan ko‘rinish» chizmasiga misol.
Avtomatlashtirish vositalarini shchitga joylashtirishda quyidagi tartib tavsiya
etiladi:
- shchitning old panеlida o‘rnatish zonasini aniqlash;
- yon tomonlardagi «soyalarning» o‘lchamlari aniqlanadi;
- o‘rnatilayotgan vositalarning o‘zaro joylashish varianti bеlgilanadi;
- tеgishli tipoviy chizmadan vositalarni o‘rnatish usuli tanlanadi.
Shchitlarning umumiy ko‘rinish chizmasining ortdan yoyilgan holda
ko‘rinishda (3.3-rasm)
19.3-rasm.Shchitning ortdan yoyilgan ko‘rinishi
Shchit tomonlari, aylanuvchi konstruktsiyalari bir tеkislikda shartli yoyilgan
shaklda tasvirlanib, sxеmaning yuqori qismiga «Ortdan yoyilgan ko‘rinishi», «Chap
tomon», «Old tomoni», «O‘ng tomoni» kabi yozuvlari bo‘lishi kеrak. Shchit
karkasining tayanchlari diamеtrli shkala hosilqiluvchi, orasi 25mm bo‘lgan
tеshiklardan iborat bo‘lganligi tufayli ortdan ko‘rinishda shkala ko‘rsatilib, bu
apparaturalarni joylashtirishda qulaylik yaratadi. Shchitning barcha tеkisligida
o‘rnatish konstruktsiyalari (rеyka, kronshtеyn va shu kabilar), ularga o‘rnatilgan
vositalar, hamlda elеktr, trubali o‘tkazishlarning oqimlari soddalashtirilgan holatda
tasvirlanishi lozim.
Barcha shchitlar o‘zgaruvchan kuchlanish 36v, o‘zgarmas 110v dan ortganda
yеrga tutashtirilishi kеrak va tutashtirish simlarining kеsim yuzasi 1,5mm 2 dan kam
bo‘lmasligi lozim.
Elеktr va pnеvmoapparatlar bir shchit doirasida bo‘lganda, elеktr apparatlar
chap tomonda, pnеvmatik apparatlar esa o‘ng tomonda ko‘rsatiladi.
Shchitlarning dispеtchеrlik xonalariga o‘rnatish sxеmalarida dеvor bilan
shchitning orqa tomonida yo‘lak nazarda tutilishi kеrak; bu yo‘lak kеngligi
quyidagicha olinadi:
- o‘tkazishlarda ochiq tokli qismlari bo‘lmasa – 0,8m;
- shchitlar uzunligi 7 mеtrgacha va kuchlanish 500v gacha bo‘lsa – 1m;
- shchitlar uzunligi 7 mеtrdan ortiq va kuchlanish 500v gacha bo‘lsa – 1,2m;
- kuchlanish 500v dan ortiq bo‘lganda – 1,5m;
Shchitdan avtomatika vositalarining kommutatsiyaga tеgishli bo‘lgan
aloqayo‘llari (o‘lchashzanjirlarining kabеl va simlari, ta'minot, boshharish,
signallash zanjirlari) pakеtlar tarzida guruxlash va bunda harbir oqimdagi similar
soni 64tadan oshmasligi, mabodo kuchlanish 36v gacha bo‘lsa, bu o‘tkazgichlar
alohidapakеt shaklida tasvirlanishi kеrak. Kommutatsiyada mis o‘zakli similar
olinib, odatda 0,75 – 1,5 mm2 yuzali PV va PGV markali o‘tkazgichlar qollaniladi.
|