Roman
Roman (frans. roman) — nasriy asar janri;
muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning
shakllanish va kamol topish jarayoni
badiiy makon va zamonda tasvirlangan
asar. R. oʻrta asrlarda roman tillaritsa
yozilgan har qanday asarni j, anglatgan.
R.da shaxs va jamiyat hayoti bir-birini
inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda
mustaqil olam sifatida tahlil va talqin
etiladi. Xuddi shu narsa R. janri
mundarijasining uziga xosligini belgilab
beradi. Muayyan shaxs takdirining
oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va
tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada
tasvirlanishi R. janrining kulami va
gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi.
R. janri markazida bosh qahramon obrazi
turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning
jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim
ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha,
inson uz takdiriga nisbatan katta yoki
insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi
mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri
yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida
muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu
ziddiyat R. janrining mundarijasini —
syujet chiziklarini harakatlantirib turadi.
Bosh qahramonning shaxs sifatidagi
fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa
qahramonlar bilan munosabatida,
kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning
keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali
xotima bilan tugashi yoki ularning yengil
va hajviy oqimda kechishi R.ning epik
janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini
belgilab beradi. Har ikkala holatda ham
bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki
urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash
oʻzida davrning ijtimoiy hamda
maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik
yorqin ifodalasa, R.ning badiiy qimmati
va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta
boʻladi. R. oʻz tarixining dastlabki davrida
mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida
maydonga kelgan. Keyinchalik
R.navislarning muayyan uslubiy tuzilma
va tasviriy vositalar tizimini
siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari
ham parodiya qilingan. Bu hol R.ning
avvalboshdanoq muayyan adabiy
shakllarni qonunlashtirishni xush
koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida
badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini
ochadigan janr boʻlganidan shahodat
beradi.
Mavzu, hajm, syujetning murakkablik
darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir
usullarida muayyan farq boʻlishiga
qaramay, R. janrida baʼzi bir badiiyat
unsurlarining (intriga, konflikt, yechim
kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga
R. navislar bu unsurlarga, shuningdek,
badiiy tasvirning boshqa shakl va
vositalariga erkin munosabatda
boʻlishlari mumkin. R.lar oʻz tarixining
dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2
guruhga — "ochiq" va "yopiq" R.larga
ajralgan. "Ochiq" tuzilmali R.ning yorqin
namunasi M. Servantesning "Don Kixot" i
boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil
tomonlari bilan birga bosh qaxramon
ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham
mufassal tasvirlangan, bosh qahramon
ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa
koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq"
tuzilmali R.larning dastlabki
namunalaridan biri M.M. de Lafayetning
"Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda
yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon
hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga
qaratilgan. Keyinchalik, R. janri ichki
shoxobchalarga boʻlingan paytda
psixologik R.janri ana shu "yopiq" R.dan
oʻsib chiqqan.
R. antik adabiyotda paydo boʻlganida,
yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi
miflarning anʼanaviy syujetlaridan
foydalanib, ularga emotsional olam
manzaralarini olib kirganlar.
Kahramonlarning ichki olami tasviri bu
asarlarda voqeabandlikning soyasida
qolgan. Ammo Longning "Dafnis va
Xloya" ishqiybukolika R.ida
qaxramonlarning sarguzashtlariga
qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga
shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada
bu asar uzoq davrlar mobaynida
psixologik R.ning mumtoz namunasi
hisoblanib kelgan.
R. janri ana shu tarzda davrmadavr boyib,
badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta
asrlarda romantik tasvir usulining
yetakchilik qilishi natijasida ritsar R.lari
("Tristan va Izolda rivoyati"), Uygʻonish
davrida kichik hikoyalardan iborat R.lar
(J. Bokkachchoning "Dekameron"i),
romanlashgan qissa (M. Boyardo, L.
Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V.
Shekspir) maydonga keldi. Ana shu
tarzda R. tabiatida kechayotgan
oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari
ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida
muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi.
A. F. Prevonpng "Manon Lesko" R. i bilan
adabiyotga "oʻrta" harakter deb yuritilgan
qahramonlar obrazi kirib keldi va shu
davr R.larida ruhiyat tasviri keng oʻrin
egalladi.
19-asrdan boshlab jahon adabiyotida
realistik R. janri shakllana boshladi. G.
Stendal, O.Balzak, G. Flober va boshqa
yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan R.
janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp
planlilik, epik kulam va syujetning
shiddatli harakati janrning muhim
shartlari sifatida qabul qilindi. 19-asrning
soʻnggi choragida naturalizmning avj
olishi natijasida R. tabiatida turgʻunlik,
hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi.
Ammo 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida J.
Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London
realistik asarlarining yaratilishi bilan R.
janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga
erishdi. Rus adabiyotida "Yevgeniy
Onegin" (A. S. Pushkin) sheʼriy
romanining yaratilishi rus R. navisligining
shakllanishiga muxim turtki berdi. N.V.
Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M.
Dostoyevskiy R.larining maydonga kelishi
bilan realistik rus R. navislik maktabi
vujudga keldi.
Oʻzbek adabiyotida R. janrining paydo
boʻlishiga Navoiy "Hamsa"sini tashkil
etgan "Farhod va Shirin", "Layli va
Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari
va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat
qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti
namoyandalari dastlabki oʻzbek R.larini
yaratishga kirishganlarida mazkur milliy
adabiy tajriba va anʼanalardan samarali
foydalandilar. Hamzaning "Yangi saodat
yoxud Milliy roman"i (1914), Mirmuhsin
Shermuhamedovning "Befarzand
Ochildiboy" (1915) asarlari dastlabki
oʻzbek R.larini yaratish yoʻlidagi
izlanishlar edi. Kodiriyning "Oʻtgan kunlar"
(1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek
realistik R.i vujudga keldi. Qodiriy bu asari
bilan milliy oʻzbek R.navislik maktabiga
asos soldi. Ayni paytda bu asar katta
badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi
oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham
namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy
"Mehrobdan chayon" (1928), Ayniy
"Qullar" (1934), Choʻlpon "Kecha va
kunduz", Abdulla Qahhor "Sarob" (1935),
Oybek "Kutlugʻ qon" (1939) va "Navoiy"
(1944) asarlari bilan oʻzbek R.navislik
maktabining yuksalishiga katta hissa
qoʻshdilar. Us toz adiblarning ijodiy
izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek R.
navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor,
Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh.
Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M.
Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ.
Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va boshqa
yozuvchilarning turli mavzuda yozgan
asarlari bilan boyidi. Oʻzbek R. navisligida
R. janrining turli kurinishlari (tarixiy,
tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy,
publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik
R.lar, shuningdek, R. xronika, R.novella,
R.munozara) va shakllari (dilogiya,
trilogiya) paydo buldi.
Sovet davrida yaratilgan ayrim R.larda
shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa
surilgan va voqelik sotsialistik realizm
talablari asosida buyab, xaspushlab
koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek R.i
xuddi shu davrda milliy adabiyotning
yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo
bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.
Mustaqillik yillarida Oʻ. Hoshimov, Sh.
Xolmirzayev, T. Malik, H. Shayxov, O.
Muxtor, Muhammad Ali, U. Nazarov,
Togʻay Murod va boshqa yozuvchilar
oʻzbek R. navisligini oʻzlarining turli
mavzu va janr koʻrinishlaridagi asarlari
bilan boyitmokdalar.
Kojinov V. V., Proisxojdeniye romana,
M., 1963;
Dneprov V., Cherti romana XX veka, M.,
1965;
Adabiyotlar
Mirvaliyev S, Oʻzbek romani, T., 1969;
Baxtin M., Epos i roman, M., 1970;
Sudbi romana, M., 1975;
Pardaye va 3., Oʻzbek romani poetikasi,
T., 2003.
Naim Karimov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentyabr 2022, 18:29 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Roman&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Roman&oldid=2856585
"
dan olindi
|