• Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturasi ( SISD )
  • Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturasi ( SIMD )
  • Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari ( MISD )
  • Ma’lumotlarni yaratish
  • Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik
  • Qaror qabul qilish
  • 5-mavzu: Axborotlarga ishlov berish. Axborotlarga parallel ishlov berish vositalari




    Download 57.8 Kb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi57.8 Kb.
    #60229
    Bog'liq
    5-mavzu- Axborotlarga ishlov berish. Axborotlarga parallel ishlo
    bizns, 4-5-6 amaliy ish A.S

    5-mavzu: Axborotlarga ishlov berish. Axborotlarga parallel ishlov berish vositalari

    Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir ‘axborot obyekti’ ustida
    ma’lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot obyekti» ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turlitumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi.
    Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo’lmagan
    ishlov berish usullarini ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ishlov berish
    turlari “ma’lumot” tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov
    berishda o’zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko’p o’lchovli massivlar,
    o’zgarmaslar kabi obyektlar qo’laniladi. Sonli bo’lmagan ishlov
    berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar,
    nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, sonli ishlov berishda ma’lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, ayni vaqtda sonli bo’lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi emas, balki obyekt haqida ma’lumotlar qiziqtiradi.
    Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan
    axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
    – ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo’lgan, an’anaviy
    fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo’laniladi;

    • parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo’lganda qo’llaniladi;

    • konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM
      arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog’liq.

    Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini
    axborotga ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli deb olish qabul qilingan:

    Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturasi (SISD).
    Bu sinfga, ‘atribut-qiymat’ juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor bo’lgan, an’anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar tegishlidir.

    Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturasi (SIMD).
    Bu sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy) nazoratchining mavjudligi hisoblanadi. Nazoratchi, protsessor elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish mumkin:
    – vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo’llaniluvchi matritsali protsessorlar;
    – sonli bo’lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan
    ma’lumotlarga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish mumkin bo’lgan
    xotiralarni qo’llovchi assosiativ protsessorlar;
    – sonli va sonli bo’lmagan ishlov berish uchun qo’llaniluvchi
    protsessor ansambllari;
    – vektorli va konveyerli protsessorlar.

    Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari
    (MISD)
    .
    Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin.
    Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari (MIMD). Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish
    mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko’p
    mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari.
    Ma’lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha
    taqsimlash mumkin:
    Ma’lumotlarni yaratish – ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi.
    Ma’lumotlarni modifikatsiyalash – yangilarini kiritish va
    keraksizlarini yo’qotish yo’li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet
    sohasidagi o’zgarishlarni tasvirlash bilan bog’liq bo’lgan axborotlardir.
    Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik – axborot modelida predmet
    sohasining holatini tasvirlash uchun yo’naltirilgan va axborotning
    xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan
    himoyalanishni ta‟minlaydi. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan
    axborotni qidirish, turli so’rovlarga javob berishda mustaqil harakat va
    axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi.


    Qaror qabul qilish – axborotga ishlov berishda bajariluvchi asosiy
    amal hisoblanadi. Qabul qilinadigan qarorlarnig ko’pligi turli matematik
    modellardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
    Hisobotlar, hujjatlar yaratish – axborotni ham inson, ham
    kompyuter tomonidan o’qiy olish mumkin bo’lgan formaga aylantirishdir. Bu amal xujatlarni saralash va skanerlash, hisoblash,
    ishlov berish amallari bilan bog’langan. Axborotlarga ishlov berish amallari eng keng qo’llaniladigan muhit qarorlar qabul qilish muhiti hisoblanadi.
    Download 57.8 Kb.




    Download 57.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu: Axborotlarga ishlov berish. Axborotlarga parallel ishlov berish vositalari

    Download 57.8 Kb.