Va huquqqiy asoslari




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.02.2024
Hajmi0.74 Mb.
#162823
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-seminar
5-класс ВОСПИТАНИЕ, Namuna, O, Masalalar yechish bo\'yicha praktum. Sillabus, 1 (2), 1 (3), 1.4 (2), Ma\'no, 2.09-tarbiyaviy ishlar metodikasi, To\'qliyeva M, To\'qliyeva M. (1), Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word, piraktika1, piraktika2
Jo’n xatolarXalqimiz ba’zan juda sodda va ishonuvchan. Bu soddalikni internet axborot 
xavfsizligi kechira olmaydi. Afsuski internetdagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligidan yaxshi 
xabardor bo’lmaslik, zamonaviy bilimlarni o’zlashtirishga jiddiy qaramaslik oqibatida ayanchli 
hodisalar uchrab turibdi. Texnologiyalar rivojlangan sari axborotni o’g’irlash usullari ham 
zamonaviylashib, juda katta kuchga ega bo’lib bormoqda. Axborotni o’g’irlash yoki unga zarar 
yetkazish bugungi kunda shu darajaga chiqqanki, hatto ba’zi holatlarda sizning parolingiz, SMS 
tasdiqlash kodingiz ham talab qilinmagan holatda ma’lumotlaringizni yo’qotishingiz mumkin. 
Masalan, siz ishonib o’rnatgan dastur/o’yin qaysidir rasmingizni sizning soddalingizngizdan 
foydalanib ko’chirib olishi mumkin. Qaysidir suhbatdoshingiz sizni aldab u yoki bu turdagi 
ma’lumotingizni so’rab olishi mumkin. Siz kutmagan, bilmagan usullar bilan shaxsiy axborot 
muhitingizga zarar yetkazishlari hech gap emas. Bunga ko’pincha juda oddiy xatolar, juda keng 
tarqalgan qoidalarga bilimsizlik tufayli amal qilmaslik sabab bo’lishi mumkin.  
Oddiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun telefoningizni doim bloklanishda saqlang, 
begona kimsalarga telefoningizni ochiq holatda topshirmang, ish kompyuteringizda 
bolalaringizning o’ynashiga yo’l qo’ymang, ish va shaxsiy masalalar uchun ishlatiladigan Google 
akkauntlaringizni bitta qurilmada saqlamang (yoki ehtiyotkorlik bilan saqlang). YUqoridagilar 
axborot xavfsizligi bo’yicha juda qisqa va eng ko’p tarqalgan tavsiyalardan ba’zilari edi. 
Internetda shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlanishi va uzatilishiga e’tiborli bo’ling. 
Harakatlantiruvchi vositasi bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan 
jurnalistlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko’rsatishlari uchun muhim huquqiy 
kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi bo’lgan Konstitutsiyada ommaviy 
axborot vositalarining yangi tarixiy sharoitdagi huquqiy holati aniq belgilab berildi. Uning 67-
moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning 
to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. senzuraga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi. Bu 
bilan hukumat, davlat boshqaruv organlariga demokratiyaning muhim tayanchi bo’lgan OAVlari 
bilan hamisha hisoblashish majburiyatini qonuniy belgilab qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’kidlanishicha, ”davlat xalq irodasini ifoda 
etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fuqorolar oldida mas’uldirlar” (2-modda), “davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini 


ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonunchilik hrinsihlari asosida amalga oshiradi” (14-modda), “har kim 
fikrlash va o’z e’tiqod erkinligi huquqiga ega. har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni 
tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun 
bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” (29-modda), “O’zbekiston 
Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari 
fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa 
materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim” (30-modda). Keltirilgan 
moddalar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, mamlakatda so’z va axborot erkinligi 
ta’minlangan. SHu bilan birga OAVlari va unda faoliyat ko’rsatadigan jurnalist zimmasiga muhim 
mas’uliyatni yuklaydi, ya’ni ular axborot izlash, olish va tarqatish vazifasini bajarish orqali
mamlakatdagi demokratik davlatning mohiyatini, davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini yoritadi. 
OAVlari faoliyatining, shu jumladan, muayyan jurnalist faoliyatining asosida turadigan 
huquqiy zamin keng ko’lamdadir. SHu bois bu qonunchilikni chegaralash va tartibga solish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyati qonunchiligini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar 
asosan uchga bo’linadi:
1.Xalqaro me’yorlar. 
2.Konstitutsiyaviy me’yorlar. 
3. Qonunlar va qonunosti me’yorlar. 
Ana shu me’yorlarni axborot huquqi, ommaviy axborot erkinligiga nisbatan ko’rib chiqadigan 
bo’lsak, Xalqaro huquqiy me’yorlari u Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (IXUD)ning 
19-moddasida ko’rsatilgan, ya’ni “har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga 
ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va Qoyalarni 
har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z 
ichiga oladi”. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi
aksariyat me’yorlari aynan xalqaro me’yorlarga uyg’unlashganining, bu me’yorlarning deyarli bir 
xilligini ko’rish mumkin. 
Demak, axborotni izlash, olish va tarqatish bilan bog’liq jurnalist ijtimoiy faoliyatini 
huquqiy tartibga solish bevosita axborotni fuqarolik huquqlari ob’ektiga kiritadi. Bu O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi 81-moddasida qayd etilgan. Bu narsa shuni anglatadiki, axborotni 
fuqarolik muomalasida izlash, olish va tarqatish imkoniyati mavjud - bunday axborotga nisbatan 
uning huquqi ob’ekti sifatidagi tabiatiga muvofiq keladigan har qanday qonuniy xatti-harakatlar 
sodir etish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunida axborotlarga 
nisbatan mulkchilik huquqining mohiyatini ochib beriladi. Unga muvofiq, axborot davlat 
organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual 
mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlariga 
nisbatan qonunlar bilan kafolatlangan mulkiy huquqqa egadirlar. 
Davlat tomonidan qo’riqlanadigan va maxsus ro’yxatlar bilan chegaralab qo’yiladigan 
alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o’zga 
xil ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining davlat siri hisoblanadi. Davlat sirlari qonun bilan 
himoya qilinadi. Davlat sirlari O’zbekiston Respublikasining mulkidir (O’zbekiston Respublikasi 
“Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasi). Davlat sirlari qonun bilan himoya 
qilinadi. Axborotni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining lozim bo’lgan ma’lumotlar Ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi (5-modda). 
Davlat sirlari uch toifaga, ya’ni; davlat, harbiy va rasmiy sirlarga bo’linadi. 

Download 0.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish