• Iroda nazariyalari tavsifi Mustaqil ishi Fan o’qituvchisi
  • XULOSA GLOSSARIY ADABIYOTLAR RO’YXATI XULOSA
  • Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi




    Download 32,89 Kb.
    bet1/2
    Sana19.12.2023
    Hajmi32,89 Kb.
    #123671
      1   2
    Bog'liq
    MUSTAQIL ISH NAMUNA


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
    O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
    IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
    PSIXOLOGIYA KAFEDRASI


    2-kurs amaliy psixologiyasi talabasi
    Po‘latova Charos
    Iroda nazariyalari tavsifi

    Mustaqil ishi
    Fan o’qituvchisi:
    __________________________
    __________________________


    Toshkent – 2023

    Reja
    KIRISH
    ASOSIY QISM
    1.Tafakkur va sun’iy intellekt haqida umumiy
    2. Sun’iy intellektning rivojlanish evolyutsiyasi
    3.Sun’iy intellektning rivojlanish tarixi
    4.Sun’iy intellekt borasidagi izlanishlar
    XULOSA
    GLOSSARIY
    ADABIYOTLAR RO’YXATI

    XULOSA

    O’rganib chiqgan tushunchalaramiz tafakkur hamda sun’iy intellekt bir qarashda bir-biriga mutlaqo bog’liq bo’lmagan, ayro tushunchalar sifatida ko’rinishi mumkin. Lekin, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni va ularning bir biriga ko’rsatuvchi ta’siri haqida yuqoridagi o’rganilgan ma’lumotlar yordamida anglab olish murakkab emas. Tafakkur deganda fikrlashning oliy nuqtasini aytar ekanmiz, sun’iy intellekt deganda esa insonlardek faoliyat qilishga, fikrlashga ega bo’lgan tizim yoki exanizmni yaratishga bo’lgan ishtiyoqni sun’iy intellekt deymiz. Endi, insonlardek bo’lishi uchun sun’iy intellektda faqat insonlarga hos bo’lgan taffakkur jarayoni ham bo’lishi kerak. Ammo aytib turganimizdek, tafakkur qilish qobiliyati faqat insonlarga berilgan qobiliyat hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tganimiz To’rtinchi sa’noat inqilobi, mashina o’rganish kabi trendlar zamonida yashar ekanmiz aynan sun’iy intellekt ham kun kelib bizdek tafakkur qila olishiga shubha yo’q bo’lib ketmoqda. Xususan, bunga tomon tashlangan qadamlar ichida yashamoqdamiz. Siri, Alexa bilan bir marta bo’lsa ham deyarli hammamiz muloqot qilganmiz. Shundan kelib chiqib, o’zimizga savol beraylik, ularni biz afakkur qila oladigan sun’iy intellekt deb atay olamizmi?


    Yoki bo’lmasam yana bir misol, Sophia roboti. U insoniy iboralarni ko'rsatish va odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lgan real insoniy robot hisoblanadi. U tadqiqot, taʼlim va oʻyin-kulgi uchun moʻljallangan boʻlib, sunʼiy intellekt etikasi va robototexnika kelajagi haqida jamoatchilik muhokamasini rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Sophia bilan shu vaqtgacha sanoqsiz intervyular, muloqotlar va savollarga bergan javoblari xuddiki unda ham tafakkur shakllanayotgandek ko’rsatadi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, zamon rivojlanar ekan insonlarning o’rnini bir qadar bo’lsada bosuvchi, aynan insoniy tafakkur bilan bellashuvchu sun’iy intellektlar soni oshib, rivojlanib boradi. Biroq, shu narsaning o’zi qiziqki, aynan shu sun’iy intellektlarning barchasi inson tafakkurining mahsuli deb ikkilanishlarsiz aytishimiz mumkin. Shunday ekan, tafakkurning natijasidan bo’y ko’rsatadigan boshqa bir tafakkur mahsulotini biz nima deb atashamiz, unga qanday munosabat ko’rsatishimiz oldimizda turgan savollardan biriga aylanib qolmoqda.
    Kun kelib, insonning o’rnini bosuvchi, tafakkur qobiliyatiga ega mexanizmlar, robototexnika va tizimlar biz insonlarning hayot tarzimizga, ish faoliyatimizga ta’sir o’tkazmay qolmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Chunki sun’iy intellektni yana ham mukammallashtirish, uni rivojlantirish sari say-harakatlar hamda izlanishlar jadal ketmoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ongli ravishda tafakkur qila oladigan, sun’iy intellekt kabi alternativ ishchi kuchi bor ekan, inson omili ish o’rinlarida qisqarib borishi mumkin. Olimlar o’zi ishlab chiqgan sun’iy intellektning “xizmatchi”siga aylanib qolishi ham hech gap emas.
    Xulosa shuki, sun’iy intellekt sabab bir qator qulayliklarga ega bo’lganimiz holda, inson tafakkuriga taqlid qilib kelayotgan bu jarayon o’zining noma’lum kelajagi bilan qaysidir ma’noda insoniyat taqdiriga tahdiddir. Uning salbiy ta’sirini kamaytirish va tafakkurning asl ma’nosini va uni yagona insonga tegishlilik xusuiyati qanchalik saqlanib qolinishi mavhumligicha qolmoqda.


    Download 32,89 Kb.
      1   2




    Download 32,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi

    Download 32,89 Kb.