Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja




Download 380,93 Kb.
bet6/14
Sana29.05.2024
Hajmi380,93 Kb.
#256740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
111 Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo’ladilar.
16-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini aniqlaydi, o’z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog’i, madhiyasini ta’sis etadi, o’z davlat tilini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.
17-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o’rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30sentabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.

Download 380,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 380,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja

Download 380,93 Kb.