1.Mavzu: O`zbekiston Respublikasi «Korxonalar to`g`risida»gi
qonun, uning mazmuni va mohiyati.
Reja:
1.
Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi.
2.
Ixtironing mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.
3.
Foydali modellar mazmuni, tushunchasi va ko’rinish hollari.
4.
Sanoat namunalari mazmuni, tushunchasi va tuzilishi.
1.
Sanoat mulki tushunchasi va uning tarkibi
Sanoat mulki intellektual mulkning muhim tarkibiy qismi bo’lib u ixtirolar, foydali modellar,
sanoat
namunalarini hamda tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini o’z
ichiga oladi. Sanoat mulki sifatida biron-bir moddiy ob’ektlarni – korxonalar binolarini, asbob- uskunalarni
va boshqalarni ko’zda to’tish noto’g’ri hisoblanadi.
Sanoat mukliga bo’lgan huquqlar mualliflik huquqidagi kabi ularning
yaratilishi fakti bilan emas, balki ular
Patent idorasida belgilangan tartibda ekspertizadan, Davlat reystrida ro’yxatdan o’tkazilganidan,
ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni Patent idorasining byulletenida e’lon
qilinganidan va
muhofaza hujjatlari berilganidan keyingina paydo bo’ladi.
Seleksiya yutuqlari,
EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari kabi
ob’ektlar sanoat mulki ob’ektlari bo’lib hisoblanmaydilar. Ular intellektual mulkning alohida turlari bo’lib
hisoblanadilar. Seleksiya yutuqlari,
EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar
topologiyalariga muhofaza hujjatlari shuningdek Patent idorasi tomonidan beriladi.
Patent bu – patent egasining ixtiro,
sanoat namunasi, foydali model, seleksiya yutuqlariga egalik qilish,
ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishga bo’lgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjatdir.