Ta’kidlash joizki, 2021 yilda respublika korxonalari tomonidan 451,6 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarildi (2020 yilga nisbatan 108,7 foiz ko‘p). Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush
ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi jami 83,0 foizni
tashkil etdi.
Jumladan, sohalar kesimida, tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoati 42,9 trln. so‘mni yoki jami sanoat
ishlab chiqarish hajmining 9,5 foizni, ishlab chiqaradigan sanoat 375,0 trln. so‘mni yoki jami sanoat
ishlab chiqarish hajmining 82,7 foizni, elektr, gaz, bug bilan taminlash va havoni konditsiyalash 30,8
trln. so‘mni yoki jami sanoat ishlab chiqarish hajmining 6,8 foizни va suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya
tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish 2,9 trln. so‘mni yoki jami sanoat ishlab chiqarish hajmining
0,7 foizni tashkil qildi.
2020 yil holatiga nisbatan, 2021 yilda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash – 10,7 foizga, ishlab
chiqaradigan sanoat – 8,2 foizга hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning – 13,0
foizga o‘sishi kuzatildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoati sohasida eng
yuqori o‘sish kuzatilgan. Albatta, ushbu o‘sish sur’ati sohada olib borilayotgan modernizatsiya ishlari hamda
islohotlar mahsuli hisoblanadi.