26.Mavzu:Sanoat tarmoqlari korxonalarining ishlab chiqarish
xarajatlari.
Reja:
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari
tushunchasi va uning tarkibi
2.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlar
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad
olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha
yuqori baholarda sotishga, balki
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa,
ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini
tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab
chiqarish va sotish uchun
ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy
xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish
xarajatlari majmuasi
korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki
tijorat (tashish,
qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi
elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi:
-
moddiy xarajatlar;
-
asosiy fondlar amortizasiyasi;
-
mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
-
ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
-
boshqa xarajatlar
;
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80
foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi:
-
xomashyo va materiallar
xarajatlari
;
-
texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
-
xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar;
-
sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
-
mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar;
-
boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
-
xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir
instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50
baravar miqdorigacha qiymati;
-
tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar;
-
ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
-
tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan
yo’qotishlar.
Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining
eskirishi
xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan
amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali
mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab
chiqarishdagi yuqori
natijalar uchun
mukofatlar
, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan
me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek,
korxona xodimlari
shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z
ichiga oladi.