• 3. O`zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot madaniyatini himoyalanishi. Axborot xavfsizligi nima
  • Axborot xavfsizligi: kecha va bugun
  • Va huquqqiy asoslari




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana26.02.2024
    Hajmi0.74 Mb.
    #162823
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    10-seminar
    5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2


    10-MAVZU: O`ZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING MA`NAVIY 
    VA HUQUQQIY ASOSLARI. 
    Reja: 
    1. Axborot almashinuvining milliy mental va, yosh, jins va hayotiy tajriba hamda 
    ijtimoiy xususiyatlai. 
    2. Davlat siri qonun bilan qo`riqlanadigan sirlar. 
    3. O`zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot 
    madaniyatini himoyalanishi. 
     
    Axborot xavfsizligi nima? 
    Sizga ta’luqli bo’lgan, begonalar bilmasligi kerak bo’lgan har qanday shakldagi 
    ma’lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi. Axborot tushunchasi har qanday 
    shakldagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma’lumotlar, 
    kompyuteringizdagi xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog’oz xat orqali 
    va messenjerlardagi yozishmalar, telefon so’zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli yozuv va video 
    tasvirlar axborot shakllariga ba’zi misollar bo’lishi mumkin. O’zingizga tegishli har qanday 
    shaxsiy axborotni har doim xavfsiz saqlashingiz kerak. 
    Axborot xavfsizligi: kecha va bugun 
    Internet texnologiyalarining rivojlanishidan oldin axborotni saqlash nisbatan oson bo’lgan. 
    Boshqalar bilmasligi kerak bo’lgan qog’ozda yozuv shaklidagi, kassetada ovoz shaklidagi yoki 
    boshqa vosita va shakldagi ma’lumotni mustahkam seyfga solib qulflab qo’yishingizni o’zi kifoya 
    bo’lgan. Hukumat idoralari, banklar va boshqa maxfiy xujjatlar bilan ishlovchi tashkilotlarda ham 
    axborot xavfsizligi oson hal qilingan: «o’ta sirli» tamg’asi bilan xujjatni seyfga tiqib, seyf turgan 
    xona eshiklarini mustahkam qulflab, binoga bir nechta qorovul tayinlash bilan axborot 
    xavfsizligiga erishilgan. U zamonlar o’tdi endi. 
    Hozir juda ko’p turdagi ma’lumotlar (agar hammasi bo’lmasa) elektron shaklda internetga 
    ulangan serverlarda saqlanmoqda. Ularning qanchasi shaxsiy, qanchasi maxfiy ekanligi 
    ahamiyatsiz. Muhimi – odamlarning real hayotiga aloqador ma’lumotlar virtual tarmoqdan bitta 
    parol yoki bitta elektron kalit uzoqligida saqlanmoqda. Kimningdir shaxsiy ma’lumotini 
    o’g’irlamoqchi bo’lgan, yoki qaysidir idoraning sirli xujjatlarini ko’zdan kechirmoqchi bo’lganlar 
    hozirgi kunda devor oshishi, qaysidir eshikni buzib kirishi, bir nechta qorovulni dog’da qoldirishi, 
    seyfni buzishi shart emas. Internet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bugun shaxsiy ma’lumot 
    ovchisi hatto ma’lumotlar saqlanadigan serverga yaqin joyda turishi ham kerak emas. Boshqa 
    davlat, boshqa qit’adan turib internet orqali yaxshi himoyalanmagan server ma’lumotlarini olish 
    hech gap emas ekanligini ko’rib turibmiz. Axborot xavfsizligi bo’yicha eng yaxshi himoyalanishi 
    tan olingan Amerika hukumatining elektron saylovlar tizimiga bo’lgan kiber xujum buning yaqqol 
    misoli bo’lishi mumkin. 

    Download 0.74 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.74 Mb.
    Pdf ko'rish