27.Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalari mehnat unumdorligi.
Reja:
1.
Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va
axborot manbalari
2.
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda
asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan-
texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday
sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining
oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat
resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va
jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat
unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat
resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda,
quyidagilar kiradi:
a)
ish haqi fondi;
b)
xodimlar soni;
d)
mehnat unumdorligi;
e)
o‘rtacha yillik ish haqi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mamlakat aholisining turmush darajasiga baho berar ekan,
quyidagilar haqida ta’kidlab o‘tdi: «... o‘tgan 2011-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz
aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy
e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, budjet tashkilotlari
xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‘sdi. Aholining real
daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda - shunga e’tibor berish lozimki – aholi jami
daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda. Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning
dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va
turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka katta e’tibor qaratmoqdamiz. Keyingi o‘n yil
davomida yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy
ko‘makka muhtoj toifa-larning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq
imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari
o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga
qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan
davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani
aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir. Buning isboti tariqasida quyidagi
misol
va raqamlarni keltirish mumkin. Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan iste’mol savatchasi
qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011-
yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatchasining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 barobar o‘sdi, eng kam
pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi. Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6
barobarni tashkil etdi».
Respublikamizda 2012-yilning 9 oyi davomida yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi
yuqori sur’atlar bilan oldingi yillarga nisbatan o‘sdi. So‘nggi yillar davomida YaIM hajmining o‘sish darajasi
o‘rtacha 8 % dan yuqori bo‘ldi, o‘sish darajasi mahsulot hajmini o‘sish darajasiga nisbatan yuqori bo‘lishi
mamlakat miqyosida katta iqtisodiy samara berdi. Xalqaro tajribalaridan ma’lumki, shu
ko‘rsatkich davlat iqtisodiyoti qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarini mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot, shu jumladan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi
yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini turli o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, turli mulk
shakllari va mazmunining o‘zgarishi, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, erkin iqtisodiy foaliyatning
cheklanmaganligi, tashqi iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochilishi va hokazo. Mamlakatimizdagi demografik
vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez
o‘sib bormoqda. Shu bois ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish
mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng
samarali yo‘nalishlaridan biri Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Kichik va o‘rta korxonalar sonini
ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Yuqorida zikr etilgan
sohalar, birinchi galda, biz uchun eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish
muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan
holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda».
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
quyidagilardir.
1.
Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi.
2.
Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi.
3.
Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
4.
Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
5.
Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish darajasiga nisbati.
Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish,
ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish
ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor
beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish
rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foydalanish va boshqa omillar evaziga
mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.
|