Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja




Download 380,93 Kb.
bet5/14
Sana29.05.2024
Hajmi380,93 Kb.
#256740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
111 Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar

8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog’ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o’zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir.
9-modda. O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog’ida bo’lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o’tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko’zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi.
10-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zaxirasini yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg’armalarida o’z ulushiga ega.
11-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli.
12-modda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig’imlar O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.
13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o’rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lishi mumkin.
14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mustaqil subyekti bo’lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, investorlarning huquqlarini belgilaydi, o’zining konversiya qilinadigan valuta jamg’armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani sotadi va sotib oladi.

Download 380,93 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 380,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Davlat mustaqilligi sari tashlangan qadamlar Reja

Download 380,93 Kb.