Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish aylanma fondlariga ishlab chiqarish mablag`lari va fondlari o’z
qiymatini mahsulotga to’liq o`tkazib yuboradigan mehnat jarayonining moddiy resurslari kiradi. Mehnat
jarayonida aylanma mablag`larning moddiy unsurlari o`z natural shaklini va fizik-kimyoviy xususiyatlarini
o’zgartiradi. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’mol qiymatini yaratish mobaynida o’z
qiymatini yo’qotadi. Yangi iste’mol qiymati esa yangi yaratilgan mahsulot ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Aylanma mablag`larga korxonadagi ishlab chiqarish zahiralarini omborxonalarda yoki ishlab chiqarish
jarayonining o’zida tashkil etish, ta’minotchilar bilan, byudjet bilan va ish haqi to’lash bo’yicha
hisoblashishlar uchun zarur bo’lgan pul mablag`lari kiradi.