|
Inson tanasidagi doimiy mo’tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a’zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #116881 |
Bog'liq 3-Ma\'ruzaInson tanasidagi doimiy mo’tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a’zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi
Inson uchun orombaxsh, mo’tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo o’lchamlarining o’zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam tanasida harorat almashuvi reakstiyasini hech qanday zo’riqishsiz kechishini hamda o’zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini yuqori bulishligini ta’minlaydi.
Ma’lumki haroratning 18-25C, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. sm ustunida bulishi, odam tanasi va uni o’rab turgan havo o’rtasidagi harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta’sir ko’rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda muhitlar o’rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko’chadi, ya’ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda almashinadi.
Muhitning harorati 18-25C bulganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g’ubor holatiga sekin tarqaladi, 30C dan yuqori haroratda esa bug’lanish sodir buladi, ya’ni tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta’siridan yo’l-yo’lakay to’qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo buladi.
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi, bug’lanish jarayoni esa to’xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib chiqayotgan terning bug’lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o’rtasidagi harorat almashuvi buziladi.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi “Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST 12.1005-76) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan - Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi “Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST 12.1005-76) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan
Ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida iqlim sharoitlarida me’yor darajasida ta’minlash uchun uning barcha ko’rsatkichlari o’zaro mutanosib holda bog’langan bulishi kerak. Ya’ni havoning harorati pasayib yoki ko’tarilib ketsa, uning harakat tezligi ham unga bog’langan holda pasayishi
(yoki ko’tarilishi) maqsadga muvofiq buladi, aksincha, agar havoning harorati past bulsayu, havoning harakat tezligi me’yoridan oshib ketsa, odam tanasi bilan muhit o’rtasidagi harorat almashish jarayoni tezlashib ketadi va natijada havoning harorati tez tushadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Inson tanasidagi doimiy mo’tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a’zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi
|