Esse jamiyat hayotidagi ijtimoiy gʻoyaviy jarayonlarda jahon dinlarining tutgan о‘rni




Download 137.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.04.2024
Hajmi137.01 Kb.
#186010
Bog'liq
Xolboyev Rustam
labar2, esse. toyirov Bahrom


ESSE 
Jamiyat hayotidagi ijtimoiy gʻoyaviy jarayonlarda jahon dinlarining 
tutgan о‘rni. 
Insoniyat tarixining ilk davrlarida paydo bo’lgan va amal qilgan ibtidoiy 
din shakllari urug’-qabilaviy dinlar deyiladi. Ularga totemizm, animizm, 
fetishizm, shamanizm, magiya kabilar kiradi. Milliy dinlarga hinduiylik, 
sikhiylik, konfutsiychilik, yahudiylik va boshqa bir qancha dinlar kiradi. Bu 
dinlar elatlarning, millatlarning, keyinchalik esa milliy davlatlarning 
shakllanish jarayonini aks ettirgan hamda o’zlari paydo bo’lgan 
hududlardagi odamlarning (elat, millatlarning) o’z millatlariga, davlatlariga 
e’tiqod qilishni ifodalagan. 
Buddaviylik, xristianlik va islom dinlari – jahon dinlari hisoblanadi. 
Jahon dinlari – o’zlari paydo bo’lgan hududdagina amal qilib qolmay, balki er 
yuzining boshqa hududlarida ham keng tarqalgan. Bu dinlar o’z 
e’tiqodchilarining millati, tili, irqi, tug’ilgan joyi, fuqaroligi kabi xususiyatlarni 
hisobga olmaydi. Jahon dinlarining paydo bo’lishi bilan katta ijobiy hodisa – 
bir dinga e’tiqod qiluvchi turli xalqlarning yaqinlashuvi jarayoni ham ro’y bera 
boshladi. Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori 
bo’lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan 
umumiy jihatga ega bo’lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari 
jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik va 
yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy 
kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini 
mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, 
integrativ, 
regulyativ, 
kompensatorlik 
va 
boshqa 
funksiyalar 
mustahkamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga 
aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’rnini saqlab qoldi. Lekin uning 
ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura 
hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din 
o’zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. 
Din – o’ta murakkab ijtimoiy hodisa. U o’ziga xos tarkibga ega bo’lib, kishilik 
jamiyatining uzoq davom etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti hosilasidir. Din 
kishilarning g’ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonishdan yuzaga 


kelgan. Zero, «din» so’zi arab tilidan olingan bo’lib, o’zbek tilida «ishonch», 
«ishonmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi zamon dinlari murakkab 
tarkibiy qismga ega. Uning tarkibiy qismiga diniy ong, marosim va 
tashkilotlar kiradi. Diniy ong diniy dunyoqarash tarkibida muhim o’rin tutadi. 
Diniy ong diniy tasavvurlar, g’oyalar, his-tuyg’u va kayfiyatlarni ifodalaydigan 
qarashlar tizimidir. Dinni tarkibiy qisimlari qatorida diniy ong ustuvor 
ahamiyatga ega, chunki diniy marosim va diniy tashkilot kishilar ongida va 
jamiyatda diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va saqlanib qolishiga 
ko’maklashadi. Diniy ongning o’zaro bog’liq va nisbatan mustaqil bo’lgan 
ikki darajasi yoki bosqichi mavjud. Bular diniy psixologiya va diniy 
ideologiyadir. Diniy psixologiya – kishilarning diniy his-tuyg’ulari, odatlari, 
an’analari va kayfiyatlari majmui. Diniy ideologiya esa diniy tashkilotlar 
orqali malakali diniy shaxslar targ’ib etadigan turli diniy g’oyalarning 
muayyan tizimidir. 
Diniy psixologiya va diniy ideologiya o’rtasida muayyan darajadagi 
umumiylik mavjud. Bu umumiylik voqelikni sarobiy aks ettirishda, 
g’ayritabiiy kuchlarga sig’inishda namoyon bo’ladi. 
Tarixan diniy psixologiya diniy ideologiyaga nisbatan oldin paydo 
bo’lgan. Kishi ruhiyati barqaror voqelik emas, chunki ijtimoiy jarayonlar 
ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Shuningdek, amaliyot bilan diniy 
ideologiyaga nisbatan yaqindan aloqada bo’ladi. U kishilarning tabiat 
kuchlaridan qo’rqishlari, ular oldida taslim bo’lishlari va ularni 
ilohiylashtirishlari natijasida shakllanadi. Diniy ideologiya esa jamiyatda 
mehnat taqsimoti, sinflar va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq. Hozirgi 
dinlarda «denominatsiya» (lotincha denominatio – boshqa nom qo’yish, 
nomini o’zgartirish) degan diniy-tashkiliy hodisani ham kuzatish mumkin. 
Ilmiy adabiyotda bu hali chuqur o’rganilmagan. Biroq denominatsiya hozirgi 
zamonda buddaviylik, xristianlik, islom va iudaizm kabi dinlarda katta 
ahamiyatga ega. 
Denominatsiya diniy tashkilotlarning oraliq yoki vositachi shakli bo’lib, 
cherkov va mazhablar oralig’ida turadi. Uni din falsafasi va din sotsiologiyasi 
fanlari o’rganadi. Diniy tashkilotlarning yuqorida qayd etilgan tartibda 
tasniflanishi shartli ahamiyatga ega. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan 
murakkab jarayonlar ta’sirida ularning sifati o’zgarishi mumkin. Sektalar 


cherkovga aylanishi yoki yangi sektalar yuzaga kelishi mumkin. Hozirgi 
davrda jahon dini darajasiga ko’tarilgan dinlarning dastlab sekta sifatida 
yuzaga kelgani va uzoq rivojlanish bosqichidan o’tgani fikrimizning isbotidir. 
Mamlakatimizda diniy tashkilotlar O’zbekiston Respublikasining 
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi 1998 yil 1 may (yangi 
tahrirdagi) qonuni asosida faoliyat yuritadi. Mazkur qonun 1991 yil 14 iyunda 
qabul qilingan variantidan farq qilib, diniy tashkilotlar faoliyatini huquqiy 
jihatdan mukammalroq kafolatlaydi. Dinlar tarkibida, diniy tashkilotlardan 
tashqari, turli mazhablar ham muhim o’rin tutadi. Mazhab muayyan diniy 
mafkuraning xususiy ko’rinishi, ortodoksal, ya’ni fundamental diniy 
ideologiyadan qisman farq qiluvchi yoki unga muxolafatda bo’lgan diniy 
maslakdoshlar 
birlashmasidir. 
Masalan, 
xristianlikda 
baptistlar, 
yevangelistlar, kalvinistlar, lyuteranlar, murmonlar va boshqa diniy sektalar 
mavjud. Ular rasmiy xristian dinining ayrim g’oyalaridan farq qiluvchi diniy 
tasavvurlarni targ’ib qiladilar. 
Islom dinida ham shunga o’xshash ismoiliy, zaydiy, nizoriy, druz va 
boshqa diniy mazhablar mavjud. Shuni alohida qayd etish joizki, mazhablar 
nafaqat sof diniy, balki ko’pincha siyosiy va huquqiy asosga ham ega bo’ladi. 
Ular ko’pincha o’zlarining siyosiy va huquqiy manfaatlarini diniy niqobda 
ifoda etadilar. Jamiyatdagi muayyan tabaqaning hukmron siyosiy tartibdan 
ijtimoiy noroziligini ochiq ifoda eta olishi uchun yetarli shart- sharoitlarning 
mavjud emasligi ham bunga sabab bo’ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik, 
davlatning byurokratlashuvi fuqarolarda norozilikni shakllantirishi mumkin. 
Sektalar esa buni diniy qiyofada yoki din vositasida ham ifoda etishga 
harakat qiladilar. Bunday urinishlar rivojlana borib, ochiqdan-ochiq siyosiy 
tus olishi, diniy davlat qurish da’vosini yuzaga keltirishi mumkin. Buning 
oldini olishning yagona yo’li dunyoviy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish, 
qonuniylikni mustahkamlash, inson huquqlari va erkinliklarining ro’yobga 
chiqishi uchun real sharoit yaratishdir. 
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Din o’z mavqei va inson hayotidagi 
o’rniga ko’ra ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun 
ham u inson va jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi va ahamiyatiga ko’ra turli 


vazifalarni bajaradi. Odatda, din dunyoqarash, regulyativ, integrativ, 
kompensatorlik, legitim (qonuniy) va shu kabi boshqa vazifalarni bajaradi. 
Xolboyev Rustam. 
+998932970212.
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Tarix fakulteti Milliy gʻoya, maʼnaviyat 
asoslari va hquq taʼlimi yoʻnalishi 4-bosqich talabasi. 
Foydalanilgan internet manbalari.
https://kompy.info/garb-va-sharq-davlatlari-jamiyatida-dinning-orni.html
 
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Jahon_dinlari
 
https://fayllar.org/dinning-jamiyat-hayotida-tutgan-orni.html
 
https://fayllar.org/9-mavzu-jamiyat-hayotidagi-ijtimoiy-goyaviy-
jarayonlarda-dastl.html
 

Download 137.01 Kb.




Download 137.01 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Esse jamiyat hayotidagi ijtimoiy gʻoyaviy jarayonlarda jahon dinlarining tutgan о‘rni

Download 137.01 Kb.
Pdf ko'rish