Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi




Download 63,04 Kb.
Sana17.11.2023
Hajmi63,04 Kb.
#100150
Bog'liq
byudjet hisobi

Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi.

CMM-55 Tursimetova M.

Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi.

  • Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini
  • O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖ gi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi Budjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin.

Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish;
  • Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
  • Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
  • Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
  • Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;
  • Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir;

Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;
Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan xolda yuritilishi.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
2-memorial order – Budjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl; 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396- son shakl; 1 Public sector accounting and finance 4 15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash,
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida
memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar
berilib ko’rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab,
ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan
kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi
asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki
yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi
(hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖da
ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi‖ har bir subschyot bo’yicha yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi
qonuniga hamda Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi
Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan
ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet tashkilotining bosh hisobchisi,
hisobchilari, buxgalteriya xizmatining rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh
hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka
muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda
buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to’g’ri tuzilishini
muntazam nazorat qilib turishlari lozim.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil
tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo’ysunadi.
Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari
bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh
hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini
yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq topshirilishiga
hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi.
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir
xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional
belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki
alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
5
6
7
Budjet dan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno‖ operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi
Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida
belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan
komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv
hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–
topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya
tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan
holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
 buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini
zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda tashkil etish;
 buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat
qilish;
 Budjet mablag’larini, shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri
sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning
butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
 tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik
talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
 tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini,
shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini
belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish;
 smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
 pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek,
boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish,
inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda
ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
 moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy
qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan
tushuntirish ishlarini o’tkazish;
 moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini
yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish;
 moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
 tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova
qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki
ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda
tutilmagan bo’lsa);
 asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish
va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
 buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar
smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar
rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim
shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa);
 qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.
Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan
kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
 buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab
qilish;
 tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa
qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan
belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish;
 mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan
normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar
kiritish;
 tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun
talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda
buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
 qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
 buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani
va moliyaviy hisobot buzilganda (noto’g’ri tuzilganda);
 pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish,
saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid
operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul
qilingan hollarda;
 pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga
oshirilganda;
 kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya
hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda;
 buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar talablari buzilganda.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya
vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq
schyotlar rejasi joriy etiladi.
Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib
ular quyidagilardan iborat:
I. Nomoliyaviy aktivlar;
II. Moliyaviy aktivlar;
III. Debitorlar va kreditorlar;
IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar;
V. Balansdan tashqari schyotlar.
Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo’limlari aktiv schyotlar
hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to’rtinchi bo’lim
schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini
ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda
ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet
tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv
tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan
iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan
iborat.
Download 63,04 Kb.




Download 63,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Byudjet tashkilotlari balansining umumiy tuzilishi va tarkibi

Download 63,04 Kb.