• Boshqaruvda liderlik tushunchasi. Boshqaruvda rejalashtiri. 4. Liderlik va superliderlik.
  • Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/34
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #228742
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
    Bog'liq
    jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

    30.
     
    Mavzu: Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv 
    usullari. 
    Reja: 
    1.
     
    Rahbarlik sifatlari,boshqaruv qonuniyatlari. 
    2.
     
    Boshqaruv tamoyillari, boshqaruv funktsiyalari. 
    3.
     
    Boshqaruvda liderlik tushunchasi. Boshqaruvda rejalashtiri. 
    4.
     
    Liderlik va superliderlik. 
     
    Rahbarlik sifatlari.. Rahbarda mustaqillik bo’lsa, unda o’ziga ishonch ham bo’ladi, bu esa o’z navbatida 
    rahbardagi sub’ektiv talablar darajasining yuqori bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha, rahbarning boshqalarga 
    talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o’z-o’ziga nisbatan talabchan bo’lishi kerak. O’z-
    o’zini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab 
    chiqishi muhim bir omildir. Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo’lgan hislatlardan yana biri tom 
    ma’noda ‘‘ziyoli" bo’lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi 
    madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan bo’ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog’i lozim. 
    Muomala madaniyati — bu o’rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, 
    suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o’rtasida kelib chiqadigan shaxsiy 
    ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to’g’ri yo’sinda gapira olmaslik yotadi. O’zganing 
    o’rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo’lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr- 
    toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir. Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini 
    rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o’z- 
    o’zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni 
    ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish — bu o’ziga xos kelajakni ko’ra olish 
    kobiliyati, kelajak obrazi bo’lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga 
    intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo’lib, u shaxsning o’z diqqatini 
    qanchalik omilona tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, 
    ortiqcha ishlardan o’zini tiyish, qo’l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura 
    olish va nihoyat, buyurgan ishni o’z vaqtida nazorat qilib, so’rab olish imkoniyati bilan bog’liq. O’z ishini 
    puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni har qanday 
    sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan 
    eng to’g’risi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va 
    vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri yo’lga 
    yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir 
    alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarini 


    oldindan ko’ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, o’zgalarni o’z 
    ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko’rsatkichlarga erishishi mumkin. Yuqorida aytib 
    o’tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab etgani — odamlar bilan 
    ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir 
    a’zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki ‘‘o’zgalar psixologiyasini bilish ular 
    ustidan hukmronlikning yagona yo’lidir", — deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu 
    borada ham yaxshi vositasi — ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan 
    ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar. 
    Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga 
    e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo’lishi va ish uslubini 
    quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: 
    Rahbar o’z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan 
    uyg’un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy 
    manfaatlar umum manfaatlarga bo’ysinishi lozim. 
    Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro’-e’tiborga ega bo’lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda 
    shuni unutmaslik kerakki, obro’ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va 
    xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. 
    Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham o’zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo’lishi zurur. 
    O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida 
    bo’ysinuvchilarga o’rnak ko’rsatadigan bo’lishga majburdir. 
    Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo’yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat 
    bevosita buyruq shaklida bo’lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo’lishi kerak. Bu 
    o’rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas. 
    Rahbar bo’ysinuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatto shu 
    takliflarga shaxsan qo’shilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim. 
    Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va bo’ysinuvchilarning biron nojo’ya harakatini 
    e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam 
    zaminidir.


    Foydalanilgan adabiyotlar va axborot manbalari. 
    1.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan 
    davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent:
    O‘zbekiston, 2017. 
    2.A.V.Vaxabov, SH.X.Xajibakiyev “Yashil iqtisodiyot”. “Zebo 
    print” Toshkent-2021. 
    3.M.T.Asqarova, J.J.Jamolov, X.S.Xadjayev. Yashil iqtisodiyot. 
    (Darslik). - Т.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 
    2022. - 312 b 
    4.“Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari”. Darslik. 
    A.E.Ergashev va b. -T.Baqtriya press, 2016. -296 b.
    Qo‘shimcha adabiyotlar. 
    1.Adrain C. Newton. An Introduction to the Green Economy: Ist 
    Edition.Routledge,
    2014. -382p.
    2.Green economics: An introduction to theory, policy and 
    practice/ Molly Scott
    Cato. London. Sterling, VA. 2009. -670 p .
    3.Greening the Global Economy (Boston Review Originals) 
    Hadcover- November
    13, 2015.- 176 p.


    Internet saytlari: 
    1.www.gov.uz- O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portal 
    2.www.lex.uz- O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari 
    ma’lumotlari milliy bazasi. 
    3.www.mineconomy.uz- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy 
    taraqqiyoti va kambag’allikni qisqartirish vazirligi sayti. 
    4.www.mf.uz- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti. 
    5.www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika 
    qo‘mitasi sayti. 

    Download 0,75 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligitermiz muhandislik texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti elektr energetika ta

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish