|
Dinshunoslik
|
bet | 1/75 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #117499 |
Bog'liq Dinshunoslik maruza
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“IJTIMOIY-SIYOSIY FANLAR” KAFEDRASI
« DINSHUNOSLIK»
fanidan
Ma’ruza matnlari
TOSHKENT – 2019
1-mavzu: «Dinshunoslik» faniga kirish.
Ma’ruza rejasi
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Dinning kelib chiqishi haqidagi qarashlar.
Sog’lom e’tiqod va diniy bag’rikenglikni ta’minlashda dinshunoslik fanining o’rni
Tayanch so’z va iboralar : Diniy bag’rikenglik, Sog’lom e’tiqod, din shakllari, XIX asr G’arbiy Yevropa, Myuller, Taylor, Tille, xurfikrlilik.
1-masala bayoni: Dinshunoslik fanining ham o’z o’rganish ob’ekti, ya’ni predmeti mavjud. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o’rni, hurfikrlilik, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o’zaro munosabatlari kabi masalalarni o’rganuvchi ilmiy-falsafiy o’quv predmeti sanaladi.
Dinshunoslik fani ilohiyotdan farqli ravishda, u din haqida faqat arxeologiya, etnografiya, tarix, demografiya, psixologiya kabi fanlar beradigan ilmiy dalillarga suyanib ish yuritadi va uni bayon etadi, tushuntiradi.
Dinshunoslik – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosi, uning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g’oyalari, ta’limotlari mohiyatini, marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, izohlovchi va o’rgatuvchi fandir.
Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Evropada alohida fan tarmog’i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. O’zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos.
Dinshunoslikni o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iborat:
u dinga ob’ektiv, ya’ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o’rgatadi; uni ko’klarga ko’tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda erga urmasdan baho berishni o’rgatadi;
u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib, sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi;
dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun qo’ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo’llarini belgilab beradi;
dindan, jumladan islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotgan fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib berib, ularga qarshi kurash yo’llari, usullarini o’rgatadi;
talabalarda falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi;
mustaqillik yillari diniy, jumladan islomiy qadriyatlarning real imkoniyatlari yaratilib, din va uning qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi va ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib borayotganligini asoslab beradi;
xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda olijanob g’oya va niyatlar yo’lida diniy bag’rikenglik asosida hamkor va hamjihat bo’lib yashab kelganligi va kelayotganligi, uning hayot taqozosi ekanligini ko’rsatib beradi va boshqalar.
Dinshunoslik fani orqali talabalar, kishilarning diniy e’tiqodi, dinlar, ulardagi oqimlar va mazxablar, din jamiyatning ajralmas qismi ekanligi xaqida tasavvurga ega bo’lishi lazim.
—Dinning umumiy ta’rifi, uning kelib chiqishi, ta’limoti muqaddas manbalari, oqimlari, jahonda mavjud bo’lgan dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog’liq qadriyatlari to’g’risida, din va qonun o’zaro munosabatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug’risida"gi qonun haqida habardor bo’lishi
— Dinning insoniyat tarixiy taraqqiyotida tutgan o’rni, uning insoniyatga o’tkazgan ijtimoiy - psixologik ta’siri, birlashtiruvchilik, qonunlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik, tasalli beruvchilik kabi jamiyagdagi vazifalari, dunyo madaniyati va san’at soxalarining shakllanishida dinning o’rnini xamda buddizm, xristianlik, islom kabi dunyo dinlari va konfutsiychilik, yaxudiylik, hinduiylik kabi millim dinlarning kelib chiqishi, ta’limoti, mukaddas manbalari va hozirgi zamonda tutgan o’rnini, diniy marosimlarni bilishi kerak
— Diniy bag’rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarashlar erkinligini ta’minlash jarayonida jamiyatning boshka a’zolarini barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko’maklashish, Vataniga va millim kadriyatlarga sadoqatli, har tomonlama yetuk komil insonlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo’lishi lozim.
|
| |