• Ishlab chiqarish zahiralari
  • Aylanma mablag`larning tarkibi va strukturasi bir-biridan farqlanadi




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/34
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #228742
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
    Bog'liq
    jahongir MUSTAQIL ISH SOHA IQTISODIYOTI

    Aylanma mablag`larning tarkibi va strukturasi bir-biridan farqlanadi. 
     
    Aylanma mablag`larning tarkibi deganda aylanma mablag`larni tashkil etuvchi elementlar yig’indisi 
    tushuniladi. Aylanma mablag`larning ishlab chiqarish aylanma fondlariga va muomala fondlariga 
    bo’linishi ulardan foydalanish xususiyatlarini va ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohalariga 
    taqsimlanishini aniqlaydi. 
    Ishlab chiqarishda band bo’lgan aylanma mablag`lar miqdori mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlab chiqarish 
    sikllarining davomiyligi, texnika rivojlanishi darajasi, texnologiyani takomillashtirish va mehnat ni tashkil 
    etish asosida aniqlanadi. 
    Muomala mablag`larining summasi asosan mahsulotni sotish shart sharoitlari va mahsulotga maishiy 
    xizmat va ta’minot xizmatini tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Mahsulot muomalasi jarayonida 
    ishlatiladigan aylanma mablag`lar, o’z oldiga muomala fondlarini qo’yadi. 
    Ularga korxona omborlarida turgan sotishga tayyor mahsulotlar, yuklab yuborilgan, ammo puli 
    to’lanmagan mahsulotlar, korxonaning pul mablag`lari va hisob raqamidagi mablag`lar kiradi. 
    Korxonada yetarli darajada aylanma mablag`larning mavjud bo’lishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
    korxona erkin faoliyat ko’rsatishi uchun asos hisoblanadi. 
    Eng asosiysi, korxonada aylanma fondlardan va aylanma mablag`lardan samarali foydalanish nima 
    berishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning material sig’imini kamaytirish hamda aylanma 
    mablag`larning aylanishini tezlashtirish uchun qanday tadbirlar qo’llanilishi kerakligini bilishimiz kerak. 
    Korxona ishlab chiqarish aylanma fondlari uch qismdan tashkil topadi: 
    ishlab chiqarish zahiralari; 
    tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zidan tayyorlangan yarim fabrikatlar; 
    kelgusi davr xarajatlari. 
    Ishlab chiqarish zahiralari 
    – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun tayyorlab qo’yilgan mehnat 
    buyumlaridir, bo’lar: xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, energiya, sotib olingan yarim 
    fabrikatlar va yig’iladigan buyumlar, tara va tara materiallari, asosiy fondlarning joriy remonti uchun olib 
    qo’yilgan ehtiyot qismlardan tashkil topadi. 
    Tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zida tayyorlanadigan yarim fabrikatlar – bu ishlab chiqarish 
    jarayoniga qatnashadigan mehnat buyumlaridir, bularga: materiallar, detallar, ishlab chiqarish jarayonida 
    qayta ishlanuvchi, to’ldiriluvchi va to’planuvchi buyumlar, shuningdek, o’zida tayyorlangan 
    yarimfabrikatlar, birta sexida ishlab chiqarilishi to’liq tugatilmagan va korxonaning boshqa sexlarida yana 
    qayta ishlanishi zarur bo’lgan buyumlar kiradi. 

    Download 0,75 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag`larning tarkibi va strukturasi bir-biridan farqlanadi

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish