• Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar Matn protsessorlarida islilaganda huiiatlarga oid quyidagi atamalarni bilisii lozim. Shrift
  • Matn protsessorlari haqida




    Download 0,83 Mb.
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,83 Mb.
    #125021
    Bog'liq
    7-mavzu.Matn protsessorlarida hujjatarni qayta ishlash


    7-mavzu: Matn protsessorlarida hujjatlarni qayta ishlash
    Reja:

    1. Matn protsessorlari haqida

    2. Raqamli ro’yhat hosil qilish

    3. Rasmiy hujjatlar hosil qilish

    Matn protsessorlari haqida
    Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, ballki tashqi ko'rinishi ham katta ahamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va hokazo.
    Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
    Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi haqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o'zida saqlaydi.
    Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga har doim ham erishib bo'lmaydi.
    Yuqorida aytilganlarni hisobga olib matn ko'rinishidagi axborotlarni qayta ishlash usullari va уо'1-yo'riqlarini hozirgi kunda eng mukammal matn protsessorlaridan biri bo'lgan Microsoft Office-2003 paketiga kiritilgan Microsoft Office Word 2003 (qisqacha Word) matn protsessori misolida ko'rib chiqamiz. U juda ko'p amallarni bajara olishi bilan boshqa matn protsessorlaridan ajralib turadi. Wordda aksariyat buyruq va amallar bajarilishini tanlash „sichqoncha" yordamida amalga oshiriladi.
    Word bir vaqtda bir nechta hujjat bilan ishlash imkoniyatiga ega. Har bir hujjat sizga tanish bo'lgan oynaning maxsus ishchi maydonida tashkil etiladi. Oynalarning o'lchami va joylashish tartibini foydalanuvchi o'z xohishiga qarab belgilab oladi. Microsoft Word matn protsessorining hozircha o'zbek tilidagi varianti mavjud emas.
    Matn protsessorlariga oid dastlabki atamalar
    Matn protsessorlarida islilaganda huiiatlarga oid quyidagi atamalarni bilisii lozim.
    Shrift (nemischa) — (lotin, kirill, arab, grek va boshqa) alifbo harflari, raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko'rinishlari. Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman, Monotype Corsiva), chizmasi ko'rinishi (og'ma, tagchiziqli), rangga to'yinganligi bilan (masalan, oddiy, qalin), o'lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.
    So'z — belgilar ketma-ketligi bo'lib, ular bir biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo'shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.
    Satr — bitta chiziqda yozilgan so'zlar, harflar yoki belgilar ketma-ketligi. Matn protses-sorlari satr oxirida so'z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o'tkazadi.










    Download 0,83 Mb.




    Download 0,83 Mb.