|
Mavzu: Ishlab chiqarishdagi sanitariya va gigiena me`yorlari Hayot faoliyat xavfsizligi
|
bet | 1/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #116881 |
Bog'liq 3-Ma\'ruza
MAVZU:
Ishlab chiqarishdagi sanitariya va gigiena me`yorlari
Hayot faoliyat xavfsizligi
Reja.
1. Iqlim ko’rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta’siri.
2.. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari.
3. Mo’’tadil iqlim sharoitini yaratish.
4.Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
To’g’ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma’naviy kamol topishiga olib keladi. - To’g’ri tashkil etilgan mehnat, kishining jismoniy intellektual va ma’naviy kamol topishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof muhitning ishchilar organizmiga ta’sirini o’rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi tibbiy profilaktika sohasi bo’lib, ish qobiliyatini yuksak darajada ta’minlash, kasb kasalliklari va odamning mehnat faoliyati bilan bog’liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini olishning ilmiy asoslarini va amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasining asosiy vazifasi, ish unumdorligini eng yuqori darajada oshirish va ishlovchilarning sog’ligiga zararli ta’sir qilmaydigan sharoitlarni ta’minlaydigan tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, yurak-tomir, onkologik va asab kasalliklarning oldini olishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bulgan tebranma harakat, ishlab chiqarish shovqinlari, elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiastiya, lazer nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning inson organizmiga xavfli va zararli ta’sirini qunt bilan ilmiy asoslab o’rganish zaruriyati tug’ildi.
Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin, ularni inson sog’ligiga xavfli va zararli belgilarini chuqur o’rganib, uni aniqlash o’ta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Birorta ham yangi birikma, sog’liqni saqlash vazirligining ruxsatsiz xalq xo’jaligiga qo’llanishga tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko’rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo’lib, hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi biologik o’zgarishlarga katta ta’sir ko’rsatadi
|
| |