• Mezon Ballar
  • Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida




    Download 18,67 Kb.
    bet1/2
    Sana22.02.2024
    Hajmi18,67 Kb.
    #160866
      1   2
    Bog'liq
    Tadbirkorlar reytingi


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-son qarori imzolandi. Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi. Mezonlar uch toifaga bo‘lingan — umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar.
    Tadbirkorlar reyting doirasida toifalarga bo‘linadi: AAA (96−100 ball), AA (91−95) va A (86−90) — yuqori barqarorlik darajasi, BBB (76−85), BB (66−75) va B (56−65) — o‘rtacha, CCC (51−55), CC (36−50) va C (26−35) — qoniqarli, D (25 gacha) — quyi. Reyting Soliq qo‘mitasining elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasi veb-saytida e’lon qilib boriladi. Umumiy me’zonlar quyidagilardan iborat:
    Dastlabki 10 ta mezon hamma uchun umumiy asosda baholanadi. Ushbu toifadagi maksimal ball — 100.




    Mezon

    Ballar

    1

    Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kompaniyaning faoliyat muddati (harakatsizlik davri hisobga olinmaydi)

    Har bir yil uchun 2 ball (5 yil va undan yuqorisi uchun — 10)

    2

    Xalqaro standartlarga muvofiq hisobotni hisobga olgan holda EBITDA (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi daromadlar) bo‘yicha rentabellik darajasi

    25−50 foiz — +2;
    50−70 foiz — +5;
    70 foizdan ortiq — +10.

    3

    Ko‘chmas mulk yoki yer uchastkalari, foydalanilayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, uzoq muddatli ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari), shuningdek, mulk yoki ijara huquqi asosidagi ko‘chmas mulkning mavjudligi

    ijara uchun — +7;
    mulk huquqi uchun — +10.

    agar ular mavjud bo‘lmasa va tadbirkor ko‘rsatilgan manzilda ishlamasa — minus 5;



    4

    Bir xodimning ish haqi jamg‘armasidagi ulushining tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbati

    25 foizdan kam — 2;
    25−50 foiz — 4;
    50−75 foiz — 6;
    75−99 foiz — 8;
    100 foiz yoki undan ko‘p — 10.

    Agar ish haqi eng kam ish haqidan past bo‘lsa (EKIH — 1,05 mln so‘m), u holda — minus 5;



    5

    Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish (bir kalendar oy ichida barcha hisobotlar)

    O‘z vaqtida — 10;

    Agar kechiktirilsa yoki umuman taqdim etilmasa — 0.



    6

    Hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash (har oyda)

    O‘z vaqtida — 10;

    Kechiktirilgan yoki umuman to‘lanmagan bo‘lsa — 0.



    7

    Soliqlarni to‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi asosida to‘lash

    10 (agar inkasso orqali bo‘lsa, minus 5);

    8

    Belgilangan muddatda yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (so‘mning EHF aylanmasiga nisbati)

    25 foizdan kam — 1;
    25−50 foiz — 2;
    50−75 foiz — 5;
    75−99 foiz — 7;
    100 foiz — 10;

    9

    EHF doirasida sotib olingan tovarlar yoki xom ashyoni sotish; tovar va xom ashyoni sotib olish va sotish nisbati

    50−70 foiz — 5;
    70 foizdan ortiq — 10;

    agar sotib olingan tovarlar va xom ashyoning 70 foizdan ortig‘i qoldiqda qolsa, minus 5



    10

    Soliq organlarining auditdan oldingi tahlili davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish

    xatolarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish — 7;
    kamchiliklar yo‘q — 10;

    tuzatilmagan yoki kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan bo‘lsa — minus 5



    Ballarni kamaytiruvchi mezonlar esa quyidagilardan iborat:


    Huquqiy talablarning buzilishi, shuningdek, boshqa shubhali harakatlar qayd etilgan taqdirda reyting tushirilishi mumkin.





    Download 18,67 Kb.
      1   2




    Download 18,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

    Download 18,67 Kb.