Mavzu: Asbob-uskunalar yordamidagi ekologik nazoratning usullari. Reja




Download 18.07 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi18.07 Kb.
#80945
Bog'liq
6-Leksiya
Marjona diplom ishi, astrofizik asbob, 9-2-tartibli sirtlar, Kurs loyihasi 2024 Akbarov, Mustaqil ish, 1709786385 (1), Pul va banklar (2k. 3-4 sem.) iqtisodiyot, bank ishi fanidan mustaqil ish mavzu banklarning kelib chiqis, Oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi namangan muxandislik texno, ;, lesson 13

Mavzu: Asbob-uskunalar yordamidagi ekologik nazoratning usullari.


Reja: 1). Ekologik nazorat usullari: a). Optik usullar b). Elektrokimyoviy usullar. v). Radiometrik taxlil. g). Mass - spektrometrik taxlil. d). Xromatografik taxlil.
Tayanch iboralar: fazalarning bo’linishi,
elektromagnit nurlanish, dispers tizim, potensial qator, " oksidlash tiklash tizimi, radioaktiv izotoplar, ionlanishi, adsorbsiya.


Yuqoridagi keltirilgan nazorat usullari ma`lum fizika qonunlariga va ularni tavsiflovchi tenglamalarga asoslangan, ularning yordamida o’lchovlvr natijasida aniqlangan natijalardan foydalanib qidirilayotgan parametr kattaligini yoki qaysidir qidirilayotgan tavsifini aniqlash mumkin.
ATMni kimyoviy ifloslanishlarni o’lchashda va o’lchovlarni natijalari asosida qonuniyatlarni aniqlovchi qo’shimcha ishlatiladigan usullarini ko’rib chiqamiz. Fizikaviy ifloslanishlarni nazorat qilish usullarida ko’proq xollarda to’g'ridan-to’g'ri ko’rsatuvchi apparatlar ishlatiladi va faqat ba`zi xollarda tarirovkalangan yoki kalibrlangan ko’rsatkichlar ishlatiladi. Xamma kimyoviy ifloslanishlarni taxlil qilish usullarini umumiyligi, moddalarni ikki fazaga bo’lish jarayonidir, taxlil qilinishi kerak bo’lgan moddalar fazalarining birida jamlangan bo’ladi: suyuq, qattiq yoki gazlar. a). Optik usullar Fotometrik taxlil.
Bu taxlil usuli kolorimetrik, fotokolorimetrik va spektrometrik usullardan foydalanilgan xolda olib boriladi. Xar qanday modda elektromagnit nurlanishni yutadi va qaytaradi.
400... 760 nm (ko’rinuvchi yorug'lik) to’lqin uzunligida nurlanishlarni yutuvchi moddalar bo’yalgan bo’ladi. ko’rinuvchi yorug'lik yutish va va qaytarish bilan birga taxlil uchun nurlanishlarni ul'tra binafsha (200... 400nm) va infraqizil (0.8... 26mqm) spektrlarida yutilishidan xam foydalaniladi. YOrug'likni yutilishi va qaytarilishini kattaligi va tavsifi, moddalarning tabiatiga va eritmadagi miqdoriga bog'liq. Shu xususiyati optik usullariga sifat va miqdoriy taxlil qilish uchun foydalaniladi. Kolorimetrik, fotokolorimetrik usul yorug'liklarni yutish qonuniga asoslangan. Nefelometrik taxlil.
Nefelometriya tadqiq qilinayotgan moddaning og'irligi bilan tarqalayotgan yorug'lik oqimining jadalligini o’lchashga asoslangan dispers tizimlarini taxlil qiladigan va o’rganadigan usullarning majmuasi xisoblanadi. Bu kattalik dispers zarralarni soniga, xamda aniqlanayotgan moddaning miqdoriga proporsional bo’ladi. tarqalayotgan yorug'likning jadalligi nefelometr (grekchadan - bulut - o’lchash) yordamida aniqlanadi. Bu pribor suyuqlik va gazlarni yorug'likni tarqalishi jadalligi bo’yicha xiralik darajasini o’lchashga mo’ljallangan. Nefelometrlar yuzaki kuzatiladigan va fotoelektrik yorug'likni manbadan o’tib tarqalayotgan komponentini eritmadan o’tishi nazorat qilinadi.
Shunday qilib, nefelometrlar moddaning mayda zarralar, empul'siya va kolloid holatidagi eritmalarini o’lchar ekan. Priborda ikki yorug'lik oqimining, eritmadan va shisha tarqatuvchidan tarqalayotgan, diafragma yordamida tenglashtirishdan foydalaniladi.
Elektrokimyoviy usullar.
Potensiometriya.
Potensiometrik aniqlash, elektrodlar potensial qatori oksidlash-tiklash tizimlari komponentlari faolligining funksiyasi ekanligiga asoslangan. Elektrodning potensialini aniqlovchi oksidlash - tiklash tizimi, ham eritmadagi komponentlardan tarkib topgan bo’lishi ham elektrodni eritmaga tushirganimizda hosil bo’lishi mumkin.
Birinchi xolatda elektrod birinchi tur sifatida reaksiyada qatnashmaydigan, faqat elektronlarni oksidlash-tiklash tizimi komponentlari orasida uzatgich bo’lib xizmat qiladigan inert metallar (platina, oltin, kumush, simop) bo’ladi, shuning uchun ular (uzatkichlar) elektrodning potensialini bildiradi.
Ikkinchi turdagi elektrodlar esa metalning yuzasi xuddi shu metallning kam eriydigan tuzlari bilan qoplangan bo’ladi.(masalan, xlo-kumushli- kumush sim, yuzasi kumush xlorid bilan qoplangan).
Membranali elektrodlar eritma bilan ion almasha oladiganyupqa membranadan iborat. Bunday ion almashishi oqibatida membrana- eritma chekkasida- eritmadagi almashayotgan ionlar konsentrasiyasiga bog'liq bo’lgan potensial xosil bo’ladi.
Radiometrik usul.
Radiometrik usul radiaktiv izotoplarni qo’llagan holda, konsentrasiyaga juda kam bo’lgan moddalarning alohida aralashmalardagi miqdorini tez aniqlash imkonini beradi. Radioktiv izotoplar quyidagi tahlil usullarida qo’llaniladi: radiaktiv elementlar bo’lsa, cho’kish izotopli aralashma, radiometrik titrlash, faollashtirilgan tahlil, tabiatda uchraydigan izotoplarni o’lchashga asoslangan aniqlash.
Radiometrik tahlil - reagentlarga qo’shilgan yoki tahlil qilinayotgan moddaga yadro zarrachalari ta`sirida hosil bo’luvchi radionuklidlardan foydalanib moddani sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash usulidir. Radiometrik tahlil natijalari ionlashtiruvchi kameralar, Geyger- Myuller hisoblagichlar, hamda fotometrlar spektrofotometr kabi asboblar yordamida o’lchanadi.
Mass - spektrometrik tahlil.
Mass - spektrometriyada tekshirilayotgan modda ionlashadi, "ionlashgan gaz" bir xil massa va zaryadga ega bo’lgan ion bog'lamlariga bo’linadi, so’ng har bir ion bog'lamining ionli tok kuchi qayd qilinadi. Hosil bo’ladigan ionlar turiga qarab, mass- spektrometriya musbat va manfiy ionlarga bo’lainadi. Ionli toklarni qayd qilinishiga qarab esa mass- spektrograf va mass-spektrometrlarga bo’linidi. Birinchidan mass-spektr fotoplastinkada turli darajada qoraygan chiziqlar ko’rinishda, ikkinchidan- ko’p kanalli ossillograf yordamida fotoqog'ozga yoki komp'yuterga uzatib yozib olingan elektr impul'slar ko’rinishida qayd qilinadi.
Ko’proq magnit analizatorli musbat ionlarning mass-spektrometrlari tarqalgan. Moddaning ionlanishi uning elektronlari bilan portlatishi natijasida amalga oshiriladi.
Mass-spektrometriya organik birikmalarni tizimini tadqiq qilish uchun ishlatiladi.
Xromatografik tahlil.
Xromatografiya (grekcha, rang va grafiya) - aralashmalarni bo’linishi va tahlil usuli bo’lib, ularning komponentlarini ikkita - xarakatchan va xarakatsiz fazalari o’rtasida turlicha bo’linishiga asoslangan. Xromatografiya komponentlarni adsorbsiyalanishiga (adsorbsiyali xromatografiya) turli qobiliyatiga asoslangan bo’lishi mumkin, ionli almashishga asoslangan (ionalmashuvchi xromatografiya) bo’lishi ham mumkin. Xromatografik bo’linish adsorbentlar yordamida amalga oshiriladi.
Xromatografiyada birinchi faza xarakatsiz (turg'un) bo’lib ikkinchi xarakatchan faza birinchi faza ichiga kirib, undan o’tadi.
Ko’pincha faza qattiq modda. Komponentlarni yoki eritma namunasini bo’linishi adsorbsiyalanish tezliklarini farqi hisobiga ro’y beradi.
Xarakatsiz va xarakatchan fazalarning fazali xolatiga asosan xromatografiyaning to’rt xili bo’ladi: gaz-suyuqlikli, gaz-adsorbsiyali, suyuklik-suyuqlikli, suyuqlik-adsorbsiyali.
Ko’proq ishlatiladigan gazli xromatografiya, yuqori sezgirlikka va tezkor usul.
Xromatografiya ilmiy laborotoriyalarda va ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni nazorat qilish uchun qo’llaniladi
Download 18.07 Kb.




Download 18.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Asbob-uskunalar yordamidagi ekologik nazoratning usullari. Reja

Download 18.07 Kb.