Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja




Download 380,93 Kb.
bet1/14
Sana29.05.2024
Hajmi380,93 Kb.
#256740
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
111 Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar


Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar
Reja:
1.O’zbekiston Mustaqilligi yo’lidagi muhim tarixiy qadamlar
2.Mustaqilllik sari dastlabki qadamlar
3. O’zbekiston Respublikasining siyosiy ishlari


1.O’zbekiston Mustaqilligi yo’lidagi muhim tarixiy qadamlar
2019-yil 23-iyun kuni Islom Karimov O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari etib tayinlanganiga 30 yil to‘ldi. Dastavval u respublikani partiya yetakchisi sifatida boshqargan. Bunday amaliyot sobiq Ittifoqning barcha respublikalarida mavjud edi.1990 yilning mart oyida esa, hali respublika SSSR tarkibida bo‘lgan bir paytda Islom Karimov O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan respublika Prezidenti etib saylangan. O‘rnatilgan tartibga zid holat yuzaga keldi: Islom Karimov, SSSR prezidenti Mixail Gorbachevdan keyin ittifoqdosh respublikaning birinchi prezidenti bo‘ldi va bu hodisa Moskvadagi rahbariyatning noroziligini uyg‘otdi.
Biroz ortga qaytamiz. 1989-yilga kelib sobiq Ittifoqda vaziyat anchagina murakkablashgan edi. Shu jumladan O‘zbekistonda ham. Boz ustiga respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha Ittifoqda oxirgi o‘rinlarni egallardi. Millatlararo va etnik nizolar vaziyatni yanada keskinlashtirgan bir paytlar edi.
1989-yilning iyun oyida Farg‘ona oblastida mesxeti turklar bilan o‘zbeklar o‘rtasida, keyinchalik «Farg‘ona voqealari» nomini olgan ommaviy to‘qnashuvlar yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra oqibatda yuzdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 735 ta xonadonning, 28 ta davlat obyektlari va 275 ta transport vositalarining kuli ko‘kka sovurilgan.
Boshqa oblastlar ham notinch edi. Xususan, Toshkent, Yangiyo‘l, Chirchiq (Toshkent oblasti) da va Ishtixon (Samarqand oblasti) da norasmiy mitinglar uyushtirildi. Turklar o‘rtasida vahima kuchayib, ularning ko‘pchiligi zo‘ravonlik qurboniga aylanishdan qo‘rqib, ishga chiqmay qo‘ydi. Qator rayonlarda hokimiyat jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘ra boshladi. Aholining aksariyati turklardan iborat bo‘lgan Bo‘ka rayonidagi yo‘llarda nazorat-tekshiruv punktlari o‘rnatilib, turk mahallalari qattiq himoyaga olindi. Sirdaryo oblastida beqarorlik va tartibsizlikni keltirib chiqarishga uringan mahalliy aholi vakillari hibsga olindi.
Aynan shu kunlarda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari R.Nishonovni SSSR Oliy Sovetining Millatlar Kengashi raisi etib saylaydilar va endi u lavozimiga ko‘ra doimo Moskvada bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa respublika amalda rahbarsiz qolgan edi.
Mana shunday murakkab vaziyatda nafaqat respublikani boshqarish, balki yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish qobiliyatiga ega insonni zudlik bilan topish Markaz uchun o‘ta muhim masalaga aylandi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat va alohida respublikalarning taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan KPSS MKning Siyosiy byurosi a’zolari O‘zbekiston kompartiyasining Birinchi sekretari lavozimiga oid masalada Islom Karimov nomzodi bo‘yicha bir xil fikrda emas edilar.
Islom Karimovning o‘zi bu voqealarni shunday xotirlaydi: 1989-yilning iyun oyi. Dahshatli kunlar edi. Yong‘inlar, talon-tarojlar... Farg‘ona, Qo‘qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo‘ka. Kul bosib yotgan cho‘g‘ alanga olib, fuqarolar urushi xavfi soat sayin kuchayib borayotgan bir payt. Kamsitishlar oqibatida yillar davomida yig‘ilib kelgan alamzadalik to‘lqini butun respublikani junbushga keltirgan. Hokimiyat vaziyatni boshqara olmay qolgan.
Markazda beqarorliklarni to‘xtatib, respublikani jar yoqasidan qaytara oladigan odamni qidirishar edi. Oxir-oqibat menga murojaat qilishdi. Tarozi pallasiga kelajagim tugul, hayotim qo‘yilayotganini tushunardim. Balandparvoz gaplar deb qabul kilmang-u, menga kuch beradigan, ishonch beradigan bitta narsa bor edi: xalq meni tushunadi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Hozir aniq eslolmayman, 10 yoki 11-iyun kunlari Siyosiy byuroda O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Birinchi sekretari to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan edi. Muhokama bepisandlik ruhida olib borilayotgan edi. Beandisha tanbehlar, o‘rinsiz gaplardan keyin men minbardan turib Gorbachevga murojaat qildim: «Mixail Sergeyevich! Mening nomzodimni qaytaring. Bu yerda kimlarnidir qoniqtirmayotganimni ko‘ryapman. Rafiq Nishonovni olti oy muddatga o‘z lavozimida qoldirishingizni so‘rayman. U tartib o‘rnatganidan keyin bugungi masalaga yana qaytishimiz mumkin. Menga esa ketishimga ruxsat bering». Gorbachev meni to‘xtatishga urindi. Men esa, «Meni ko‘ndirishga urinmang. Men uchun hamma narsa ravshan. Ketishimga ruxsat bering» dedim. «Qaroringiz qat’iy ekan, boraqoling», dedi Gorbachev. Men Toshkentga uchib ketdim va zavodga qaytishga qaror qildim. Oilam uncha katta emas. Bir kunimni ko‘rarman.
Biroq, ikki kundan keyin uyimga Nishonov qo‘ng‘iroq qilib, Moskva mening nomzodimni ma’qullaganini aytdi. 23-iyun kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MKning Plenumida men birinchi sekretar etib saylandim».

I.A.Karimovning bu so‘zlarini o‘sha vaqtlarda Siyosiy byuro a’zosi bo‘lgan, KPSS MKning sekretari A.N.Yakovlev ham o‘z xotiralarida tasdiqlagan: «O‘zbekiston Kompartiyasi MKning birinchi sekretari lavozimiga Islom Karimovni qanday tayinlashganini yaxshi eslayman. Masala yechimiga katta qiyinchilik bilan erishilgan. Avvaliga kim «rozi» kim «norozi» ekanligini tushunish qiyin bo‘ldi. Siyosiy byuroda yakdillik yo‘q edi. Men Karimov nomzodini qo‘llab-quvvatladim. Uning vazminligi, kamgapligi, o‘zini tutishi menga ma’qul bo‘ldi…
Islom Karimov o‘zini, hali Sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan O‘zbekistonning Prezidenti deb e’lon qilgani Siyosiy byurodagi ko‘pchilikni xavotirga solgani ham yodimda.
Lekin, respublikadagi vaziyat shu qadar keskin tus olgan ediki, Markaz yosh, faol va jasoratli, Qashqadaryo oblasti rahbari lavozimida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan, SSSRning Bosh sekretari Gorbachevga o‘z fikrini hech ikkilanmay dadil bildirgan Islom Abdug‘aniyevichni O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MKning birinchi sekretari etib tayinlashga majbur bo‘ldi.
Vaziyatni oqilona baholagan Islom Karimov o‘z salohiyatini iqtisodiy islohotlarga, avvalo qishloq joylaridagi dehqonlarning ahvolini yengillashtirishga qaratdi. Saylangan kunining ertasigayoq, 1989-yil 24-iyun kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida Islom Karimov qat’iylik bilan: «Biz endi eskicha yashay olmaymiz, zamonning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymaydi» dedi, hamda o‘z qarash va g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan, respublikani rivojlantirish dasturini sobitqadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi.
1989-yilning avgust oyidayoq misli ko‘rilmagan qaror qabul qilindi. Qishloq aholisiga o‘tgan yillar davomida berilgan yer maydonlarining umumiy miqdoridan bir necha barobar ortiq-400 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 2,5 millionga yaqin oilalarga tomorqa sifatida ajratib berildi. Markaz bilan kelishmasdan turib, sug‘oriladigan yerlarning ma’lum bir qismini kolxoz va sovxozlarning tasarrufidan chiqarish to‘g‘risidagi bunday qaror, Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan jasoratli harakat edi.
Yangi qabul qilingan qaror, dehqonlarni ochlikdan saqlab qoldi. Shu bilan birga shahar aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.
1989-yilda Islom Karimov tomonidan yana bir muhim siyosiy qaror-«Davlat tili to‘g‘risida» gi qonun qabul qilinib, uzoq yillar davomida rasman ikkinchi darajali bo‘lib kelgan o‘zbek tilining maqomi va nufuzi ko‘tarildi. Bu o‘z navbatida o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashida muhim ahamiyat kasb etdi.
Shunday qilib, Islom Karimovning kuchli yetakchilik qobiliyati, mustahkam irodasi, vatanparvarligi, o‘z xalqiga sadoqati hamda chuqur o‘ylangan va izchillik bilan olib borilgan siyosati natijasida mamlakatning tanazzulga yuz tutish xavfi bartaraf etildi, tinchlik, barqarorlik va xalq hamjihatligi saqlab qolindi.
Islom Karimov rahbarligida mamlakatimiz murakkab bir tarixiy davrda mustaqillikni qo‘lga kiritib, jamiyatning konstitutsional va intitutsional asoslari yaratildi va eng muhimi xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy, madaniy qadriyatlari tiklandi. O‘zbekiston xalqaro maydonda o‘z o‘rnini egallab dunyoga tanildi.
Bugun, o‘tgan yillarni yodga olar ekanmiz, Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yaratuvchilik, yangilanishlarni ko‘rib, betakror yurtimizning yorug‘ kelajagiga ishonchimiz yanada mustahkamlanib, qalblarimizda Vatan va xalq taqdiriga daxldorlik hissi kuchayib borayotgani ayni haqiqatdir.
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqillikka erishuv yo‘lida
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo‘lsin xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 198-yil 23-iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda “kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi.
O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don yetishtirish 2,5 baravar o‘sib, don bo‘yicha chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. Yana qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari yetishtirishda ham ijobiy o‘sishlarga erishildi. Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.
Shuningdek, o‘sha vaqtda hali ham “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” kabi uydirmalar bilan o‘zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi. 1989-yil 21 oktabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O‘zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o‘zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqea bo‘ldi.
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A. Karimovning siyosati bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990-yil 24-martida bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”dir. Ushbu Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. “Mustaqillik Deklaratsiyasi”da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklaratsiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida “O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir”,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991-yil 22-iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989-yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish ko‘rsatilgan. 1991-yil 14-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda “Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik” degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991 yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 1991-yil 19-avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi.To‘ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin emas”,-deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A. Karimov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991-yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, yurtboshimiz I.A. Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda; “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991 yil 14 sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida” qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi” to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli rivojlandi. 1991-yil 29-dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an`analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan edi. Mustaqil O`zbеkiston Prеzidеnti I.A. Karimov tarixiy an`analarga, dunyo tajribalariga, o`lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o`lkaning o`ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo`llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita vazifa:
1. Eski ma`muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi.
O`zbеkiston Rеspublikasida huquqiy davlat qurilishining kafolati
O`zbеkiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim dеmokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo`lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat dеb ko`rsatilgan. Bu organlar faoliyati erkin, bir-biridan mustaqil bo`lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas boqliqdir.1994 yil 24 dеkabrda ko`p partiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Rеspublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy Majlisga saylovlar dеmokratik rivojlanishning yangi bosqichga o`tganligidan dalolat bеrdi. Oliy Majlisga 250 dеputat saylanib, ularning 120 nafari viloyatlar dеputatlari kеngashidan saylangan bo`lib, qolganlari har xil partiyalardan vakillar edi.Davlatni boshqarishning prеzidеntlik shakli mamlakat boshqaruv tizimini isloh qilishning boshlanishi bo`ldi. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti davlat hokimiyatining boshliqi bo`lib, bir vaqtning o`zida Vazirlar Mahkamasining Raisi vazifasini ham bajaradi. Prеzidеnt fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O`zbеkiston qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo`lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy jabhalardagi vazifalarning bajarilishini, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prеzidеnti farmonlarining ijro etilishini ta`minlaydi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi ilgarigi hokimiyatdan tubdan farq qilib, bu tizim jamiyat hayotida muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. O`zbеkiston Rеspublikasida avval 28 ta ittifoq va 17 ta rеspublika vazirliklari va komitеtlari ish ko`rgan bo`lsa, endilikda ular o`rniga bozor iqtisodi tizimiga mos kеladigan vazirliklar va qo`mitalar tashkil etilgan.Rеspublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo`lib, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prеzidеnt tomonidan tayinlanadi va xalq dеputatlari kеngashlari tomonidan tasdiqlanadi. Xalq dеputatlari Kеngashlari hokimiyatning vakillik organlari bo`lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab o`z vazifalarini hal etadi.
Mahalliy o`z-o`zini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy jamqarmalar tashkil etish, turli xayriya tadbirlari o`tkazishda mahallaning o`rni bеnihoya kattadir. Undan tashqari, mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mеhr-oqibatli qilib voyaga еkazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolar yiqini, Oqsoqollar Kеngashiga 1998 yil noyabr-dеkabr oylarida o`tgan saylovlarda mahalliy organlarga ko`pchiligi oliy ma`lumotli, ko`p tajribaga ega kadrlar ishga tortildi. Bular davlat organlari vazifalarini jamoat tashkilotlariga o`tkazish jarayonining faol qatnashchiliridir.Yangi davlat apparatining shaklanishi va faoliyatini davr talabiga mos kеladigan kadrlar siyosatisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shu nuqtai nazardan O`zbеkistonda ishni yuqori darajada olib borishga qodir bo`lgan ma`naviy еtuk kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashga qaratilgan qator chora-tadbirlar o`tkazilmoqda. Xususan, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqiy organlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab bеradigan bir qancha oliy o`quv yurtlari tashkil etildi.
Fuqarolik jamiyati, bu insonning rivojlanishiga imkon yaratadigan, uning huquq va erkinliklarini to`la darajada ta`minlaydigan qonun ustuvor bo`lgan ijtimoiy jamiyatdir. Bunday jamiyat qurish davlat qonunlari va inson huquqlarini poymol etmaslikni, insondan qonunlarga qat`iyan rioya qilishni talab etadi. O`ar bir fuqaroning davlat boshqaruviga kеng jalb etilishi, inson huquqlarini himoya qilishda faol qatnashishini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarur.
O`uquqiy davlatda sud hokimiyati O`zbеkiston Rеspublikasida odil sudlov va tarbiyalash vazifalarini bajarish bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbеkiston Rеspublikasi sud hokimiyati tizimiga bеsh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo`jalik sudi, O`arbiy sudlar tizimi, qoraqalpoqiston Rеspublikasi oliy sudi, qoraqalpoqiston Rеspublikasi xo`jalik sudi, viloyat, rayon va shahar sudlari kiradi. Sud hokimiyatining faoliyati to`qrisidagi qonun-qoidalar O`zbеkiston Rеspublikasining 1993 yil 2 sеntyabrida qabul qilingan «Sudlar to`qrisida»gi qonunda bayon etilgan.Jamiyat tizimini qayta tashkil etar ekan, rеspublika rahbariyati sud hokimiyati doirasida islohotlar o`tkazib, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ularning erkinligi va majburiyatlarini kafolatlovchi huquqiy mеxanizmni shakllantirdilar. Bu jarayonda, rеspublikamizda dеmokratik jamiyat talablariga mos tushadigan saylov tizimining tashkil etilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bu o`zgarishlarning barchasi shaxsning davlat va jamiyat bilan munosabatlarini bеlgilashga qaratilgan. Davlat va shaxs o`tasidagi munosabat fuqarolikni namoyon etadi va ularning o`zaro huquq va majburiyatlaridan kеlib chiqadi. O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining 1999 yil (dеkabr) sеssiyasi sud-huquqiy ishlaridagi islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida advokatura tizimini kuchaytirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash vazifalarini qo`ydi.O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va O`zbеkiston Rеspublikasining 1993 yil 28 dеkabrdagi, 1995 yil 5 maydagi qonunlari nеgizida dеmokratik saylov tizimi asoslab bеrilgan. «Saylov tizimi» to`qrisidagi qonunga asoslanib 1994 yilning 25 dеkabrida vakillik organlariga birinchi marta hududiy bir mandatli saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyaviylik asosida bеsh yil muddatga dеputatlar saylandi. I. A. Karimov davlat va jamiyat hayotini erkinlashtirish yuzasidan muhim vazifani bеlgilab: «..hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o`z-o`zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o`tkaza borish, ularning haq-
huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat» dеgan g`oyani ilgari surdi. Oliy Majlisning XIV sеssiyasi «kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari» dеgan siyosiy qurilish dasturini bеlgiladi.
Partiyalar va harakatlar dеmokratik jamiyat qurishning zaruriy sharti bo`lib, 80-yillarning oxirlaridan boshlab O`zbеkistonda bir qator ijtimoiy harakatlar paydo bo`ldi. «Birlik» xalq harakati, «Erk» dеmokratik partiyasi, O`zbеkiston erkin yoshlar uyushmasi kabi norasmiy tashkilotlar faoliyat ko`rsatib, jamiyatdagi muhim muammolarni ilgari sursa ham sovеt rеjimi ularni rasmiy tan olmadi. Faqat mustaqillik sharofati bilan 1991 noyabr oyida «Birlik» va «Erk» tashkilotlari O`zbеkiston Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olindi. Biroq bu harakat rahbarlarining so`l qarashlari va boshqa sabablar oqibatida oradan ko`p o`tmay ularning faoliyati to`xtatildi.
Mustaqillik yillari mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya tashkil topdi. O`zbеkiston Xalq dеmokratik partiyasi 1991 yil noyabrdan faoliyat ko`rsatib, o`z safida 420 mingdan ziyod a`zoni birlashtirgan. Oliy Majlisning 69 ta dеputati uning a`zolaridir. «Vatan taraqqiyoti» partiyasi 1992 yil may oyida tuzilgan bo`lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a`zo bor. Uning 14 a`zosi Oliy Majlis dеputati. «Adolat» sotsial-dеmokratik partiyasi 1995 yil fеvralda tashkil topgan bo`lib, 30 mingdan ortiq a`zosi bor. Oliy Majlisda 47 dеputatdan tashkil topgan o`z fraktsiyasiga ega. «O`zbеkiston Milliy Tiklanish dеmokratik partiyasi» 1995 yil iyunida tashkil topgan. Saflarida 6 mingga yaqin a`zosi bor. 1998 yil «Fidokorlar» milliy-dеmokratik partiyasi tashkil topdi. 2000 yilda maqsad va vazifalari mamlakatni har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo`lgan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» yagona partiyasiga birlashdilar. Shuningdеk, Rеspublikada 1995 yil iyun oyida ta`sis etilgan «Xalq birligi» harakati ham mavjud. Bu partiya va harakatlarning har biri jamiyat ma`lum qatlamlarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy qarashlarini ifodalaydi. Ular parlamеnt shaklidagi partiyalar bo`lib, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari saylovlarida ishtirok etadilar va qonun doirasida faoliyat ko`rsatadilar. Shuningdеk, bu partiyalar saylangan dеputatlari orqali qonun chiqarish jarayonida ishtirok etadilar.Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin kasaba, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar kabi ijtimoiy uyushmalar ham mavjud. Bular orasida eng ommaviysi kasaba uyushmalari bo`lib, tarkibida 7,5 mln. a`zo bor.O`zbеkiston hayotida yoshlarning o`rni bеqiyosdir. 1991 yil oxirida O`zbеkiston yoshlar ittifoqi tuzilgan. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 1997 yil 7 yanvar farmoni bilan iqtidorli yoshlarni xorijdagi ilqor taraqqiy etgan oliygohlarda bilim olishlarini tayyorlash, tashkil etish uchun «Umid» jamqarmasi tuzildi. O`ozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko`rsatmoqda. Prеzidеnt I. A. Karimov, «bu tashkilotlar faqat xayriya va muruvvat muassasalariga aylanib qolmasdan, dеmokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy haq-huquqlarini va erkinliklarini himoya qilishlari kеrak», dеgan vazifa qo`yadi.
O`zbеkiston Rеspublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko`pmillatli davlat. Bugungi kunda rеspublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kеlib chiqishi, dini va irqidan qat`iy nazar tеng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini tashkil etadi. Rеspublikadagi barcha millatlarning rivojlanishiga katta e`tibor qaratilib, ularning tili va dinini hurmat qilish, milliy va xalq an`analarini saqlash, erkin va har tomonlama taraqqiyotini ta`minlash maqsadida 80 ta milliy madaniyat markazlari tashkil etilgan. Bularning aoliyatini 1993 yil yanvarida tashkil etilgan Rеspublika Baynalmilal madaniy markazi boshqarib boradi. Rеspublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan, bu O`zbеkistonda dеmokratik jamiyat qurishning garovidir. Millat va elatlarning o`zaro hurmatda bo`lishi jamiyat ma`naviy barkamolligining bеlgisidir. Bu holat davlatdagi milliy barqarorlikdan tashqari, uni yanada mustahkamlanishi uchun zamin yaratadi.O`ozirgi bosqichda jamiyatning dеmokratlashuvida «to`rtinchi hokimiyat» - matbuotning ahamiyati kattadir. 1997 yil Rеspublikamizda 8 tilda 495 ta gazеta, 1844,2 ming nusxada, 113 ta jurnal 820 ming nusxada nashr etilgan. Ommaviy axborot vositalarini dеmokratiyalashtirish va qo`llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy-siyosiy jamqarma tashkil etilgan. Rеspublikamizda jurnalist kadrlarni, ayniqsa, xalqaro jurnalistlarni tayyorlashga katta e`tibor bеrilmoqda. Bu borada 1999 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining O`zbеkistonda jurnalist kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida O`zbеkiston Milliy univеrsitеtining jurnalistika fakultеti va Jahon tillar univеrsitеti xalqaro jurnalistika fakultеtlari ishlarining arkazlashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi.



Download 380,93 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 380,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja

Download 380,93 Kb.